4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini undirishning
amaldagi holati tahlili
Hozirgi kunda mamlakatimizda jismoniy shaxslar yer solig’i mahalliy
byudjetga undiriladigan asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Yer solig’ining
iqtisodiy mohiyati va undirilishning asosiy sabablaridan biri yerning cheklangan
resurs ekanligi, shuningdek, yer egalarini yerdan unumli foydalanishga majbur
etish. Jismoniy shaxslar yer solig’i mahalliy byudjet daromadlarini doimiy
shakllantirib turuvchi barqaror manba bo’lganligi uchun ham undiriladi. U
fiskal funksiyani bajarib davlat byudjet daromadlarini to’ldiradi va bundan
davlat byudjeti manfaatdordir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat
organlari ixtiyoriga “Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy
soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilishi
vakolati berilgan”
13
. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet
sohasidagi faoliyatining konstituttsiyaviy asosi o’rnatilgan. Mahalliy joylardagi
vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari,
vakolatlari turlicha bo’lib, ular avvalo “Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida”gi qonunda belgilangan. Xalq deputatlari Kengashlari o’z hududining
byudjetini va uning ijrosi xaqidagi hisobotni tasdiqlaydi
14
. Budjet loyihasi
(ko’rsatkichlari) hokim tomonidan taqdim qilinadi. Shuningdek, qonunning shu
moddasiga binoan mahalliy kengashlar, mahalliy soliqlar, yig’imlar, boj
miqdorini belgilaydi va mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar,
yig’imlar va to’lovlar bo’yicha imtiyozlar beradi.
Yer solig’ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini tartibga
solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo’ldi.
Yerdan pulli foydalanishni joriy etishning asosiy maqsadi yerdan oqilona
foydalanishni ta’minlash, ya’ni, yer resurslarini, ayniqsa sug’oriladigan
yerlarni iqtisodiy usullar yordamida asrash hisoblanadi. Shuning ushun ham
13
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasi 4 bandi.
14
"Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi qonun 24-moddasi.
22
yerdan samarali foydalanishni kuchaytirishda yer solig’ining o’ziga xos
ta’siri mavjud.
Jismoniy shaxslar yer solig’ida ham soliq solish obyekti qat’iydir. Bunda
soliqqa tortish maqsadida uni qiymatini aniqlash soliq to’lovchining xoxishidan
kelib chiqmaydi va bundan shunday xulosa qilish mumkinki, soliq to’lashdan
qochish maqsadida soliq obyektini yashirish qiyin.
Yerdan foydalanishni, egalik qilish, yer uchastkalariga bo’lgan mulk
huquqi va boshqa shu kabi mulkiy huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi
asosiy qonun-hujjatlarga O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
hamda O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi kiradi.
Soliq kodeksining 287-moddasiga asosan mulk huquqi, egalik qilish
huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega
bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil
etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga
tenglashtiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar
uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni
taqdim etish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros
bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va
foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros
qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan
undiriladi.
Jismoniy shaxslar yer solig’i uchun quyidagi yer uchastkalari soliq
solinadigan obyekt hisoblanadi:
1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
23
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan,
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun
berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer ushastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va
imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham
o’tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer
uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan
yer uchastkalari.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari viloyat, shahar va
shaharlar bo’yicha tabaqalashtirilgan hamda maxsus zonalarga bo’linadi. Yer
solig’i stavkalarini ishlab chiqishda shaharlar va shahar qo’rg’onlari hududini,
shahar ayrim shaharlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash
qiymati bo’yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Ma’lumki, shahar
hududining qimmati markazdan chekka joylarga qarab nafaqat hududning
infratuzilma bilan ta’minlashdagi tafovutlar, balki boshqa omillar ta’siri tufayli
ham kamayib boradi. Shunga ko’ra yer solig’i stavkalari ham kamayib boradi.
Shu sababli yer solig’i stavkalarini tabaqalashtirish uchun shahar va qo’rg’onlar
hududi zonalarga bo’linadi, bunda yerlarni kompleks baholashning qiymati
umum tomonidan qabul qilingan, zonaning shahar hosil qiluvchilik rolini,
transport bilan ta’minlanganligi, muhitni jozibadorligi, ekologik holati, yer
tebranishlari bo’lish-bo’lmasligi, shahar ayrim shaharlarining funktsional
vazifalarini hisobga oladigan, yer uchastkalarining iste’mol qiymatiga ta’sir
ko’rsatadigan koeffitsentlarni qo’llagan holda belgilanadi.
Ta’kidlash joizki, yer solig’i stavkalari soliq to’lovchilarning yerdan
foydalanishining samarasiga muvofiq, ya’ni yer uchastkalaridan yomon
foydalanishligiga qarab oshirilgan tartibda qo’llaniladi. Masalan, berilgan
24
yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer solig’i,
uch barovar stavkada qo’llaniladi. Bundan tashqari yer uchastkalarining
ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan joylashishiga qarab qishloq joylari
uchun belgilangan yer solig’i stavkalariga oshiruvchi koeffitsientlar ham
qo’llaniladi.
Soliq kodeksining 290-moddasiga binoan quyidagi jismoniy shaxslar yer
solig’idan ozod qilinadilar:
1) yaylov chorvachiligining sho’ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari,
veterinariya vrashlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
2) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan
taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O’zbekiston Qahramoni» unvoni
berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat
Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
3) 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda
qonun hujjatlarida belgilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Mazkur imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari
bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida,
boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo’lgan huquqi
to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
4) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud
nogiron bolasi bilan alohida uyda, kvartirada yoki yotoqxonada birga yashovchi
pensionerlar soliq solish maqsadida yolg’iz pensionerlar deb tushuniladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi va (yoki) shahar (shahar) ijtimoiy
ta’minot bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-
onasi vafot etgan hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq
25
bolalari bo’lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p
bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz shahar (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
7) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan
shaxslar.
Mazkur
imtiyoz
tibbiy-mehnat
ekspert
komissiyasining
ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi
avariya oqibatlarini tugatish ishtirokshisining guvohnomasi, shuningdek
vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish ushun asos
bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
8) shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;
9) ko’chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari bo’yisha
– yer uchastkalari berilgan paytdan e’tiboran besh yilgacha;
10) shaxslar – ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va dehqon xo’jaligi
yuritish ushun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer
uchastkalari bo’yicha – yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran
ikki yil muddatga.
Imtiyoz huquqi yer solig’ini to’lashdan ozod etilgan shaxslar yashaydigan
va birgalikda xo’jalik yuritadigan butun oilaga tatbiq etiladi.
Jismoniy shaxslar uchun yer solig’ini davlat soliq organlari hisoblab
chiqaradi.
Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari yoki
yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo’lgan jismoniy shaxslarning
muntazam hisobini yuritadilar.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi
xo’jalik (dehqon xo’jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o’zgartirmasdan
o’z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig’i yakka tartibda uy-
joy qurilishi yoki dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun
belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi. Jismoniy shaxslar yer solig’ini 15
oktyabrdan kechiktirmay to’laydilar.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |