Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш


QISHLOQ XO`JALIGIDA QUYOSHLI STIRLING DVIGATELLARINI



Download 11,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/268
Sana22.02.2022
Hajmi11,34 Mb.
#100425
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   268
Bog'liq
nammqi 2020kanferensiya

QISHLOQ XO`JALIGIDA QUYOSHLI STIRLING DVIGATELLARINI 
TADBIQ QILISH SAMARADORLIGI. 
dots. M. Murodov (NamMQI), 
mag. R. Murodov (FerPI)
O’zbekistonda ekin ekishga yaroqli yerlar asosan sug`oriladigan yerlar 
hisoblanib, yiliga mamlakatda ishlab chiqarilayogan elektr energiyasining 40% 
qishloq xo’jaligi yerlarni sug`orishga sarflanadi. Tabiiyki, bu elektr energiyasi 
ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash ob’yektlariga katta yuklama hosil qiladi. 
Sug`orish uchun nasos stansiyalari quvvatini hisobga oladigan bo’lsak, 
O’zbekiston bo’yicha bu juda katta energetik birliklarda o’lchanadi. Ushbu 
energiya sarfini kamaytirish maqsadida sug’orish uchun energiya ta’minlashni 
muqobil usullarini ishlab chiqish lozim bo’ladi.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishda quyosh issiqlik energiyasi 
ham muhim rol o’ynaydi. Sug’orishning biz taklif etayotgan usuli mavjud 
energetik harajatlarni tejash maqsadida qabul qilinishi mumkin. 
Quyosh nurlanishining spektral tarkibi 0,1 mkm dan 30 metr to’lqin 
uzunligigacha bo’lgan oraliqdagi tebranishlardan iborat. Quyosh nurlanishi 
energiyasining asosiy qismi 0,2-3 mkm oraliqda jamlangan. Shu oraliqdagi 
nurlanishni quyidagi qismlarga ajratish va nomlash qabul qilingan. Bular jumlasiga 
spektrning ultrabinafsha qismi (UB) 0,1-0,38 mkm oraliqda, spektrning 
ko’rinadigan qismi 0,38-0,78 mkm oraliqda, spektrning infraqizil qismi (IQ) 0,78 
mkm va undan ortiq to’lqin uzunligiga ega bo’lgan qism tashkil qiladi. 
Ko’rinuvchi nurlanishni binafsha, ko’k, yashil, sariq, qizil nurlarga ajratiladi. IQ 
nurlanishni yaqin va uzoq IQ nurlarga ajratiladi
UB nurlanish, koinotda yuqori intevsivlikka ega bo’lishiga qaramasdan, Yer 
atmosferasining yuqori qismida mavjud bo’lgan ozonga yutilib, Yer sirtiga faqat 
to’lqin uzunligi 0,3 mkmga teng bo’lgan ozroq qismigagina yetib keladi [1]. 
Infraqizil nurlanish ta’sirida harakatga keluvchi stirling divigatellari 
temperaturalar farqi asosida ishlaydi. Odatda ularni tashqi yonuv divigatellari deb 
ham ataladi [2]. Tashqi issiqlik hisobiga quyidagi sxema asosida harakatga keladi 
(1-rasm). 


213 
1-rasm. Stirling dvigateli ishlash prinsipining umumiy sxemasi 
Stirling dvigatellari infraqizil nurlanishni qabul qilishi mumkin bo’lgan 
manbalar turlicha bo’lib, ulardan biri - quyosh nurlanishidir. Divigatelning issiqlik 
qabul qiluvchi yuzasini quyoshdan keldigan nurlanishning infraqizil qismi bilan 
yoki uni konsentirlab qizdirish mumkin. Shunday qilib, quyida biz tomonimizdan 
ishlab chiqilgan quyosh stirling dvigateli namunasining ishlash prinsipi bo’yicha 
ma’lumotlar keltiriladi. Odatda ushbu dvigatel qizdirish kamerasi harorati 30
o

bo’lganda ishlashni boshlaydi. Ostki qismida xona temperaturasidagi suvli 
sovutgichdan foydalaniladi. Shunday qilib dvigatel 10
o
C teng bo’lgan 
temperaturalar farqi asosida ishlashni boshlaydi. Lekin u foydali quvvat ishlab 
chiqarishi va suvni haydashi uchun yana 20

C qizdirish kerak. Qo’simcha 
haroratni esa kunning issiq vaqtida yoki nurlanish quyidagicha konsentirlab hosil 
qilinadi.
Odatda, qishloq xo’jaligi yerlari chetida ariq va zovurlar kabi suv havzalari 
mavjud. Stirling dvigateli uchun maxsus suv nasosini 1-rasmdagi maxovik o`rniga 
mahkamlab suvni ma’lum napor bilan haydash mumkin bo`ladi.
Quyoshli stirling dvigatelining biz tavsiya etayotgan tajriba nusxasi 
to`g`ridan-to`g`ri tushuvchi quyosh nurlanishiga ishlaydi, ya’ni tabbiiy sharoitda 
ochiq quyosh nurlanishlari ta’sirida bo`ladi. Qizdiriluvchi yassi yuzaning 
o`lchamlari 30x60 sm (S=0,18 m
2
) ni tashkil etadi. Albatta bu oxirgi chegaraviy 
o`lchamlar emas, chunki qurilma quvvatini va samaradorligini, suv sarfini orttirish 
uchun geometrik o`lchamlarni bir necha marta kattalashtirish mumkin. Lekin 
tajribalar asosida shunday deyish mumkinki, bitta katta o`lchamdagi qurilmadan 
ko`ra bir necha kichikroq o`lchamli “modul”larni yagona sistemaga biriktirib 
foydalanish samaraliroq va shu bilan birga soddaroqdir. Bundan tashqari, nurlanish 
akslantiruvchi oddiy reflektorlar ham yassi sirtning haroratini sezilarli oshirishi va 
alohida modullarning xususiy quvvatlari W
i
ni ortishiga olib keladi. Ya’ni 
sistemaning umumiy quvvati

ga teng bo`ladi. 
Kolenval 
Maxovik
Porshen

Download 11,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish