Jizzax davlat pеdagogika instituti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/95
Sana23.06.2021
Hajmi1,31 Mb.
#99497
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Bog'liq
m am u r i y x u q u q fanidan

vazifasi 
va  asosiy 
yo'nalishlarini, 
huquqlarni, 
majburiyatlarni, 
javobgarlikni, 


 
53 
cheklovlarni,  kafolatlarni  belgilab  beradi.  Davlat  lavozimlarini  faqatgina  davlat 
xizmatchilari egallashlari mumkin; 
•  to  'rtinchidan,  davlat  xizmatchisiga  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  malaka 
darajalari beriladi; 
•    beshinchidan,  davlat  xizmatchisi  davlat  funksiyalarini,  davlat  organlarining 
vakolatlarini  bajaradilar,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ma'muriy-siyosiy  sohalarda  (davlatning 
moliyaviy  faoliyati,  madaniyatni  rivojlantirish,  jamoat  tartibi  va  xavfsizligini  ta'minlash, 
bojxona,  bank  ishi,  soliqqa  tortish,  huquqbuzarliklarga  qarshi  kurashish,  ichki  ishlar, 
tashqi siyosiy faoliyat va h.k.larda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar; 
•  oltinchidan,  davlat  xizmatchisi  aksariyat  hollarda  yuridik  oqibatlarni  keltirib 
chiqaruvchi  harakatlarni  amalga  oshiradilar  (ma-salan,  boshqaruv  qarorlarini  qabul 
qiladilar, jazoga tortadilar). 
`Bunday  harakatlar  yuridik  faktlar  sifatida  namoyon  bo'lishi  mumkin.  Davlat 
xizmatchilarining  bunday  harakatlari  davlat  va  jamiyat  hayotida  turli  ijtimoiy 
munosabatlarni vujudga keltirishi, o'zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin; 
•  yettinchidan,  davlat  xizmatchilarining  faoliyati,  qoida  bo'yicha  ishlab  chiqarish 
xususiyatiga  ega  emas.  Lekin  ularning  faoliyati  umuman  ishlab  chiqarish  bilan  bog'liq 
emas,  degan  xulosaga  kel-maslik  lozim.  Chunki,  davlat  xizmatchilari  ishlab  chiqarish 
jarayo-niga  uni  yo  'naltirish,  boshqarish,  loyihalarni  tayyorlash  va  boshqa  funksiyalar 
orqali ta'sir ko'rsatadi. 
Davlat xizmatchilari o'z faoliyatlari orqali insonlar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab 
chiqarishning  texnologik  jarayoniga,  mehnat  jamoalarini  tashkil  etilishi  va  faoliyat 
yuritishiga ta'sir ko'rsatadilar. 
Barcha  davlat  xizmatchilarini  turli  asoslarga  ko'ra  guruhlarga  bo'lishimiz,  ya'ni 
tasniflashimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, 
ya'ni  hokimiyatning  uchga  bo'linishini  e'tiborga  oladigan  bo'lsak,  barcha  davlat 
xizmatchilarni uch guruhga bo'lishimiz mumkin: 
•  birinchidan, qonunchilik hokimiyati organlarining xizmatchilari. Bizga ma'lumki 
O'zbekiston Respublikasida qonunchilik hokimiyati O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga 
binoan  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  oliy  davlat  vakillik  organi  bo'lib,  qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
0'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  ikki  palatadan  —  Qonunchilik  palatasi  (quyi 
palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat; 
•  ikkinchidan,  ijro  hokimiyati  organlarining  xizmatchilari.  Davlat  va  uning 
apparatining  funksiyalanishi  ijro  hokimiyati  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ijro 
hokimiyati  organlari  tashkiliy-boshqaruv  va  ijro-farmoyish  berish  faoliyatini  amalga 
oshiradi; 
• uchinchidan, sud hokimiyati organlarining xizmatchilari. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining  107-moddasiga  binoan  O'zbekiston  Respublikasining  sud  tizimi  besh 
yil  muddatga  saylanadigan  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi,  O'z-
bekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpo-g'iston Respublikasining 
Oliy  sudi  va  xo'jalik  sudidan,  viloyat  sudlari,  Toshkent  shahar  sudi,  tuman,  shahar  va 
xo'jalik sudlaridan iborat. 


 
54 
Davlat  xizmatchilarining  tasnifi  yuridik  adabiyotlarda  turlicha  berilgan.  Jumladan, 
huquqshunos  olim  D.M.Ovsyankoning  fikricha  davlat  xizmatchilarini  quyidagilarga 
bo'lish mumkin: 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish