2
Mavzu. Jismoniy shaxslardan soliqlar bo’yicha soliq yig’iluvchanligini
oshirish yo’llari
Reja
Kirish
1. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning zarurligi va iqtisodiy-ijtimoiy
mohiyati
2. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan
undiriladigan soliqlarning salmog`i
3. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tartibi
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini undirishning amaldagi
holati tahlili
5. Jismoniy shaxslarning mol-mulklaridan soliq hisoblash va byudjetga
undirishning tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
3
Kirish
Soliq yukini kamaytirish orqali aholi real daromadlarini oshirib borish
masalalari esa har bir yil yakuni bo’yicha o’z ijobiy natijalarini berayotganligini
kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda o’tgan yillarda amalga oshirilgan barcha
islohotlar xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining
umumlashgan va yaxlit ko’rsatkichi hisoblanadi. Aholi daromadi - nominal va
real daromadlarga bo’linadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi
shaklida olgan daromad bo’lib, uning harid qobiliyati pasayishiga inflyatsiya
ta’sir ko’rsatadi. Real daromad esa, shu pul shaklidagi daromadga amalda
qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligi bo’lib,
agar pul daromadi iste’mol bozoridagi narxlarga nisbatan tezroq o’sib borsa
bunday daromadlar ham o’sgan deb hisoblanadi.
Aholining jami turdagi daromadlari manbai - ish haqi, pensiya, stipendiya,
nafaqalar, mukofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutug’i, bank to’lagan
foiz puli, ko’chmas mulkdan kelgan renta to’lovi va ijara puli, sug’urta
qoplamalari va boshqalardan iborat.
Sanab o’tilgan daromadlarning pensiya, nafaqa va stipendiyadan tashqari
barchasi soliqqa tortiladigan daromadlar hisoblanadi.
Soliq islohotlarini o’tkazishda soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari
o’zgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy – huquqiy tamoyillarini
takomillashtirib boradi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari o’tkazilgan
har bir islohotlar natijasida sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari
borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga yaqinlashib boradi. Zero har bir
davrning
o’ziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik va
soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu ko’rsatkishlar muayyan davrga
moslashtirilgan soliq islohotlari o’tkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga
yaqinlashib boradi.
Shu o’rinda, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. Karimovning bu boradagi
quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «
Jahon bozorlarida raqobat tobora
4
kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini
tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama
rag’batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Eksportga mahsulot chiqaradigan
sanoat korxonalaridan farqli ravishda kichik biznes subyektlari va fermerlar o’z
mahsulotlarini eksport qilishdan olgan valyuta tushumlarining 50 foizini
banklarga sotish majburiyatidan ozod qilingani va ularning eksportga mahsulot
etkazib berishdan, avvalo, o’zlarining manfaatdor bo’lishini e’tibordan chetda
qoldirmasligimiz darkor
»
1
.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida soliq tizimining shakllanishi va
rivojlanishida muhim davrni bosib o’tdi. Mazkur islohotlar doirasida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq tizimini isloh qilish borasida
qabul qilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida soliq to’lovchilar
faoliyatini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M. Mirziyoev soliq tizimi haqida to’xtalib shunday deydi: “Soliq-
byudjet siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini
bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya
loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish
– ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va
shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi”
2
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida iqtisodiyotni rivojlantirish
va liberallashtirishda soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini
1
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va
tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar.
2
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent, “O’zbekiston”, 2017. – B.29-30.
5
soddalashtirish siyosatini davom ettirish 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning uchinchi ustuvor yo’nalishi qilib belgilangan.
3
Soliqlar har bir davlatning moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Jahon
iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida ular iqtisodiyotini davlat
tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni
yanada erkinlashtirish va shuqurlashtirish jarayonida kishik biznesni
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o’tish
sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini
shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to’ldirish, raqobat muhitini yaratish,
ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilish va davlat
soliq siyosati samaradorligini oshirishning hozirgi kundagi amaliyoti
nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga echim topishni
ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Ma’lumki, aholi pul daromadlarini mustahkamlash
respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqishida jamiyatimizning poydevori
sifatida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan eng muhim bo’lgan sohaga aylanib
bormoqda.
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli Farmoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |