122
105-rasm
burilgandan so‗ng, oyoq kafti to‗la bosiladi. Bosh va gavda tik holatda turishi kerak.
Cho‗qqayib o‗tirgan holatdan orqaga burilish, bajarish texnikasi yuqorida bayon etilganga
o‗xshashdir.
O‗tirib va tik turib, ikki oyoqda orqaga burilish. Burilishning birinchi yarmida o‗tirish va
ikkinchi yarmida turish kerak. Dastlabki ikki burilish o‗zlashtirilgandan keyin murakkab
mashqlarni o‗rganishga o‗tish lozim. Chunonchi:
•
oyoqlarni chalishtirib tik turish holatidan 180°, 270° va 360°ga burilish;
•
bir oyoqda orqaga burilish bir tomonlama va qarama-qarshi tomonga bajarilishi
mumkin.
Bir tomonlama burilish – tayangan oyoq tomoniga bajariladi. O‗ng oyoqni orqaga uzatib,
chap oyoqda tik turish holatidan o‗ng oyoqni oldinga va biroz chapga siltab, oyoq uchlarini
ichkariga va yelkani chapga burish kerak. Siltash bilan bir vaqtda chap oyoq uchida turish va qadni
rostlab, shu oyoqni tovon bilan ichkariga burish kerak. Burilishni tugatayotib, butun oyoq kaftiga
turiladi va o‗ng oyoqni orqada siltashda hosil bo‗lgan balandlikda sakrab chiqiladi. Burilishda
qo‗llar yuqoriga ko‗tariladi.
O‗rgatish:
a)
qo‗l bilan gimnastika devoridan ushlagan
holatdan bir oyoqni orqaga
(oldinga) uzatib, boshqa oyoq uchida muvozanat saqlash;
b)
shuning o‗zini tayanmasdan 5-10
daqiqa davomida bajarish;
d)
gimnastika devori poyasini chap qo‗l bilan ushlab, devorga chap tomonlama
tik turgan holatdan o‗ng oyoq
bilan oldinga siltanib, o‗ng oyoq uchini pastdan 3-4 poyaga qo‗yib,
devorga yuz o‗girib, chap oyoq uchida tik turish holatining vertikalligini tekshirish,
e)
shuning o‗zi, lekin qo‗llarni almashtirib ushlab,
chap tomondan orqaga
burilish;
f)
shuning o‗zi, lekin oyoqni poyaga qo‗ymasdan bajarish;
g)
qo‗l bilan tayanmasdan polda orqaga burilish;
h)
shuning o‗zini past va odatdagi balandlikdagi xodada bajarish.
Qarama-qarshi
tomonga burilish tayanib turilgan oyoqda
qarama-qarshi tomonga bajariladi. O‗ng oyoqni oldinga uzatgancha, chap oyoqda tik turib,
o‗ng oyoqni orqaga siltab burilish. O‗rgatish oldindagi mashqqa o‗xshash bo‗ladi. Oyoqlarni kerib
tik turish holatidan 180° va 360° ga burilib, oyoqlarni kerib tik turish.
123
Aralash tayanish holatidagi burilishlar – xodada
gavda holatlarini o‗zgartirish va tananing pastroq
holatidan oyoqlarda tik turish holatiga o‗tish uchun
yordamchi elementlar bo‗lib xizmat qiladi.
О ‗rgatish:
a)
tayanish va orqaga tayanish holatidan bir
tomonlama siltab o‗tib burilgancha
oyoqlarni kerib yoki songa o‗tirish;
b)
oyoqlarni kerib o‗tirish holatidan orqaga
siltanib burilib,
oyoqlarni chalishtirish;
d) orqaga tayanish holatidan 270° ga
burilib, bir oyoqda cho‗qqayib tayanish (106-rasm).
Yurish. Yurish turlariga: oddiy qadamlab, oyoq
icluda va oyoq uchida; juftlama va ketma-ket qadamlar
bilan (oldinga, orqaga, yon tomonga); navbatma-navbat oyoqni oldinga bukib, shu vaqtning o‗zida
boshni engashtirib yurishlar; shuning o‗zini oyoqni oldinga baland ko‗tarib bajarish kabilar kiradi.
Yugurish va uning turlari
Raqs qadamlari. Ularga polka,
vals tarzida qadamlash, raqs qadami va boshqalar kiradi.
Sakrashlar. Sakrashlar turgan joyda va oldinga siljib bajariladi. Ular yakka yoki navbatma-
navbat, qo‗shib bajarilishi mumkin. Uchish fazasida burilib bajariladigan sakrashlar murakkab
sakrashlar hisoblanadi. Sakraganda qo‗llar har xil holatda bo‗lishi yoki har xil harakat qilishi
mumkin.
Sakrab-sakrab qadam bosish bir oyoqni orqaga (oldinga) tutib, ikkinchi tayanch oyoqda
bajariladi.
Qadam bosib sakrash. Chap oyoq bilan qadam qo‗ygandan keyin o‗ng oyoq bilan oldinga
siltanib, shu oyoqda sakrab yerga tushish. Biroz cho‗qqayib, oyoq uchidan tovonga tushish.
Ikki oyoq bilan depsinib, oyoqlarni almashtirib sakrash. Oyoq uchlarida tik turgan holatdan
biroz cho‗qqayib, oyoqlarni to‗g‗rilagancha va oyoq uchlarini oldinga cho‗zgan holda yuqoriga
sakrash. Sakralganda oyoq holatlari almashtiriladi va ularni tarang holatga keltirib, yerga biroz
bukilib, oyoqlarga tushiladi.
O‗rgatish:
a)
polda va xodada yarimcho‗qqayib (bir oyoq oldinga uzatilgan) 5-10 daqiqa
davomida muvozanat
saqlab turish;
b)
polda va xodada ikki oyoqda depsinib, oyoqlar o‗mini almashtirmasdan
sakrash;
d) shuning o‗zini xodada oyoqlar o‗mini almashtirib sakrash.
Ikki oyoqda depsinib, bir oyoqda sakrash. Bu sakrash oldingi sakrashga o‗xshash boiib,
oldinga sirpanib, bir oyoqqa tushgan holda bajariladi. Bir oyoqda sakrash, ikkinchisi oldinda
bukiladi. Qadam bosib sakraganda muvozanat saqlanadi.
Sonda о‗tirgan holatdan sakrab tushish. Oldinda va orqada tayanib, burilib yoki burilmasdan
bajariladi.
124
Kerishib sakrab, yerga tushish.
Uzunasiga va ko‗ndalangiga turgan holatdan tez-tez tashlangan
qadamlardan keyin (oyoqni oldinga siltab past va odatdagi xodada) tizzada
tayanish holatidan (erkin oyoqni orqaga siltab, ikkinchisi bilan xodadan
depsingancha ikki oyoq birlashtiriladi, bosh va yerga tushish tomonidagi
qo‗lni ko‗tarib, kerishib yerga tushish); bir oyoqda cho‗qqayib o‗tirgan
holatda bajariladi.
Burchak hosil qilib o‗tirish holatidan sakrab yerga
tushish.
O‗ng oyoqni bukib xodaga qo‗yish bilan bir vaqtda, qo‗llar bilan orqaga
tayanish (panjalami orqaga qilib) holatidan depsinib va oyoqlarni
birlashtirgancha orqaga burilib, sakrab yerga tushish (107-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: