Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta muayyan huquq sohasi doira-
sida amal qiladi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalik qilish shakllarining
ko‘pligi va ularning tengligi» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo‘lishi»
prinsipi, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda
mustaqil xo‘jalik yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi»
prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun
haq to‘lanishi» prinsipi va hokazolar.
Yana bir misol. Xo‘jalik protsessual huquqida quyidagi prinsiplar rah-
bariy rol o‘ynaydi: sudyalarning saylab qo‘yilishi, ularning mustaqilligi va faqat
qonunga bo‘ysunishi prinsipi; ishlarni ko‘rishda kollegiallik va yakkabosh-
chilikning qo‘shib olib borilishi prinsipi; ishlarni ko‘rishda oshkoralik prinsipi;
ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi; nizolarni ko‘rishda bahs-
1
Qarang: Лившиц Р.З. Теория права. – М., 1994. – 199-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |