Jizzax davlat pеdagogika instituti


Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/95
Sana23.06.2021
Hajmi1,31 Mb.
#99497
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
m am u r i y x u q u q fanidan

2.Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi. 
 Davlat  xizmatchilari  -  huquqning  individual subyektlaridan  iborat  bo'lgan  ijtimoiy 
guruh bo'lib, ma'lum bir haq evaziga davlat organlarining vazifa va fimksiyalarini amalga 
oshiradilar. 
Har  bir  tashkil  etiladigan  tashkilot  uning  normal  funksiyalanishi  uchun  maxsus 
tayyorlangan  xizmatchilardan  iborat  bo'lgan  ma'lum  bir  personalga  ega  bo'lishi  lozim. 
Tashkilotlarning  turiga  qarab  huquq  obyektlarining  quyidagi  xizmatchilarini:  davlat 
(davlat  organlari),  mahalliy  organlar,  jamoat  birlashmalari  nodavlat,  tijorat,  notijorat, 
diniy, xususiy, xalqaro tashkilotlarning xizmatchilarini ko'rsatib o'tish mumkin.  
Ko'pgina  insonlar  ijtimoiy  foydali  mehnat  bilan  mashg'uldir:  jamiyatning  normal 
faoliyat  ko'rsatishini ta'minlash  maqsadida  turli  funksiyalarni  amalga  oshiradilar;  moddiy 
boyliklar  yaratadilar,  ya'ni  tovarlar  ishlab  chiqarish,  xizmatlar  ko'rsatish,  tarbiyaviy  va 
ta'lim  funksiyalarini  amalga  oshiradilar,  davlat-hokimiyat  harakatlari  va  huquqni 
muhofaza qilish funksiyalarini bajaradilar, turli xildagi qarorlarni qabul qiladilar. 
Davlat  xizmatchisi,  keng  ma'noda,  davlat  vazifa  va  funksiyalarini  nafaqat  davlat 
organlarida,  balki  davlatning  boshqa  tashkilot,  muassasa  va  korxonalarida  amalga 
oshiradigan huquqning individual subyektidir. 
Davlat  xizmatchisi  —  bu  davlat  organlari  vakolatlarini  bajarishni  ta'minlash 
bo'yicha professional faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatchisi va davlat 
(davlat organi)  o'rtasida davlat-xizmat  munosabatlari vujudga kelib, ular  o'zaro huquq  va 
majburiyatlarga ega bo'ladi. 
Davlat xizmatchisi, tor ma'noda davlat xizmatida davlat lavozimini egallagan, ya'ni 
davlat  ma'muriyatining  tuzilmalari  tizimida  ma'lum  bir  mansabni  egallaydigan,  pul 
mukofoti evaziga mazkur davlat organining funksiyalarini amalga oshiradigan shaxsdir. 
Davlat  xizmatchilarining  aksariyati  ij'ro-farmoyish  berish  (tashkillashtirish)  vakolatlarini 
va  ijtimoiy-madaniy  faoliyatni  amalga  oshirish  bilan  shug'ullanadilar.  Faqatgina  ayrim 
davlat  xizmatchilari  maxsus  davlat  lavozimlarini  egallaydilar,  masalan,  odil  sudlovni  va 
prokuror nazoratini (ya'ni, huquqni muhofaza qilish faoliyatini) amalga oshiradilar. 
Ko'pgina  yuridik  adabiyotlarda  davlat  xizmatchisiga  quyidagicha  ta'rif  beriladi: 
davlat xizmatchisi — bu davlat ma'muriyati apparatida bevosita yoki bilvosita ma'lum bir 
haq  evaziga  doimiy  yoki  vaqtincha  xizmat  majburiyatlarini  amalga  oshiruvchi  shaxsdir
1

Bunda  "xizmatchi  tomonidan  xizmat  majburiyatlarining  bajarilishi"  asosiy  tushuncha 
sifatida namoyon bo'ladi. 
Davlat xizmatchisi tushunchasini uch ma'noda ko'rib chiqish mumkin: 
•    birinchidan,  davlat-huquqiy  nuqtayi  nazaridan  davlat  xizmatchisi  —  bu  turli 
xususiyatdagi va ahamiyatdagi vakolatlarga ega bo'lgan davlatning (davlat organlarining) 
"xizmatkori"  hisoblanadi.  Xizmatchilar  davlatni  davlat  ma'muriyatining  ichidagi  turli 
ijtimoiy  munosabatlarda  yoki  tashqi  aloqalarda  davlat  nomidaivharakat  qiladi.  Davlat 


 
52 
xizmatchisi  —  davlat  va  jamiyat  taraqqiyotining  mahsuli  bo'lib,  davlat  funksiyalarini 
amalga oshiradi; 
•    ikkinchidan,  ma'muriy-huquqiy  nuqtayi  nazaridan  davlat  xizmatchisi  -  maxsus 
hokimiyat,  tashkillashtiruvchi-farmoyish  beruvchi  vakolatlarga  ega.  Davlat  xizmatchisi 
yurisdiksiyaviy  (huquqni  muhofaza  qiluvchi)  choralar  va vakolatlarni  amalga  oshirish  va 
ma'muriy-huquqiy sanksiyalarni qo'llash huquqiga ega bo'lgan hokimiyat vakilidir; 
•      uchinchidan,  jinoyat-huquqiy  nuqtayi  nazaridan  davlat  xizmatchisi  —  jinoiy 
javobgarlikning  maxsus  subyekti  hisoblanadi  (davlat  xizmatchisi  -  mansabdor  shaxs  -
mansab jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladilar). 
Har  bir  davlat  xizmatchisi  egallab  turgan  lavozimidan  kelib  chiquvchi  ma'lum  bir 
vazifalarni  bajarishi  kerak. Davlat  lavozimi  -  bu  davlat  xizmatchisining  ish  (xizmat)  joyi 
hisoblanadi. Har bir davlat lavozimi davlat xizmatining asosiy elementlaridan biri bo'lgan 
shtat  birligiga  kiritiladi.  Shtat  jadvali  davlat  organi  (tashkiloti)da  tashkil  etilgan 
lavozimlardan  iboratdir.  Davlat  tashkilotlarida  lavozimlar  davlat  hokimiyati  subyektlari 
tomonidan farmoyish berish tartibida tashkil etiladi. 
X.R.  Alimov  davlat  xizmatchisiga  to'xtalib,  unga  quyidagicha  tushuncha  beradi: 
davlat xizmatchisi - bu davlat-hokimiyat vakolati doirasida ma'lum bir haq evaziga davlat 
oldida  turgan  vazifa  va  funksiyalarni  amalga  oshiruvchi  shaxsdir.  Davlat  xizmatiga 
faqatgina O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kirishi mumkin. 
D.M.Ovsyankoning  fikricha:  davlat  xizmatchisi  —  qonun  bilan  o'rnatilgan  tartibda 
ma'lum  bir  pul  mukofoti  evaziga  davlat  xizmatidagi  davlat  lavozimi  bo'yicha 
majburiyatlarni  amalga  oshiruvchi  fuqaro  hisoblanadi.  Davlat  xizmatchilari  orqali  butun 
jamiyat sohala-riga taalluqli bo'lgan davlat organlarining vakolatlari amalga oshiriladi. 
O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash 
mumkin: 
•  birinchidan,  davlat  xizmatchisi  —  bu  18  yoshga  to'lgan,  davlat  tilini  bilgan, 
ma'lum  bir  bilimga  ega  bo'lgan  O'zbekiston  Respub-likasining  fuqarosidir.  Davlat 
xizmatchisi  davlat-xizmat  munosa-batlarining  bir  tomonini  tashkil  etadi.  Davlat  organi 
hamda  xizmatchi  o'rtasida  mehnat  shartnomasi  tuzilib,  unga  ko'ra  xizmatchi  davlat 
organining  vakolatlarini,  davlat  funksiyalarini  bajaradi,  davlat  qurilishining  ma'lum  bir 
maqsadlariga  erishish  uchun  maxsus  vazifalarni  hal  etadi,  davlat  (davlat  organi)  esa  o'z 
navbatida  xizmatchi  oldida:  uning  huquqlari  va  manfaatlarini  o'rnatadi  va  ta'minlaydi, 
ijtimoiy-huquqiy 
kafolatlar, 
javobgarlik, 
pul 
mablag'i 
bilan 
ta'minlash 
kabi 
majburiyatlarga  ega  bo'ladi.  Davlat  xizmatchisi  ma'muriyatning  vakili,  davlat 
byurokratining  bir  qismi  hisoblanadi.  Davlat  xizmatchilarining  barcha  harakatlari  davlat 
nomidan  va  uning  ko'rsatmasi  asosida  amalga  oshiriladi,  davlat  esa  davlat  xizmatchisi 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va tegishli holatlarda ularga nisbatan majburlov 
choralarini  qo'llaydi.  Davlat  xizmatchisi  faqatgina  davlat  organida  davlat  mansabini 
egallashi mumkin; 
•  ikkinchidan,  davlat  xizmatchisi  faoliyati  davlat  xizmatini  tartibga  soluvchi 
qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelishi kerak; 
•  uchinchidan,  davlat  xizmatchisi  qonunchilik  bilan  o'rnatilgan  tartibda  davlat 
xizmatining  pul  bilan  ta'minlanadigan  davlat  lavozimini  egallaydi.  Qonunchilik  davlat 
xizmatchisi  faoliyatining  mazmunini,  uning  huquqiy  holatini,  faolryatning  maqsadi, 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish