Ozuqa vitaminlari va antibiotiklar ishlab chiqarish. Reja



Download 251,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana30.06.2022
Hajmi251,45 Kb.
#718912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hujayra va Gen injeneriyasi

Antibiotiklar 
Antibiotiklar-mikroorganizmlar sintez qiluvchi, eng ko’p miqdorda ishlab 
chiqariladigan farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi birlari qishloq 
xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamitsin, 
kosgakitsin va h.k) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, tetrasiklin, 
sefalosporin C va h.k) keng qo’llaniladi. Atigi 6 avlodga mansub bo’lgan 
zamburug’larning 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi ma’lum.
Ko’pgina antibiotiklarni aktinomisetlar sintez qiladilar. Birgina Streptomyces 
grisusning 50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar 
sintez qiladigan antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. 
Eng avvalo bular penisillinlar va sefalosporinlardir.
Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug’lar Penicillium va Cephalosporum 
avlodiga mansub. Streptomitsin, gentamitsin, tetrasiklin kabi antibiotiklar 
Streptomyces avlodiga mansub aktinomisetlar hamda Micromonospora va Bacillus 
avlodlariga mansub bakteriyalar tomonidan sintez qilinadi. Gen muxandisligi 
,,davri’’ gacha antibiotic sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlari asosan 
mutagenez va seleksiya yo’llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda 
fermentatsiya sharoitlarini tanlash oqibatida, sanoat sharoitida penicillin ishlab 
chiqaradigan shtammning hosildorligi 1 l ozuqa muhitida 40 g gacha ko’tarildi. Bu 


ko’rsatkich, penicillin produtsenti deb tanlangan: dastlabki Penicillium 
chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko’proqdir. Shuningdek, 
modifikatsiya qilingan antibiotiklarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan 
mutagenez usuli ham yaratildi. Bu usul antibiotiklar sintezining ma’lum qismida 
o’zgarish kititilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan.
Funksional faol bo’lgan antibiotik sintez qiluvchi ozuqa muhitiga o’zgartirilgan 
qism analoglari qo’shiladi va oqibatda o’zida osha qo’shilgan moddani saqlagan 
antibiotikning o’zgargan hosilalari hosil bo’ladi. Bu usul, ayniqsa, pathogen 
bakteriyalarning antibiotiklarga moslashib borayotgan jarayonlarida juda qo’l 
keladi.
Ma’lum bir qismi o’zgargan, ammo funksional faolligi saqlanib qolgan 
antibiotiklarga kasal chaqiruvchi bakteriyalarni moslashishi qiyinlashib boradi. 
Hozirgi paytda ampisillin, sefoleksin, metisillin kabi yarim sintetik antibiotiklardan 
keng foydalanilmoqda.

Download 251,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish