Menejment nazariyasi


  R ahbarning   boshqaruv  uslubi  tushunchasi



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

10.3.  R ahbarning   boshqaruv  uslubi  tushunchasi
Boshqaruv  uslubi 
-  bu  m a’lum  bir  rahbarning  menejment 
jarayonida  qo’llovchi  o'ziga  xos  va  o'zgarmas  usul  hamda  harakat- 
lari  yig'indisidir.
M utlaqo  o'xshash  kishilar  bo'Imagani  kabi,  vazifalar  ko'pligi 
sababli,  mutlaqo  bir  xil  boshqaruv  uslubi  ham  bo'lmaydi.  Rahbar 
faqat  o'ziga  xos  xususiyat  va  sifatlar  vositasida  faqat  o'ziga  xos, 
mansub  uslubda  ish  yuritadi.  Bu  m a’noda  uslub  rahbarni  nafaqat 
shaxs  sifatidagi  xususiyatlarini,  balki  faoliyati  xususiyatlarini  ifoda-


laydi.  Kishilami  boshqarar  ekan  rahbar  jamoaning  natijaviy  maqsa- 
dini  ko'ra  biladi  va  uni  shu  maqsad  sari  yo'naltiradi.  Rahbar  ish- 
ning  mohiyatiga  tushungan  va  uni  chuqur  o'rgangan  holda  muta- 
xassislar  faoliyatini  mohirona  birlashtirishi  va  yo‘naltirishi  kerak.
Ishlab  chiqarishni  boshqarish  uslubi  boshqaruv  apparati,  bar­
cha  rahbar  va  mutaxassislarning  katta  va  murakkab  faoliyatini  aks 
ettiradi.  Menejmentning  har  bir  vazifasi  o'ziga  xos  xususiyatlarga 
ega  va  shu  sababli  unga  mos  usullarni  talab  etadi.  Nazariy jihatdan 
boshqaruv  apparatining  umumiy  uslubi  alohida  boshqaruv  tashki- 
lotlari  uslublari  yig'indisidan  iborat  bo'lishi  kerak.  Lekin  amalda 
alohida  tashkilotlarning  turli  uslublari  o'zaro  birlashib,  bir-birini 
boyitadi,  natijada,  butun  boshqaruv  apparatiga  xos  bo'lgan  o'ziga 
xos  menejment  uslubi  vujudga  keladi.
Hisobchining  yuksak  darajadagi  aniqligi,  mexanikning  extiyot- 
korligi,  iqtisodchining  rejaliligi  va  boshqa  bilimlar  boshqaruv  uslu- 
bini  belgilovchi  m ajm uaning  tarkibiy  qismlaridan  iborat  bo'ladi, 
jam oaning  har  bir  a’zosi  o'z  uslubini  kiritadi  va  shu  yo‘l  bilan 
ushbu  jamoa  boshqaruv  uslubi  vujudga  keladi.  Ko'pincha  jamoadan 
biror  xodim  ketib,  o'rniga  yangi  kishi  keladi.  U,  odatda,  jamoada 
undan  oldingi  xodim  egallagan joyni  egallamasligi  mumkin.  U  mav­
jud  uslubga  moslashishi,  jamoa  ish  yuritish  uslubiga  to'g'ri  keluv- 
chi  uslub  yaratishi  lozim.  Albatta,  uning  ishlash  uslubi  mehnat 
jamoasi  uslubiga  ham  ta’sir  ko'rsatadi.
Zamonaviy  uslub  jamoaning  har  bir  a’zosi  oldiga  katta  talab 
qo'yadi  va  shu  bilan  birga  o'z-o'zidan  mamnun  bo'lish,  ma’muriyat- 
chilik,  rasmiyatchilikni  inkor  qiladi.  Uslub  ijtimoiy  rivojlanish  qonun- 
larini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilish asosida 
shakllanadi  va  boshqaruv  malakasi  yig'indisi,  kishilarni  tashkil  etish 
ko'nikmasi,  shuningdek,  shaxsiy  tartiblilik  bilan  xarakterlanadi.  Va 
nihoyat,  uslub  boshqaruv  xodimlarining  ruxiy  va  psixologik  xu­
susiyatlari, kuchli iroda, qat’iylik va qo'rqmaslik, boshqa kishilar faoliya­
tini  yo'naltira  olish  kabilarni  qamrab  oladi.  Bundan  tashqari  rahbar 
tasavvur  etish,  aniq  fikr  yuritish,  qayishqoqlik,  ilmiy  fikrni  tushuna 
olish  va  yetkaza  olish  qobiliyatiga  ega  bo'lishi  kerak.
Rahbar  menejment,  iqtisodiyot  va  moliya,  huquq,  sotsiologiya 
va  pedagogika  asoslarini  bilishi  lozim.  Bu  fanlar  butun  menejment-


ga  ilmiy  qarashlar  tizimini  yaratish  imkonini  beradi.  Menejment 
faqat  ilmiy  bilimlarga  ega  bo'lishni  emas,  balki  boshqarish  san’atini 
b ilishn i  ham  talab  qiladi.  B o shqaruvni  tashkil  etish  bilan 
shug'ullanuvchi,  awalo,  o‘z-o‘zini  tarbiyalay  olishi,  o‘zini  boshqara 
olishi  zarur.  Buning uchun  u  doimo  va  muntazam  o‘zini-o‘zi  tarbiya- 
lashi  kerak.  Rahbar  uslubi  eshitish  va  o'qish,  so'zlash  va  yozish, 
ya’ni  axborotni  qabul  qilish  va  uni  boshqalarga  uzatish  malakasida 
ifodalanadi.  Rahbar  uchun  zarur  bo'lgan  sifatlar  jumlasiga  uning 
tashkilotchilik  qobiliyati,  ish  qobiliyati,  kuchi,  xushmuomalaligi, 
irodaliligi  kiradi.
Bozor  sharoitida  ishlovchi  rahbar va  mutaxassislar  oldiga  qat’iy 
talablar  qo‘yiladi.  Ular  yuqori  ishbilarmonlik  va  axloqiy  sifatlarga, 
tadbirkor  bo'lishi,  ahil  jamoa  tashkil  etish  va  mehnat  jamoasi  bilan 
davlat  manfaatlari  mos  kelishini  ta’minlay  olishlari  kerak.
Zamonaviy  rahbarlar  yuqori  malakaga  ega  bo'lishi,  istiqbolni 
ko'ra  olishi  va  samarali  xo'jalik  yuritishga  imkon  yaratuvchi  iqti­
sodiy  fikr  yuritish,  shaxsiy  intizomga  ega  bo'lish,  topshirilgan  vazifaga 
javobgarlik  hissi  bilan  yondashish,  g'oyalarni  to'plash,  chiqishimli 
va  ishbilarmon  bo'lishi  kerak.
Rahbar  doimo  xotirjam  va  o'ziga  ishongan  bo'lishi,  tashab- 
buskorlik  ko'rsatish,  tavakkalchi  bo'lishi  kerak.  Javobgarlik  oldida 
qo'rqish  -  kuchsizlik  belgisidir.  Javobgarlikdan  qo'rqqan  kishi  rah­
bar  bo'lolmaydi.
Rahbar  qo'l  ostidagilar  bilan  shunday  munosabatda  bo'lishi 
kerak-ki,  toki  ular  uning  oldiga  maslahat  uchun  bemalol  kirsinlar. 
Rahbar  o'z  qo'l  ostidagilarini  yaxshi  bilishi,  ular  bilan  suhbatlashi- 
shi,  ular  qobiliyati,  bilimi,  malakasi,  egallagan  lavozimiga  mos- 
ligini,  ularning  bilim,  qobiliyat,  malaka  va  axloqiy  sifatlaridan  foy- 
dalanishi  yetarli  ekanligini  aniqlashi  lozim.
Obro'ga  ega  bo'lmay  muvaffaqiyatli  rahbarlik  qilish  mumkin 
emas,  lekin  obro'ga  kuch  bilan  emas,  ish  bilan,  qanday  ishlashni 
o'z  misolida  ko'rsatish  bilan,  uni  qanday  bajarish  haqida  so'zlash 
bilan,  faqat  talabchanlik  va  qat’iylik  bilan  emas,  bilim  va  ko'nikma 
orqali  erishish  mumkin.  Boshqarish  san’atiga  ega  bo'lmagan  rah­
bar  qabul  qilingan  qarorlar  samarali  bo'lishini  ta’minlay  olmaydi. 
Lekin  inson  rahbar  bo'lib  tug'ilmaydi,  balki  ish  jarayonida  shakllanadi.


Rahbar  ish  uslubi  korxona  faoliyati  yakuniy  natijalariga  ishlab 
chiqarishni  boshqarish  vazifalari  vositasida  ta’sir  ko'rsatadi.  Ularning 
har  biri  boshqa  vazifalar  bilan  uzviy  bog'liq  holda  ta’sir  qiladi  va 
uslubning foyda hamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko'rsatkich- 
larga  ta’sir etishning yagona  mexanizmi  tarkibiga  kiruvchi  bog'lovchi 
bo'g'in  vazifasini  bajaradi.  Uslub  bilan  ishlab  chiqarish  natijalarining 
o'zaro  aloqasi  tizimi  rahbarlar  bilim  va  ko'nikmalari,  menejment 
jarayoni  texnologiyasi,  mehnat  intizomi  vositasida  amalga  oshadi 
va  rahbar tomonidan qo'llaniluvchi boshqarish  usuli  bilan  bog'liq bo'ladi.
Xulosa
«Madaniyat»  tushunchasi  keng  qamrovli,  umuminsoniy  tushun- 
cha.  Inson  hamisha  moddiy  va  m a’naviy  boyliklar  yaratish  bilan 
band.  Shuning  uchun  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  farqlanadi. 
Insonning  tabiatni  o'zlashtrish  amaliy  ko'rsatkich  darajasi  moddiy 
madaniyatni bildiradi. M a ’naviy madaniyatga fan, aholining m a’lumot 
darajasi,  tibbiy xizmat,  san’at  darajasi,  odamlaming axloqiy  me’yorlari, 
ruxiy  bilim  va  qiziqishlari  kiradi.
Menejment  madaniyati  ham  umuminsoniy  madaniyatning  bir 
bo'lagi  hisoblanadi,  u  boshqaruv  xodimlarining  madaniyat  darajasini, 
menejment  jarayoni  madaniyati,  mehnat  sharoiti  madaniyati,  hujjat 
va  ish  yuritish  madaniyatini  akslantiradi.
Boshqaruv  uslubi  -  bu  rahbar  tomonidan  menejment  jarayonida 
qo'llanadigan  barcha eng yaxshi,  chidamli,  bardoshli  usullar yig'indisidir.
Boshqaruvnnig  uchta  aniq  usuli  bor:  avtoritar  (direktiv), 
demokratik  (kollegial)  va  liberal.
Amaliyotda  u  yoki  bu  usul  «toza»  qo'llanilmaydi.  Menejment- 
da  har  bir  usul  birgalikda  qo'llanadi.  Demokratik  uslublarga  ustu- 
vorlik  beriladi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish