Jizzax davlat pеdagogika instituti


O’ zbеkiston Rеspublikasida davlat xizmatini o’tash tartibi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/95
Sana23.06.2021
Hajmi1,31 Mb.
#99497
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
Bog'liq
m am u r i y x u q u q fanidan

 
3.O’ zbеkiston Rеspublikasida davlat xizmatini o’tash tartibi. 
Davlat  xizmati  huquqiy  institutida  —  davlat  xizmatini  o'tash  asosiy  element  bo'lib 
hisoblanadi.  Bu  davlat  -  xizmat  munosabatlarining  vujudga  kelishi  bilan,  ya'ni 


 
56 
xizmatchining 
tegishli 
lavozimni 
egallashi, 
lavozim 
bo'yicha 
harakatlanishi, 
xizmatchilarning  faoliyatini  baholash  va  attestatsiyadan  o'tkazish  hamda  davlat-xizmat 
munosabatlarining tugashi bilan bekor bo'luvchi jarayondir. 
Davlat  xizmatini  o'tash  instituti  -  boshqaruv  apparatiga  xodimlarni  tanlashdan, 
xizmat  bo'yicha  harakatlanishni  amalga  oshirishdan,  davlat  xizmatidan  bo'shatish 
uslublarini o'rnatish va amalga oshirishdan boshlanadi. 
Yuqorida  ko'rsatib  o'tganimizdek,  davlat  xizmatini  o'tash  davlat  xizmati  huquqiy 
institutining  ichki  instituti  bo'lib,  quyidagilarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  normalar 
yig'indisidan iboratdir: 
• davlat lavozimini egallash; 
• turli davlat organlari xodimlarining maxsus professional tayyorgarligi; 
•  o'rindoshlik; 
•  xizmatchilar  tomonidan  o'zlarining  mansab  majburiyatlarini  bajarishi  va 
huquqlarini amalga oshirishi; 
•  malaka darajalari, maxsus unvonlarni berish tartibi; 
• xizmatchilarni rag'batlantirish yoki ularni javobgarlikka tortish; 
•  davlat xizmatchilarining attestatsiyasi; 
• xizmat bo'yicha harakatlanish; 
•  xizmatning sharoitlari; 
•  davlat  xizmatchilarining  ijtimoiy-huquqiy  himoyasi  (kafolatlar,  imtiyozlar, 
kompensatsiyalar); 
•    davlat  xizmatining  tugashi  asoslari  va  uslublari.  D.M.Ovsyankoning  fikricha, 
davlat  xizmatini  o'tash  ikki  turdagi  huquqiy  aktlar  bilan  tartibga  solinadi.  Bu  huquqiy 
aktlar bir-biridan yuridik oqibatlarni vujudga keltirishi bilan farqlanadi. 
Birinchi  huquqiy  akt  -  bu  normativ  huquqiy  aktlar  bo'lib,  ular  orqali  barcha 
fuqarolar  tomonidan  o'taladigan  davlat  xizmatining  umumiy  tartibi  o'rnatiladi.  Normativ 
aktlar  orqali  davlat  xizmatiga  qabul  qilish  tartibi,  sinov  muddatini  o'tash,  attestatsiya 
o'tkazish tartibi, davlat xizmati sharoitlarining xususiyatlari, mansablarni egallash, malaka 
darajalarni, ilmiy unvonlarni berish va boshqa masalalar belgilab beriladi. 
Ikkinchi  huquqiy  akt  -  bu  individual  (yakka  tartibdagi  yoki  ma'muriy)  aktlar. 
Individual  aktlar  aniq  bir  fuqaro  uchun  davlat  xizmat  huquqiy  munosabatlarini  vujudga 
keltirishda, o'zgartirishda va bekor qilishda yuridik fakt sifatida xizmat qiladi. 
Davlat  xizmatini  o'tash  davlat  xizmati  institutining  asosiy  element  bo'lib,  unda 
davlat  xizmatchilarining  huquqiy  maqomi  amalga  oshiriladi.  Davlat  xizmatini  o'tash  — 
siyosiy  va  ma'muriy  davlat  lavozimlarini  to'ldirish  faoliyati  bo'lib,  davlat  ma'muriyatida 
mansablarning  davlat  xizmatchilari  o'rtasida  ketma-ketlikda  almashinuvini, davlat-xizmat 
huquqiy  munosabatlari  o'zgarishini  o'z  ichiga  oladi.  Har  bir  davlat  xizmatchisi  yakka 
tartibdagi  lavozim  (xizmat)  yo'nalishiga  egadir.  Shuning  uchun  ham  amalda  davlat 
xizmatini o'tash ham individualdir. 
O'zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi  bilan  davlat  xizmatiga  qabul  qilishning, 
sinov  muddatini  o'tashning  tartibi,  davlat  xizmati  sharoitlarining  o'ziga  xos  xususiyatlari, 
xizmatchilarni  attestatsiyadan o'tkazish tartibi, davlat lavozimlarini  egallash  va boshqalar 
belgilab berilgandir. 
Amaldagi  qonunchilikka  binoan  davlat  xizmatiga  kirish  huquqiga,  qoida  bo'yicha, 
davlat  tilini  biladigan,  professional  ta'lirriga  ega  bo'lgan,  davlat  xizmatiga  qo'yilgan 
talablarga javob bera oladigan O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari 


 
57 
egadir.  Davlat  xizmatiga  ishga  kirishda,  shuningdek,  uni  o'tash  jarayonida  ma'lum  bir, 
masalan,  millati,  tili,  jinsi,  kelib  chiqishi,  mulkiy  ahvoli,  e'tiqodi  va  boshqa  belgilarga 
qarab cheklovlarning qo'yilishi mumkin emas. 
Davlat  xizmatini  o  'tashning  asosiy  belgisi  —  bu  davlat  lavozimini  egallashdir. 
Davlat  lavozimini  egallash  fuqaroning  mansab  huquqlari,  majburiyatlari,  cheklovlar  va 
huquqiy  javobgarlikning  subyektiga  aylanganidan  dalolat  beradi.  Davlat  lavozimlarini 
egallashda  qonunchilikda  o'rnatilgan  hollarda  ba'zi  bir  cheklovlar  o'rnatilishi  mumkin. 
Jumladan,  fuqarolar  quyidagi  hollarda  davlat  xizmatida  bo'lishi  yoki  davlat  lavozimini 
egallashi mumkin emas: 
•    birinchidan,  fuqaro  sud  hukmi  bilan  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomala 
layoqati cheklangan deb topilgan bo'lsa; 
•  ikkinchidan,  sud  tomonidan  fuqaroning  belgilangan  muddatda  davlat  lavozimini 
egallashi taqiqlangan bo'lsa; 
•    uchinchidan,  tibbiy  muassasaning  xulosasiga  ko'ra,  davlat  majburiyatlarini 
bajarishga noloyiq bo'lsa; 
•  to 'rtinchidan, o'zaro yaqin qarindoshlarning bo'ysunuv asosida davlat xizmatini 
bitta davlat organida o'tashi va boshqa holatlar. 
Jumladan,  O'zbekiston  Respublikasining  1995-yil  21-dekabr  qonuni  bilan 
tasdiqlangan  Mehnat  kodeksining  79-moddasiga  binoan  o'zaro  yaqin  qarindosh  yoki 
quda-anda  bo'lgan  shaxslarning  (ota-onalar,  aka-ukalar,  opa-singillar,  o'g'il  va  qizlar,  er-
xotinlar,  shuningdek,  er-xotinlarning  ota-onalari,  aka-ukalari,  opa-singillari  va  bolalari), 
basharti  ulardan  biri  ikkinchisiga  bevosita  bo'ysunuv  yoki  uning  nazorati  ostida  xizmat 
qiladigan  bo'lsa,  bir  davlat  korxonasida  birga  xizmat  qilishlari  taqiqlanadi.  Bu  qoidadan 
istisnolar O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi mumkin. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish