56
xizmatchining
tegishli
lavozimni
egallashi,
lavozim
bo'yicha
harakatlanishi,
xizmatchilarning faoliyatini baholash va attestatsiyadan o'tkazish hamda davlat-xizmat
munosabatlarining tugashi bilan bekor bo'luvchi jarayondir.
Davlat xizmatini o'tash instituti - boshqaruv apparatiga xodimlarni tanlashdan,
xizmat bo'yicha harakatlanishni amalga oshirishdan, davlat xizmatidan bo'shatish
uslublarini o'rnatish va amalga oshirishdan boshlanadi.
Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, davlat xizmatini o'tash davlat xizmati huquqiy
institutining ichki instituti bo'lib, quyidagilarni tartibga soluvchi huquqiy normalar
yig'indisidan iboratdir:
•
davlat lavozimini egallash;
• turli davlat organlari xodimlarining maxsus professional tayyorgarligi;
• o'rindoshlik;
• xizmatchilar tomonidan o'zlarining mansab majburiyatlarini bajarishi va
huquqlarini amalga oshirishi;
•
malaka darajalari, maxsus unvonlarni berish tartibi;
• xizmatchilarni rag'batlantirish yoki ularni javobgarlikka tortish;
• davlat xizmatchilarining attestatsiyasi;
• xizmat bo'yicha
harakatlanish;
• xizmatning sharoitlari;
• davlat xizmatchilarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi (kafolatlar, imtiyozlar,
kompensatsiyalar);
• davlat xizmatining tugashi asoslari va uslublari.
D.M.Ovsyankoning fikricha,
davlat xizmatini o'tash ikki turdagi huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Bu huquqiy
aktlar bir-biridan yuridik oqibatlarni vujudga keltirishi bilan farqlanadi.
Birinchi huquqiy akt - bu normativ huquqiy aktlar bo'lib, ular orqali barcha
fuqarolar tomonidan o'taladigan davlat xizmatining umumiy tartibi o'rnatiladi. Normativ
aktlar orqali davlat xizmatiga qabul qilish tartibi, sinov muddatini o'tash, attestatsiya
o'tkazish tartibi, davlat xizmati sharoitlarining xususiyatlari, mansablarni egallash, malaka
darajalarni, ilmiy unvonlarni berish va boshqa masalalar belgilab beriladi.
Ikkinchi huquqiy akt - bu individual (yakka tartibdagi yoki ma'muriy) aktlar.
Individual aktlar aniq bir fuqaro uchun davlat xizmat huquqiy munosabatlarini vujudga
keltirishda, o'zgartirishda va bekor qilishda yuridik fakt sifatida xizmat qiladi.
Davlat xizmatini o'tash davlat xizmati institutining asosiy element bo'lib, unda
davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi amalga oshiriladi. Davlat xizmatini o'tash —
siyosiy va ma'muriy davlat lavozimlarini to'ldirish faoliyati bo'lib, davlat ma'muriyatida
mansablarning davlat xizmatchilari o'rtasida ketma-ketlikda almashinuvini, davlat-xizmat
huquqiy munosabatlari o'zgarishini o'z ichiga oladi. Har bir davlat xizmatchisi yakka
tartibdagi lavozim (xizmat) yo'nalishiga egadir. Shuning uchun ham amalda davlat
xizmatini o'tash ham individualdir.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan davlat xizmatiga qabul qilishning,
sinov muddatini o'tashning tartibi, davlat xizmati sharoitlarining o'ziga xos xususiyatlari,
xizmatchilarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi, davlat lavozimlarini egallash va boshqalar
belgilab berilgandir.
Amaldagi qonunchilikka binoan
davlat xizmatiga kirish huquqiga, qoida bo'yicha,
davlat tilini biladigan, professional ta'lirriga ega bo'lgan, davlat xizmatiga qo'yilgan
talablarga javob bera oladigan O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari
57
egadir. Davlat xizmatiga ishga kirishda, shuningdek, uni o'tash jarayonida ma'lum bir,
masalan, millati, tili, jinsi, kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, e'tiqodi va boshqa belgilarga
qarab cheklovlarning qo'yilishi mumkin emas.
Davlat xizmatini o 'tashning asosiy belgisi — bu davlat lavozimini egallashdir.
Davlat lavozimini egallash fuqaroning mansab huquqlari, majburiyatlari, cheklovlar va
huquqiy javobgarlikning subyektiga aylanganidan dalolat beradi. Davlat lavozimlarini
egallashda qonunchilikda o'rnatilgan hollarda ba'zi bir cheklovlar o'rnatilishi mumkin.
Jumladan, fuqarolar quyidagi hollarda davlat xizmatida bo'lishi yoki davlat lavozimini
egallashi mumkin emas:
•
birinchidan, fuqaro sud hukmi bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala
layoqati cheklangan deb topilgan bo'lsa;
•
ikkinchidan, sud tomonidan fuqaroning belgilangan muddatda davlat lavozimini
egallashi taqiqlangan bo'lsa;
•
uchinchidan, tibbiy muassasaning xulosasiga ko'ra, davlat majburiyatlarini
bajarishga noloyiq bo'lsa;
•
to 'rtinchidan, o'zaro yaqin qarindoshlarning bo'ysunuv asosida davlat xizmatini
bitta davlat organida o'tashi va boshqa holatlar.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr qonuni bilan
tasdiqlangan Mehnat kodeksining
79-moddasiga binoan o'zaro yaqin qarindosh yoki
quda-anda bo'lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'il va qizlar, er-
xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari),
basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunuv yoki uning nazorati ostida xizmat
qiladigan bo'lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. Bu qoidadan
istisnolar O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: