53
cheklovlarni, kafolatlarni belgilab beradi. Davlat lavozimlarini faqatgina davlat
xizmatchilari egallashlari mumkin;
•
to 'rtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka
darajalari beriladi;
•
beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funksiyalarini, davlat organlarining
vakolatlarini bajaradilar,
iqtisodiy, ijtimoiy, ma'muriy-siyosiy sohalarda (davlatning
moliyaviy faoliyati, madaniyatni rivojlantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash,
bojxona, bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki ishlar,
tashqi siyosiy faoliyat va h.k.larda) davlat vazifalarini amalga
oshiradilar;
•
oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqibatlarni keltirib
chiqaruvchi harakatlarni amalga oshiradilar (ma-salan, boshqaruv qarorlarini qabul
qiladilar, jazoga tortadilar).
`Bunday harakatlar yuridik faktlar sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Davlat
xizmatchilarining bunday harakatlari davlat va jamiyat hayotida turli ijtimoiy
munosabatlarni vujudga
keltirishi, o'zgartirishi yoki bekor
qilishi mumkin;
• yettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, qoida bo'yicha ishlab chiqarish
xususiyatiga ega emas. Lekin ularning faoliyati umuman ishlab chiqarish bilan bog'liq
emas, degan xulosaga kel-maslik lozim. Chunki, davlat xizmatchilari ishlab chiqarish
jarayo-niga uni
yo 'naltirish, boshqarish, loyihalarni tayyorlash va boshqa funksiyalar
orqali ta'sir ko'rsatadi.
Davlat xizmatchilari o'z faoliyatlari orqali insonlar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab
chiqarishning texnologik jarayoniga, mehnat jamoalarini tashkil etilishi va faoliyat
yuritishiga ta'sir ko'rsatadilar.
Barcha davlat xizmatchilarini turli asoslarga ko'ra guruhlarga bo'lishimiz, ya'ni
tasniflashimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda,
ya'ni hokimiyatning uchga bo'linishini e'tiborga oladigan bo'lsak, barcha davlat
xizmatchilarni
uch guruhga bo'lishimiz mumkin:
• birinchidan, qonunchilik hokimiyati organlarining xizmatchilari. Bizga ma'lumki
O'zbekiston Respublikasida qonunchilik hokimiyati O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga
binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
0'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi
palata) va
Senatdan (yuqori palata) iborat;
•
ikkinchidan, ijro hokimiyati organlarining xizmatchilari. Davlat va uning
apparatining funksiyalanishi ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ijro
hokimiyati organlari tashkiliy-boshqaruv va ijro-farmoyish berish faoliyatini amalga
oshiradi;
•
uchinchidan, sud hokimiyati organlarining xizmatchilari. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 107-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasining sud tizimi besh
yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O'z-
bekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpo-g'iston Respublikasining
Oliy sudi va xo'jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va
xo'jalik sudlaridan iborat.
54
Davlat xizmatchilarining tasnifi yuridik adabiyotlarda turlicha berilgan. Jumladan,
huquqshunos olim D.M.Ovsyankoning fikricha davlat xizmatchilarini quyidagilarga
bo'lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: