118
Muhofaza qilish va yordam ко‗rsatish. O‗qituvchi qo‗shpoyaning yuqoridagi yog‗ochi ostida
talabadan o‗ng tomonda turib, chap qo‗li bilan uni tosi ostidan, o‗ng qo‗li bilan son oldidan ushlab
ko‗maklashadi.
Qo‗shpoyaning pastki yog‗ochiga to‗ntarilib chiqib tayanish. Tik turib bukilgan qo‗llarda
osilish holatidan bir oyoq orqaga uzatiladi. Keyin shu oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib,
qo‗llarni yoymasdan oyoqlarni qo‗shpoyani yog‗ochi ustidan yuqoriga-orqaga dadil yo‗naltirib,
sonlarning ustki yuzasini qo‗shpoya yog‗ochi ustiga qo‗yiladi. Oyoqlarning old yuzasidagi
mushaklarni taranglashtirib, qo‗llarni to‗g‗rilaguncha tos-son bo‗g‗inidan va bel qismidan dadil
to‗g‗rilanib (oyoqlarni tushirmasdan) tayanish holatiga chiqilib, boshni ko‗tarib kerishiladi.
О‘rgatish:
a)
qo‗shpoyani pastki yog‗ochida yoki past yakkacho‗pda tayanish holatidan gavdani
oldinga engashtirish. Keyin to‗g‗rilab. qo‗llarni to‗g‗rilab tayanish
holatiga qaytish;
b)
bir oyoq bilan siltanib va ikkinchisi bilan depsinib, oyoqlar bilan yuqoridagi
qo‗shpoya yog‗ochiga tayanib, qo‗shpoyani pastki yog‗ochida kerilib osilish va keyinchalik bir
oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib to‗ntarilgan holda chiqib tayanish (o‗qituvchi yordami
bilan);
d) bir
oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib to‗ntarilib chiqish.
Muhofaza qilish va yordam ko‗rsatish. O‗qituvchi talabani chap tomonida – oldinroq turib,
chap qo‗li bilan talabani oyoqlaridan, o‗ng qo‗li bilan belidan ushlab yordamlashadi va tayanish
holatiga chiqayotganda chap qo‗li bilan yelka ostidan, o‗ng qo‗li bilan esa, pastdan, oyoqlaridan
ushlab yordamlashadi.
Qo‗shpoyaning pastki yog‗ochida cho‗qqayib osilish holatidan yuqoridagi yog‗ochiga
ko‗tarilib tayanish (102-rasm). O‗ng oyoqda cho‗qqayib osilish holatidan qo‗llarni bukib,
chap oyoq orqaga uzatiladi. O‗ng oyoq bilan siltanib
va chap oyoq bilan depsinib,
qo‗llarning bukishi
davom ettiriladi, oyoqlarni shitob bilan yuqoridagi qo‗shpoya yog‗ochi
ustidan yuqoriga-orqaga yo‗naltirib birlashtiriladi.
102-rasm.
Tos-son bo‗g‗inidan bukila borib, oyoqlar qo‗shpoya yog‗ochi ustiga sonlarning yuqori qismi
bilan qo‗yiladi. Qolgan barcha harakatlar qo‗shpoyaning pastki yog‗ochida to‗ntarilib chiqishdek
bajariladi.
Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‗ochiga tayanish holatidan oldinga tushib, pastki yog‗ochga
yotib osilish. Qo‗shpoyaning yuqoridagi yog‗ochida tayanish holatidan boshni oldinga engashtirib,
qo‗llar bukiladi, so‗ngra gavda oldinga engashtiriladi. Tos-son bo‗g‗inidan bukila borib, oldinga
tushishni davom ettirib, sonlarning orqa mushaklarini taranglashtirgan holda oyoqlarni tizzagacha
yog‗ochdan sirpantirib tushirish va kerishish kerak.
Keyin qo‗llarni to‗g‗rilab, gavdani ham to‗g‗rilab, oyoqlarni tushirib, qo‗shpoyaning pastki
yog‗ochiga yotib osilish holatiga kelish va kerilish lozim.
119
Qo‗shpoyaning yuqoridagi yog‗ochiga tayanish holatidan gavdani orqaga tashlab,
oyoqlarni kerib siltab о‗tib, pastki yog‗ochga yotib osilish. Qo‗shpoyaning yuqoridagi yog‗ochiga
tayanish holatidan qo‗llarni to‗g‗ri tutib, tosni qo‗shpoya yog‗ochiga yaqin tutgancha yelkalar bilan
dadil orqaga tusha boshlash kerak. Keyin tos-son bo‗g‗inidan bukilib, oyoqlarni kerib pastki
yog‗och ustidan oshirib o‗tiladi, to‗g‗rilanib oyoqlar juftlashtirilgancha qo‗shpoyani pastki
yog‗ochiga qo‗yiiadi.
Yotib osilish holatida kerilib, bosh orqaga engashtiriladi.
Qo‗shpoyaning pastki yog‗ochida o‗ng (chap) oyoqni oldinda tutib, oyoqlarni kerib tayanish
holatidan chap (o‗ng) oyoqni siltab o‗tib 90° va 270°ga burilib, sakrab tushish. O‗ng oyoqni
oldinda tutib oyoqlarni kerib tayanish holatida o‗ng qo‗l pastdan almashtirib ushlanadi. Chap
oyoqni dadilroq harakatlantirib, oyoqlar bilan chap tomonga siltanib, chap qo‗1 bilan itarib
yuborish va gavda og‗irligini o‗ng qo‗lga o‗tkazguncha chap oyoqni qo‗shpoya yog‗ochi ustidan
siltab o‗tib, o‗ng tomonga burilish kerak. Oyoqlarni birlashtirib kerilish va chap qo‗lni
yuqorigatashqariga uzatib, jihozga o‗ng tomonlama ohista sakrab tushish lozim. Shu sakrab tushish
270°ga aylanib bajarilganda chap qo‗l bilan itarib yuborgandan keyin, shu qo‗1 bilan o‗ng qo‗lning
o‗ng tomonidan teskari ushlab olib va o‗ng qo‗1 bilan itarib yuborgan holda yana o‗ng tomonga
180°ga burilish zarur. Bunda jihozga nisbatan chap tomon bilan sakrab tushiladi.
Qo‗shpoyaning pastki yog‗ochiga burchak hosil qilib tayanib o‗tirish holatidan orqaga
siltanganda kerilgan holda orqaga burilib, sakrab tushish. Qo‗shpoyaning pastki yog‗ochiga
burchak hosil qilib, unga ko‗ndalangiga tayanib o‗tirish holatidan yuqoridagi yog‗ochdan chap qo‗l
bilan ushlagancha oyoqlar keriladi. Oldinga engashib, o‗ng qo‗1 bilan old tomondan, oyoqlar
orasidan, pastki yog‗ochdan teskari ushlanadi. Orqaga siltanib, chap oyoq pastki yog‗och ustidan
siltanib o‗tiladi va chap qo‗1 yuqoridagi yog‗ochdan itarib, qo‗yib yuboriladi. Chap tomondan
orqaga burilib, oyoqlarni birlashtirib va chap qo‗lni yon tomonga uzatib kerilish kerak.
Qo‗shpoyani o‗ng tomonidan sakrab tushiladi.
Qo‗shpoyaning pastki yog‗ochiga sonda о‗tirgan holatdan orqaga burchak hosil qilib sakrab
tushish. O‗ng sonda o‗tirish holatidan oyoqlarni oldinga siltab burchak hosil qilib o‗tiriladi, ayni
vaqtda chap qo‗l bilan qo‗shpoyaning pastki yog‗ochidan talabani son ostidan teskari ushlanadi.
O‗ng tomondan orqaga burila borib, chap qo‗l bilan gavdani dadil burib, pastki yog‗och ustidan
siltab o‗tiladi. Chap qo‗lga tayangan holda o‗ng qo‗l bilan yuqoridagi yog‗ochni itarib yuborib
batamom to‗g‗rilanish va kerilish kerak bo‗ladi. Shundan so‗ng qo‗shpoyaga nisbatan chap tomon
bilan yarimcho‗qqayib, ohista sakrab tushish lozim. Sakrab tushish orqaga burilib ijro etilganda,
oyoqlarni siltab o‗tkazish vaqtida o‗ng qo‗lni pastki yog‗och ustidan almashtirib ushlab va chap
qo‗l
bilan itarib, chap tomondan orqaga burilish zarur.
Muhofaza qilish va yordam ко‗rsatish. O‗qituvchi talabani chap tomonida turib chap qo‗li
bilan uni tosi ostidan, o‗ng qo‗li bilan o‗ng yelkadan va burilish davomida har ikki qo‗li bilan gavda
(beli)dan ushlab ko‗maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: