Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi



Download 143,74 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2022
Hajmi143,74 Kb.
#631092
1   2   3   4
Bog'liq
12-Amaliy mashg'ulot(1)

1. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi hududiga veterinariya jihatdan yuqori xavfga ega bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirilishi ma’lum bo‘lganda, yangi savdo yo‘nalishlari ochilganda va xorijiy mamlakatlarning ma’lum bir hududlaridan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kelishda hayvonlarning o‘ta xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchilari kirib kelishi xavfi mavjud bo‘lganda, yohud nosog‘lom epizootik hududda ishlab chiqarilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar olib kirilishi rejalashtirilgandagina ushbu tovarlar epizootik holatini o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zarurati vujudga keladi. 
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar – hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, veterinariya texnika vositalari;
epizootiya – tegishli hududda hayvonlarning o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari tarqalishi;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari – paydo bo‘lishiga hayvonlarga kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ta’siri sabab bo‘ladigan, tarqalishi hamda boshqa hayvonlarga va odamga o‘tishi ehtimoli mavjud bo‘lgan kasalliklar;
kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot – go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, tuxum va tuxum mahsulotlari, shuningdek asalarichilik mahsulotlari;
kelib chiqishi hayvonotga mansub xom ashyo – hayvonlardan olinadigan, qayta ishlashga mo‘ljallangan mahsulotlar;
yuqori veterinariya xavf – barcha turdagi tirik hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub xom ashyo;
o‘rta veterinariya xavf – iste’mol yoki qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qayta ishlangan kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot;
ishlab chiqarilgan hudud (xorijiy davlat, shtat, provinsiya va x.k.) – davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan xorijiy davlat hududi;
mutaxassis – O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi matnlarda – Qo‘mita) va uning bo‘ysunuvidagi davlat veterinariya inspektorlari yoki Qo‘mita tomonidan jalb etilgan tegishli soha ekspertlari;
murojaatchi – davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar etishtiriladigan va ishlab chiqariladigan xorijiy mamlakatda veterinariya jihatdan audit o‘tkazish yoki veterinariya inspeksion nazoratdan o‘tkazish maqsadida mutaxassis yuborishni so‘rab Qo‘mitaga murojaat qilgan shaxs;

Download 143,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish