Ozuqa vitaminlari va antibiotiklar ishlab chiqarish
.
Reja:
1.Vitaminlar haqida tushuncha.
2.Antibiotiklar haqida tushuncha
3. Antibiotiklarni sintezlovchi produtsent mikroorganizmlar
Vitaminlar-har xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan, biologik faol moddalar bo’lib,
ular tirik organizmning hayot faoliyatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydilar.
Vitaminlarning biologik faolligi shu bilan belgilanadiki, ularning ba’zilari faol
guruhlar (kofermentlar) sifatida fermentlarning katalitik markazi tarkibiga kiradi. Bu
moddalar yetishmasligi oqibatida fermentlar faolligi pasayadi, natijada belgilangan
fermentlar ishtirokida kechadigan biokimyoviy jarayonlar pasayadi yoki butunlay
yo’qoladi.
Ma’lumki, inson va hayvon organizmlari vitaminlar sintez qilish qobiliyatiga ega
emas, lekin o’simliklar qulay sharoitda o’zining vitaminga bo’lgan ehtiyojini to’liq
qoplash xususiyatiga ega (vitamin B12 dan tashqari). Mikroorganizmlar ham zarur
bo’lgan vitaminlarning ko’pchiligini o’zlari sintez qilish qobiliyatiga egadirlar.
Shulardan ko’rinib turibdiki, o’simlik va mikroorganizmlarning ishlab chiqargan
mahsulotlari inson va hayvonlar uchun vitaminlar manbai hisoblanadi.
Mikrobiologiya sanoatida ikki xil ozuqa vitamin preparatlari ishlab chiqariladi.
Tarkibida B2 vitamini bo’lgan-riboflavin ozuqasi va tarkibida B12 vitamini bo’lgan
KMB-12 preparati.
Vitaminlar organik birikmalar bo’lib, ularning ahamiyati tirik organizmlar hayot
kechirishlari uchun beqiyosdir.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlarning miqdori juda kam bo’lganligi
(100 gramm ozuqa mahsulotlari tarkibida bor-yo’g’I 10-100 mg uchraydi, xolos.)
hamda ularning tez parchalanib ketishlarini e’tiborga olib, ularga vaqti-vaqti bilan
vitaminlar qo’shib turish tavsiya etiladi. Shuning uchun ham vitaminlarni sanoat
sharoitida ishlab chiqarish allaqachonlar yo’lga qo’yilgan.
Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, vitaminlar ishlab chiqarishning an’anaviy
usullari katta hajmdagi mahsulotlarni qayta ishlashga yoki kimyoviy yo’llarga
asoslangan bo’lib, iqtisodiy kam rentabellik soha hisoblanadi. O’tgan asrning 4-
choragidan boshlab, vitaminlar ishlab chiqarishni rentable sohasiga, ya’ni
mikrobiologik sintez yo’li orqali tayyorlashga e’tibor bilan qaralmoqda.
Genetik monipulyatsiya (metabolizmni boshqarishga ta’sir etish orqali) yordamida
o’sishi uchun zarur bo’lgan miqdoridan 10000 va undan ham ko’proq miqdorda
vitaminlar hosil qilish imkoniyatiga ega bo’lgan mikroorganizmlar shtammlari
yaratildi. Riboflavin sintez qiluvchi Ashbri gossypii, B12 vitamini sintez qiluvchi
Propionobacterium shermanii M-82 shtammlari shular jumlasidandir.
Yaponiyada kuchli antioksidantlar sifatida ishlatilib kelinayotgan, askorbin
kislotasining (C vitamin) hosilasi-askorbil-2-fosfat ishlab chiqarishning
mikrobiologik texnologiyasi yaratildi. Ma’lumki, B2 va B12 vitaminlari faqatgina