55
organlarining xodimlari, sanitariya nazorati organlarining xodimlari va h.k.lar)
hisoblanadi;
2)
asosiy tarkib - davlat xizmatchilari tasnifming ikkinchi asosiy va muhim
ahamiyatli guruhi bo'lib, mazkur organga yuklatilgan funksiyalarning deyarli barchasini
bajaradi. Asosiy tarkibga kiruvchi davlat xizmatchilari rahbarlar tomonidan amalga
oshiriladigan yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etmaydilar (masalan, ishga olish,
ishdan
bo'shatish, faoliyatni yo'naltirish va h.k. lar). Bu guruh davlat xizmatchilariga —
muhandislarni,
iqtisodchilarni,
agronomlarni,
arxitektorlarni,
shifokorlarni,
o'qituvchilarni, ilmiy xodimlarni va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shuni alohida
ta'kidlab o'tish lozimki, ayrim hollarda rahbarlar tomonidan yuridik ahamiyatli
harakatlarning amalga oshirilishi mutaxassislarga bog'liq bo'ladi. Masalan, rahbar xodimni
mehnatdan vaqtincha bo'shatish to'g'risidagi buyruqni shifokorning ma'lumotnomasisiz
chiqarishi mumkin emas. Davlat xizmatchilari asosiy tarkibining harakatlari, oxir oqibat
davlat organi, korxona, muassasa va tashkilot faoliyatining sifatini ham belgilab beradi.
Asosiy tarkibning ishiga qarab davlat organing faoliyatiga baho beriladi. Shu sababli ham,
davlat organida xizmatchilarning asosiy tarkibini shakllantirishda kadrlarni tanlash va
ularni joy-joyiga qo'yish masalasiga katta e'tibor
beriladi;
3) yordamchi xizmatchilar.
Davlat xizmatchilarining mazkur guruhini davlat organining normal funksiyalanishi
uchun zarur bo'lgan yordamchi funksiyalarni amalga oshiruvchi xizmatchilar tashkil etadi.
Yordamchi xizmatchilar davlat organining normal funksiyalanishi uchun sharoit
yaratib beradi. Yordamchi xizmatchilar tarkibiga — ish yurituvchilar, kuryerlar,
mashinistkalar, laborantlar, ekspeditorlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Yordamchi xizmatchilarning faoliyat doirasiga: xizmat hujjatlarini, statistik
ma'lumotlarni tayyorlash; hujjatlarni yuborish va boshqa yordamchi-texnik harakatlarni
amalga oshirish kiradi.
Yordamchi xizmatchilarning faoliyati yuridik ahamiyatga ega emas.
Masalan,
qo'lda yozilgan xizmat hujjatining mashinistka tomonidan terilishi, tegishli rahbar
tomonidan imzo qo'yilmaguncha yoki muhrlanmaguncha yuridik ahamiyatga ega
bo'lmaydi;
4) ma'muriy hokimiyat vakillari -- davlat xizmatchilarining alohida guruhi
hisoblanadi.
Ma 'muriy hokimiyat vakillari — davlat xizmatchilarining shunday guruhiki,
ular o'z vakolatlari doirasida boshqa shaxslarga, xizmat bo'ysunuvidan qat'iy nazar,
bajarilishi majbur bo'lgan ko'rsatmalarni berishi mumkin. Hokimiyat vakillariga
sudyalarni, prokurorlarni, deputatlarni, Qurolli kuchlar, ichki ishlar organlari, milliy
xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchilamiva boshqalarni
kiritishimiz mumkin.
Hokimiyat vakillari umumiy xususiyatdagi vakolatlarni amalga oshiradilar,
masalan, xizmat yuzasidan ularga bo'ysunmagan shaxslarga majburiy farmoyishlar berish,
ma'muriy ta'sir etish choralarini qo'llash va h.k.lar. Ma'muriy hokimiyat vakillari davlat-
hokimiyat vakolatiga ega bo'lib, konkret davlat organi nomidan va uning ko'rsatmasiga
binoan harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: