P h aydarova


-mashg‘ulot. SUVDA HAM QURUQLIKDA



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/172
Sana31.05.2022
Hajmi5,69 Mb.
#622743
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   172
Bog'liq
Dadayev,S To\'ychiyev S Umurtqalar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari

9-mashg‘ulot. SUVDA HAM QURUQLIKDA
YASHOVCHILARNING TASHQI VA ICHKI
TUZILISHI
Ob’ektning sistematik holati
Tip. 
Xordalilar — Chordata
Kenja tip. 
Umurtqalilar - Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar 
- Craniata
Katta sinf. 
T o ‘rt oyoqlilar
— 
Tetrapoda
Sinf. 
Suvda ham quruqlikda yashovchilar
— 
Am phibia
Turkum. 
D um sizlar
-
Ecaudata yo k i Anura
Vakil. 
K o ‘l baqasi
— 
Rana ridibuda Pall.
Kerakli materiallar va jihozlar: 
suvli shisha idishda 
tirik baqa, spirt yoki formalinda fiksirlangan baqaning tashqi 
ko‘rinishi va ichki tuzilishi, yangi o ‘ldirilgan baqa; vannacha- 
lar, pinset, skalpel, qaychi, doka ro'molcha, preparoval ninalar, 
qo‘l lupasi, to ‘g‘nog‘ich ninalar, efir, xloroform, paxta; baqa 
va boshqa amfibiya turlarining tashqi ko‘rinishi, ichki tuzili­
shi, bosh miyasi, qon aylanish sistemasi sxemasi va jinsiy or­
ganlari aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mashg‘ulotning maqsadi: 
ko‘l baqasi misolida suvda ham 
quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tu­
zilishini o ‘rganish.
Ishning mazmuni: 
ko‘l baqasi - suvda ham quruqlikda 
yashovchilarning tipik vakili hisoblanadi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar ichida dastlabki quru- 
qlikka chiqqan, eng sodda, sovuqqonli umurtqali hayvonlar 
sinfiga kiradi. Ularning hayoti suv muhiti bilan ham chambar- 
chas bog‘liq.
Ko‘pchilik amfibiyalarning hayoti suvda va quruqlikda kecha- 
di. Bular uchun xarakterli xususiyat aksariyatining lichinka- 
lari suvda rivojlanishidir.
75


Amfibiyalarning rivojlanishi metamorfozli. Ular tuxumlarini 
suvga tashlaydi, tuxumlari suvda urugianadi va rivojlanishi 
ham suvda kechadi.
Baqalarning lichinkasi jabra bilan nafas olsa, voyaga yet- 
ganda o ‘pka va teri bilan nafas oladi. Shunga muvofiq qon 
aylanish sistemasida ham o ‘zgarish b o ‘ladi; lichinkasi — it- 
baliqning yuragi ikki kamerali b o ‘lsa, voyaga yetganlarida 
yuragi uch kamerali, qon aylanish doirasi ikkita bo'ladi. Sezgi 
organlari, ovqat hazm qilish sistemasi murakkablashadi. Besh 
barmoqli oyoqlari paydo bo‘ladi.
Lekin shunga qaramasdan, suvda ham quruqlikda yashovchi­
lar yerda yashashga va oziqlanishga yaxshi moslashmagan. Bu 
holat ayniqsa o ‘pkasi yaxshi rivojlanmaganidan nafas olishida 
teri ham m uhim rol o ‘ynashida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tirik baqani kengroq idishga solib harakatlanishini kuza- 
ting. Idishga yomg‘ir chuvalchanglarini qo‘yib yuboring va baqa 
uni qanday topishi, tili bilan yopishtirib ohb, yutib yuborishini 
kuzating. Baqa oldiga mayda go‘sht bo‘lagi yoki o ‘ldirilgan 
birorta o ‘ljani qo‘ying. G o ‘sht bo‘lagini ingichkaroq sim yorda- 
mida qimirlatib ko‘rib, nima sodir bo'lishini kuzating va izoh- 
lang. Suv solingan tog‘oraga qo‘yib yuborilgan baqa suzayot- 
ganda orqa oyoqlarining harakatini kuzating.

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish