Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan



Download 438,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana25.06.2021
Hajmi438,11 Kb.
#101281
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Курс иши (НАМУНА-СОЛИҚ НАЗАРИЯСИ)

Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan 

 soliq stavkalari

12

 

Soliq solinadigan daromad 



Soliq stavkasi 

Eng  kam  ish  haqining  birbaravarigasha 

miqdorda 

0 darajali stavka 

Eng kam ish haqining besh baravarigasha 

miqdorda 

Daromad summasining 7,5 foizi 

 

Eng  kam  ish  haqining  besh  baravaridan 



(+1 so’m) o’n baravarigasha miqdorda 

besh  baravar  miqdordan  soliq  +  eng 

kam  ish  haqi  miqdorining  besh 

baravaridan 

oshadigan 

summadan 

16,5 foiz 

Eng  kam  ish  haqining  o’n  baravari  (+1 

so’m) va undan yuqori miqdorda 

 

O’n  baravar  miqdordan  soliq  +  eng 



kam  ish  haqi  miqdorining  o’n 

baravaridan 

oshadigan 

summadan 

22,5 foiz 

 

         



Bunda soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo’yicha soliq solish shkalasi 

yil  boshiga  2018  yil  1  yanvarga  belgilangan  eng  kam  ish  haqi  (170  240  so’m) 

miqdoridan  kelib  chiqib  aniqlanadi  va  yil  davomida  eng  kam  ish  haqi  miqdori 

o’zgarganda qayta ko’rib chiqilmaydi. 

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i  summasini  hisoblab 

chiqarish  maqsadida  eng  kam  ish  haqi  miqdori  yil  boshidan  ortib  boruvchi 

yakun bilan (yil boshidan  boshlab tegishli  davrning har  bir oyi  uchun  eng  kam 

ish haqi summasi) hisobga olinadi. 

Belgilangan  stavkatardan  kelib  chiqib  hisoblangan  va  byudjetga  to’lanishi 

lozim  bo’lgan  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i  summasi,  soliq 

solinadigan  daromadlardan  2  foiz  miqdorida  hisoblab  chiqarilib  fuqarolarning 



 

19 


shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan har oylik 

majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. 

Jismoniy  shaxslar  ayrim  toifalari  daromadlariga,  ya’ni  o’ta  zararli,  o’ta 

og’ir,  zararli  va  og’ir  mehnat  sharoitidagi  ishlab  chiqarishda  band  bo’lgan 

xodimlarning  daromadlarini  soliqqa  tortishda  imtiyozli  soliq  stavkalari 

qo’llaniladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  zararli  va  og’ir  sharoitli 

ishlarda band bo`lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek, 

tabiiy iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan band bo’lganda qo’shimcha 

to’lovlar bo’yicha imtiyozli daromad solig’i stavkalarini belgilashga haqlidir. 

Soliq 

kodeksinig 



184-moddasiga 

asosan 


jismoniy 

shaxslarning 

daromadlariga  solinadigan  soliqni  to’lov  manbaida  hisoblab  chiqarish,  ushlab 

qolish  va  to’lash  majburiyati  yuridik  shaxslar,  faoliyatni  O’zbekiston 

Respublikasida  doimiy  muassasa  orqali  amalga  oshirayotgan  O’zbekiston 

Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari 

zimmasiga yuklatiladi.  

Jismoniy  shaxslarning  daromadlariga  to’lov  manbaida  soliq  solinadigan 

daromadlariga quyidagilar kiradi:  

1)  amaldagi  soliq  kodeksining  172-moddasiga  muvofiq  jismoniy 

shaxslarning mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlari; 

2)  jismoniy  shaxslarning  bir  martalik  ishlarni  bajarishdan  oladigan 

daromadlari;  

3)  jismoniy  shaxslarning  dividendlar,  foizlar,  pul  mukofotlari  tariqasida 

olgan daromadlari; 

4)  jismoniy  shaxslarning  bepul  berilgan  aksiyalar  yoki  yuridik  shaxslar 

mol-mulkining ulushi tariqasidagi daromadlari; 

5) O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga to’lanadigan daromadlar; 

6)  jismoniy  shaxslarning  mol-mulkni  yuridik  shaxsga  ijaraga  berishdan 

oladigan daromadlari; 

                                                                                                                                                         

12

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qaroridan olingan.



 


 

20 


7) royalti; 

8)  jismoniy  shaxslarning  tanlovlar  va  musobaqalar  yakunlari  bo’yicha 

sovrinlar, yutuqlar tariqasida oladigan daromadlari; 

9)  yuridik  shaxs  –  grant  oluvchi  tomonidan  jismoniy  shaxsga  beriladigan 

grantlarning summalari;  

10)  jismoniy  shaxslarga  yaratilgan  fan,  adabiyot  va  san’at  asarlari 

(predmetlari) uchun yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan daromadlar; 

11)  jismoniy  shaxsga  yuridik  shaxs  tomonidan  moddiy  naf  tariqasida 

to’lanadigan daromadlar. 

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’ini  hisoblab  chiqarish 

uchun  soliq  stavkasini  qo’llash  maqsadida  eng  kam  ish  haqi  miqdori  yil 

boshidan  ortib  boruvchi  yakun  bo’yicha  (yil  boshidan  tegishli  davrning  har  bir 

oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.  

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’ini  hisoblab  chiqarish  va 

ushlab  qolish  belgilangan  soliq  solinadigan  baza  hamda  stavkalardan  kelib 

chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun 

bo’yicha  har  oyda  jismoniy  shaxsning  asosiy  ish  joyi  bo’yicha  soliq  agenti 

tomonidan amalga oshiriladi. 

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’ining  hisoblab  chiqarilgan 

summasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  jismoniy  shaxslarning  shaxsiy 

jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlariga  o’tkaziladigan  har  oylik 

majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. 

O’z  xodimlariga  moddiy  yordam  ko’rsatgan  va  qimmatbaho  sovg’alar 

bergan  soliq  agentlari  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’ini  soliq 

davrining  oxirida  amalda  bo’lgan  eng  kam  ish  haqi  miqdoridan  kelib  chiqqan 

holda qayta hisob-kitob qiladi.  




 

21 



Download 438,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish