Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari
doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko‘pincha bunday prinsiplar bir-biriga
yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va
ma’muriy huquq sohalari; jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual huquqi
sohalari uchun umumiy bo‘ladigan prinsiplar). Masalan, moddiy javobgarlik
prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo‘llaniladigan
tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa, Jinoyat kodeksi hamda
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning moddalarida aks ettirilgan.
Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisobla-
nadi
1
. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqdararo xususiyatga ega. U
jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |