Bugungi kunda soliq yuki o’z mohiyati va uning to’lovchisining shakliga
ko’ra yuridik yoki jismoniy shaxs zimmasida turishini inobatga olgan holda,
birgina bilvosita soliqlarning undirilishi jarayonlarida soliq to’lovchilarning har
ikkalasi ham ishtirok etishini kuzatish mumkin. Lekin soliq yuki so’nggi
iste’molchi jismoniy shaxs ya’ni aholi zimmasiga tushayotganligi hech kimga
bilvosita soliqlar yukining oshishi hamda inflyatsiyaning o’sishi natijasida sekin
astalik bilan xarid qobiliyatini pasaytirib boradi. Agar soliqlarni to’plashda faqat
byudjet daromadi asosiy ahamiyatni tashkil qilsa, tabiiyki ushbu holat aholi real
daromadlarining sezilarli qismini byudjetga olib qo’yish asosida tashkil etiladi
Bu o’rinda aholi real daromadlarini o’zida ko’proq saqlab qoldimi yoki
kamroq saqlamoqdami, bu o’z-o’zidan soliq yukining ko’p yoki kam ekanligi
bilan belgilanadi. Bugungi kunda aholi real daromadlarini oshirib borishga
qaratilgan soliq ma’murchiligida olib borilayotgan islohotlar soliq yukining
kamaytirish masalasi o’z muhim ahamiyatini saqlab kelayotgan bir vaqtda
17
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
davlat byudjetining muhim daromad manbai bo’lishi bilan birga millionlab aholi
turmush tarziga ta’sir ko’rsatishning muhim dastagi hisoblanadi.
Aholining jami turdagi daromadlari manbai - ish haqi, pensiya, stipendiya,
nafaqalar, mukofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutug’i, bank to’lagan
foiz puli, ko’chmas mulkdan kelgan renta to’lovi va ijara puli, sug’urta
qoplamalari va boshqalardan iborat. Sanab o’tilgan daromadlarning pensiya,
nafaqa va stipendiyadan tashqari barchasi soliqqa tortiladigan daromadlar
hisoblanadi. Bugungi kunda bu boradagi xar bir o’zgarish nafaqat iqtisodchi,
olim va amaliyotchilar balki keng xalq ommasi tomonidan muhokama qilib
kelinmoqda. Aksariyat hollarda asosiy e’tibor daromadning soliqqa tortiladigan
miqdori, ya’ni, soliq yuki masalasiga borib taqalmoqda.
Chunki soliq yuki muayyan mamlakatda mavjud soliq tizimi hamda davlat
soliq siyosati mazmunini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yukiga baho berar ekanmiz, shu o’rinda
biz daromad solig’ini yetakchi ahamiyat kasb etishini anglashimiz zarur.
Jismoniy shaxslarga xo’jalik mehnat shartnomasi, fuqarolik – huquqiy
shartnomalari bo’yicha ish haqi, mukofot va boshqa qator daromadlar to’lovchi
korxona, tashkilot, muassasa soliqlarni to’liq, to’g’ri hisoblash va o’z vaqtida
byudjetga o’tkazib berish javobgarligini o’z zimmalariga oladilar. Fuqarolarning
olgan daromadlari to’g’risida soliq idoralariga, fuqaroga bildirish va
ma’lumotnoma yozib berish vazifasi ham yuridik shaxslarga yuklatilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yukiga baho berish ancha murakkab,
chunki u yuridik shaxs tomonidan to’lanadigan soliqlarni ham o’z ichiga olishi
bilan ifodalanadi.