Maxsus yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy
prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga
quyidagilar kiritiladi:
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi
hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;
2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va
qonunning boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi;
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq
sohalari hamda institutlariga bo‘linishi;
4) obyektiv va subyektiv huquq o‘rtasida, huquq normasi va huquqiy
munosabat hamda huquq bilan huquqning qo‘llanishi o‘rtasida muvofiqlikning
mavjudligi prinsipi;
Do'stlaringiz bilan baham: |