Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi



Download 143,74 Kb.
bet3/4
Sana03.06.2022
Hajmi143,74 Kb.
#631092
1   2   3   4
Bog'liq
12-Amaliy mashg'ulot(1)

veterinariya auditi – xorijiy mamlakatdagi davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organning faoliyatini o‘rganish;
veterinariya inspeksiya tekshiruvi – xorijiy mamlakatdagi davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini o‘rganish.
3.Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kelishda murojaatchi xorijiy mamlakatlardan nazorat ostidagi tovarlarni xarid qilish va import qilish chog‘ida, zarur bo‘lgan taqdirda, bu mamlakatlardagi nazorat ostidagi tovarlarning veterinariya xavflilik darajasi yuqori yoki o‘rta bo‘lgan nazorat ostidagi tovarlarni o‘rganish uchun mutaxassislarni jalb etish hamda yuborishni nazarda tutadi.
4. Xorijiy mamlakatlarda davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni etishtirish, ishlab chiqarish joyidagi veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.


2-bob. Xorijiy mamlakatdagi mahsulotning veterinariya, veterinariya-sanitariya holatini joyida o‘rganish maqsadida mutaxassislarni yuborishga doir talablar va qoidalar
5. Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish rejalashtirilganda mutaxassislarni yuborish orqali ular yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan xorijiy mamlakat hududida veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish majburiy hisoblanadi:
a) yuqori veterinariya xavfga ega bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishda:
barcha turdagi tirik hayvonlar (yovvoiy hayvonlar, sirk va zoopark hayvonlari, laboratoriya hayvonlari va nomahsuldor hayvonlar bundan mustasno);
termik ishlovdan o‘tmagan kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo.
b) o‘rta veterinariya xavfga ega bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishda:
olib kirish rejalashtirilgan mamlakatda epizootiya tarqalganligi haqida ma’lumotlar mazkur davlat veterinariya xizmati tomonidan ma’lum qilinganda yoki veterinariya sohasidagi xalqaro tashkilot (Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti) rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinganda;
xavfni baholash natijasida davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya xavf darajasi yuqori deb belgilanganda.
6. Laboratoriya sharoitida “in vitro” usulida tayyorlangan hayvon embrioni hamda transplantatsiya uchun mo‘ljallangan naslli materiallar, hayvonlar kasalligiga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish uchun mikroorganizm vaksina shtammlarini olib kelish uchun mutaxassis yuborish masalasi murojaatchining so‘roviga asosan alohida tartibda Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.
7. Murojaatchi Qo‘mitaga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar etishtiriladigan va ishlab chiqariladigan xorijiy mamlakatda veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish yuzasidan ushbu Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ariza topshiradi.
Arizaga ilova tariqasida shartnoma nusxalari (agar mavjud bo‘lsa) va davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish rejasi (agar mavjud bo‘lsa) ilova qilinadi.
Xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organi joyida veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish yuzasidan murojaat (taklif) qilgan taqdirda, uning murojaati aniq belgilangan shaklda bo‘lishi talab etilmaydi.
Taqdim qilingan hujjat nusxalarining har bir beti yoki hujjatlarning nusxalari tikilgan holda faqat birinchi varag‘i murojaatchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
8. Murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 7 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqilib, natijasi yuzasidan arizachi xabardor qilinadi.
Qo‘mita arizani ko‘rib chiqish jarayonida xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘ra bolishga haqli.
9. Murojaatchining arizasi va xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati vakolatli organi murojaatini rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar qayd etilgani yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlangan hollarda;
Olibkelinishi rejalashtirilayotgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun cheklov (ta’qiq) o‘rnatilganda;
eksportyordavlathududidahayvonlarningo‘taxavfliyuqumlikasalliklari, kelibchiqishsabablarinoma’lumbo‘lganhayvonlarningyalpikasalliklarivahayvonlarningilgariqaydetilmaganyuqumlikasalliklaripaydobo‘lganda.
10. Arizani yoki murojaatni ko‘rib chiqish natijasida ijobiy qaror qabul qilingan holda Qo‘mita arizachini yoki xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organini xabardor qiladi va ular bilan veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish muddatini kelishadi.
11. Murojaatchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2015 yil 19 oktyabrda 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 19 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2730) Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq shartnoma asosida Qo‘mitaning maxsus hisob raqamiga tegishli mablag‘ni o‘tkazadi.
Agarda xorijiy mamlakatda veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi amalga oshirilib, natijasi bo‘yicha Qo‘mita tomonidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni taqiqlash qarori qabul qilinsa, mazkur mablag‘ arizachiga yoki xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmatiga qaytarilmaydi.
12. Xorijiy mamlakatning davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish hududida epizootik holatni o‘rganish jarayonida quyidagi veterinariya tadbirlari amalga oshiriladi:
Eksportyor mamlakatning davlat veterinariya xizmatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, strukturaviy tuzilmasi, shtatlari, boshqaruv tizimi va vakolatlari, hayvonlar bosh soni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ularni iste’molga yaroqliligi bo‘yicha xulosalar berish jarayonini audit qilish;
Xorijiy mamlakat hududida davlat veterinariya nazorati osti dagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish joylarida monitoring o‘tkazish va tekshirish;
Butun jahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining Halqaro veterinariya Kodeksi talablariga va standartlariga muvofiq tekshiruv va tahlillarni o‘tkazish;
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimini O‘zbekiston Respublikasining veterinariya talablariga muvofiqligi;
Hayvonlarni karantinga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar (kasalliklar profilaktikasi, davolash va diagnostika) va ularning samaradorligi;
Davlat veterinariya xizmatining nazorat ostidagi ob’ektlarda olib boriladigan nazorat ishlari va nazorat tariqasida o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijalari va ularning rasmiylashtirilgan hisobotlari;
Zarur hollarda veterinariya sertifikatlashtirish tizimini o‘rganish uchun davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlardan namunalarni tanlabolish.
13. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarilgan joylarida nazorat o‘tkazilganda nazorat ostidagi tovarning veterinariya talablariga muvofiqligi epizootik va serologik monitoring, nazoratostidagi tovarlardan olingan namunalar va ularning laboratoriya tahlillari natijalari asosida o‘rnatiladi.
14. Qo‘mita xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati bo‘yicha vakolatli organi bilan kelishgan holda va hamkorlikda nazorat ostidagi tovarlarni yetishtirish, ishlab chiqarish va saqlash joylarida veterinariya tadbirlari qo‘llanilishi, ishlab chiqarilgan joylarning epizootik holatini aniqlash nazorati o‘tkaziladi.
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning holatini veterinariya talablariga muvofiqligini aniqlash uchun tanlab olingan namunalarni laboratoriya tahlillaridan Qo‘mita tomonidan yoki uning so‘roviga binoan o‘rnatilgan tartibda milliy ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarda amalga oshiriladi.
15. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan hududning va (yoki) ishlab chiqariladigan ob’ektlarning (shu jumladan qayta ishlanadigan) va (yoki) saqlanadigan joylarda epizootik holat o‘rganilib, Qo‘mita quyidagi qarorlardan birini qabulqiladi:
Veterinariya auditi vaveterinariya inspeksiya tekshiruv, epizootik monitoring, laboratoriya tahlillari natijasida muvofiq davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni taqiqlaydi;
Veterinariya auditi vaveterinariya inspeksiyatekshiruv, epizootik monitoring, laboratoriya tahlillari natijasida muvofiq davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga belgilan gantartibda ruxsat beradi.
16. Epizootik holat o‘rganilgan xorij mamlakatidan olib kelinayotgan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar, chegara veterinariya nazorat punktlarida davlat veterinariya inspektorlari tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
17. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror vakolatli davlat organlariga, ma’lumot uchun Davlat bojxona qo‘mitasiga va arizachiga yuboriladi, shuningdek, mazkur ma’lumotlar Qo‘mitaning rasmiy vebsaytiga 3 kun ichida joylashtiriladi.
18. Xorijiy mamlakatning vakolatli organi bilan veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruv, epizootik monitoring, laboratoriya tahlillar natijasi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariyato‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish uchun ruxsat beruvchi yoki rad etuvchi qaror Qo‘mita tomonidan qabul qilinadi.
19. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetirish va ishlab chiqarish joylarida tekshiruv yakunlariga ko‘ra, Qo‘mita tomonidan nazorat ostidagi tovarlarning epizootik holati va (yoki) ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan, qaytaishlangan) hudud va yoki nazorat ostidagi tovar yuklanish joylarining epizootik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, xorijiy mamlakatning veterinariya nazorat o‘tkazish tizimining nazorat ostidagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining veterinariya talablariga muvofiqligini ta’minlaydigan darajada veterinariya tadbirlar belgilangan hisobot tayyorlanadi.
Butun jahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilishtash kilotining http://www.XEB. int/en/animal-health-in-the-world/ wahis-portal-animal-health-data/ rasmiy veb-sayti ma’lumotlari yoki eksportyor mamlakatning markaziy davlat veterinariya xizmatining kafolat xatiga muvofiq davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish mumkin bo‘lgan “xorijiy mamlakat korxonalari ro‘yxati” shakllantirilishi mumkin.
20. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar ishlab chiqarish joylarida o‘tkazilgan nazorat yakunlariga ko‘ra, ijobiy xulosa berilgan xorij mamlakatlarning nazorat ostidagi tovarlar yetishtirilgan hududlari va ob’ektlari (go‘sht kombinati, sut zavodlari, xomashyo qayta ishlovchi korxonalar va chorvachilik ob’ektlari nomi) bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasiga veterinariya xavfi yuqori bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish mumkin bo‘lgan “xorijiy mamlakat korxonalari ro‘yxati” shakllantirilib, Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi va xulosa qabul qilingan kundan boshlab bir kunlik muddatda Qo‘mitaning www.vetgov.uz rasmiyveb-saytida joylashtiriladi.
21. Xorijiy mamlakatlardan keltirilib, O‘zbekiston Respublikasi hududiga veterinariya xavf darajasi yuqori bo‘lgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning turidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlarva Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikniri vojlantirish boshqarmalari, tuman (shahar) ning Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari davlat veterinariya inspektorlari tomonidan davlat veterinariya nazorati monitoringi amalga oshiriladi.
22. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy mamlakatlardan keltirilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida, tirik hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni tizimli ravishda kuzatib borishni, kasallikka gumon qilingan va aniqlangan taqdirda esa, bu haqda davlatveterinariya xizmatiga darhol 1 kun ichida xabardor qilishi, shuningdek, aniqlangan kasalliklarni tarqalishi oldini olish va karantin (cheklov) tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi shart.
23.Yuqori va o‘rta veterinariya xavfga ega davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar bilan hayvonlarning kasallik qo‘zg‘atuvchilari kirib kelishi xavfi yuqori hisoblanadi hamda mazkur tovarlarga nisbatan veterinariya xavf tahlili (tarqalish yo‘llari bilan bog‘liq xavfni baholash) asosida tegishli veterinariya tadbirlari qo‘llanishi zarur.
Veterinariya xavf tahlili natijasida belgilangan veterinariya tadbirlari, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlardan foydalanish maqsadlariga (boqish, saqlash, iste’mol, qaytaishlash) va ular ishlab chiqarilgan hududlariga ko‘ra farqlanadi.
24. O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari, talablari shuningdek nazorat ostidagi tovarlardan namunalar olish tartibi, eksportyor mamlakatning davlat veterinariya xizmatini audit o‘tkazishga doir va nazorat ostidagi tovarlarni yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi ob’ektlarni veterinariya inspeksiya tekshiruviga nisbatan talablar va savolnomalar hamda korrupsiyaga qarshi dasturlar Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
25. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga mos kelishi va epizootik holatini o‘rganish maqsadida xorijiy mamlakatga veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekshiruvi o‘tkazish uchun mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga yuborish uchun qaror Butunja honhayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga asoslangan holda xorijiy mamlakatning (xududning) epizootik holatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan qabul qilinadi.



Download 143,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish