Ekin turlari
|
Ozuqa birligi
|
Oqsil, gr
|
Kalsiy, gr
|
Fosfor, gr
|
Karotin, mlg
|
Ko’kat
|
Beda
|
0,21
|
29
|
3,8
|
0,8
|
50
|
Qizil sebarga
|
0,21
|
27
|
3,8
|
0,7
|
40
|
Bargak
|
0,18
|
28
|
2,4
|
0,6
|
65
|
Oqso’xta
|
0,23
|
15
|
1,2
|
0,8
|
40
|
Qo’ng’irbosh
|
0,23
|
24
|
2,9
|
1,7
|
36
|
Pichan
|
Beda
|
0,68
|
127
|
21,3
|
1,9
|
40
|
Qizil sebarga
|
0,52
|
79
|
9,3
|
2,2
|
25
|
Bargak
|
0,54
|
108
|
11,0
|
2,5
|
25
|
Oqso’xta
|
0,41
|
39
|
4,7
|
2,2
|
15
|
Qo’ng’irbosh
|
0,52
|
48
|
2,9
|
2,0
|
20
|
Bu jadvalda ko'kat bilan pichanning to‘yimliligi va ular orasidagi farq yaqqol ko‘rinadi.
Donli ozuqa (yem) bu-yuqori to'yimli quruq ozuqadir. Yem sifatida donli va don-dukkakli ekinlaming doni ishlatiladi. Don to‘yimliligi bilan yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Asosiy xashaki don ekinlari bu - suli, arpa, xashaki bug‘doy, javdar, tritikale, jo‘xori, makkajo'xori, no‘xat, soya, burshoq. Donning tarkibida oqsil, karbon suvlari, vitamlinlar mavjud.
Shirali ozuqalar bu - ildizmevalar, tuganakmevalar, xashaki poliz ekinlar mevasi. Bu ozuqalar sersuvli, karbon suvlariga boy, oson hazm bo'ladi. Sut chiqishini ko‘paytiradi.
Konservalashtirilgan ozuqalar bu - silos, senaj. Bu ozuqalar germetik usulda tayyorlanadi. Senaj yem-xashak o‘tlardan tayyorlanadi, silos esa siloslanadigan ekinlardan tayyorlanadi.
Bu ozuqalar hayvonlami ko‘kat bilan ta’minlash qiyin bo‘lgan qish davrida ko‘proq qo‘llaniladi, chunki to‘yimliligi bo‘yicha tabiiy o‘tlarga yaqinroq bo'ladi.
Bu ozuqalardan tashqari buta va daraxtlaming bir yillik novdalari, to‘kilgan barglar, asosiy hosil yig'ilgandan keyin qolgan barg va poyalar ham ozuqa sifatida qo'llanadi.
Vitaminli va mineral ozuqalar. Oziq-ovqat sanoati chorvacvilik uchun A, B1, C, B2 D, E va boshqa vitaminli preparatlami ishlab chiqarmoqda.
Asosiy ozuqa unsurlari bilan bir qatorda mineral tuzlar ham muhim rol o'ynaydi. Mineral ozuqalar - osh tuzi, bo‘r, suyak uni va bir qator mikrounsurlardir.
Bu oziqlar asosiy oziqlarga qo‘shiladi. Miqdori va turi mollarni yoshiga va turiga qarab tanlanadi.
Oziqalarga qo‘yilgan talab. Barcha turdagi ozuqalar umumiy talabga javob berishi lozim, ya’ni:
- tarkibida hazm bo'ladigan oziq moddalarning miqdori yuqori bo'lishi;
- zaharli va zararli moddalar me’yoridan oshmasligi;
- ozuqaning rangi, hidi har bir ozuqa turiga mos bo'lishi;
- ozuqaning sifati va hazmlanishi yuqori bo'lishi;
- uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega bo'lish kabi talablarga javob berishi lozim.
Ozuqalarning sifati. Qishloq xo'jalik hayvonlari har xil azotli moddali ozuqalar bilan boqiladi. Yuqorida ozuqa turlari bilan tanishdik. Ozuqalarning sifati, to'yimliligi uning kimyoviy tarkibiga bog'liqdir. Ozuqa tarkibi suv va quruq moddadan iborat. Quruq modda organik va mineral moddalardan tashkil topgan.
Organik moddalardan azotli moddalar (oqsil, amidlar), azotsiz moddalar (karbon suvlar, yog‘), vitaminlar (A, V, S, D, E), mineral moddalar, makrounsurlardan (Co, Mg, Na, S, P, F), mikrounsurlardan (D, Mn, So, Su, Al) tashkil topgan. Ozuqa tarkibida mineral moddalar yetishmasa hayvonlar mahsuldorligining kamayishiga olib keladi. Hayvonlar uchun kalsiy, fosfor, magniy, natriy, temir zarurdir.
Ozuqalarning tarkibida bu unsurlar yetishmasa ular qo'shimcha ravishda beriladi.
Yem-xashak ekinlarining tarkibida kul o'rtacha 5 foiz bo'ladi. Ildizmeva va tuganak mevalar tarkibida kalsiy va fosfor kam bo'ladi, kaliy ko'proq bo'ladi.
Azotli moddalar yoki xom protein oqsil va oqsilsiz amidlardan tashkil topgan.
Ozuqa turlariga qarab oqsil miqdori har xil bo'ladi. Dukkakli ekinlardan tayyorlangan ozuqalar tarkibida oqsil ko'p bo'ladi, donning tarkibida 25 -30 foiz go'sht, qon va baliq unida 50-80 foiz oqsil bo'ladi. Oqsilning sifati uning tarkibidagi tengi yo'q aminokislotalar turiga bog'liq bo'ladi. Almashish mumkin bo'lmagan tengi yo'q aminokislotalar guruhiga lizin, triptofan, leytsin va boshqalar kiradi. Bu aminokislotalar hayvon organizmida bo‘lmaydi, shuning uchun bu moddalar yem-xashakda bo'lishi kerak, aks holda modda almashinuvi buziladi, mollarning mahsuldorligi pasayadi. Hayvonlaming oqsilga bo‘lgan talabini har doim to‘la qondirish zarur. Barcha hayotiy jarayonlar oqsil almashinuvi bilan bevosita bog‘langan. Amidlar - oqsilning parchalanishi yoki sintez bo‘lishida vujudga keladigan oraliq mahsulotdir. Ko‘kat, silos va ozuqabop ildizmevalar amidlarga boy. Yem-xashak ekinlarning tarkibida 0,1-6 foiz bo‘ladi. Hayvon organizmida yo‘g‘lar quvvat manbai hisoblanadi. Karbon suvlari oziq turlarida har xil bo‘ladi. Oson hazm bo‘ladigan karbon suvlari - Kraxmal, qand hisoblanadi.
Kam hazm bo'ladigan va sifatini pasaytiradigan karbon suvlaridan to‘qimani misol tariqasida keltirish mumkin. Ozuqa tarkibida to‘qima ko‘p bo'lsa ozuqaning sifati pasayadi. To‘qima somonda, dag‘al oziqalarda ko‘p bo'ladi. Vitaminlar oz bo‘lsada hayvon uchun juda zarurdir.Vitaminlar yetishmasa hayvonlarning mahsuldorligi pasayadi, sut, go‘sht va tuxumning sifati yomonlashadi. Vitaminlar ayniqsa, ko'kat tarkibida ko‘p bo'ladi.
Yem-xashak ekinlarning kimyoviy tarkibi turli faktorlarga bog‘liq. Masalan, o‘simlikning o‘sish va rivojlanish davriga, organik va mineral o'g'itlarga, ekin naviga, ekish muddatiga, saqlash sharoitiga bo’g‘liqdir. Yem-xashak ekinlari ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyada yetishtirilsa va vaqtida yig‘ib olinsa, uning to‘g‘ri saqlansa to'yimliligi yaxshi bo'ladi.
Ozuqalarning to'yimliligi har xil usulda aniqlanishi mumkin. Ozuqalaming sifati hozirgi vaqtda ozuqa birligi bilan baholanadi. Ozuqa birligi MDH hududida 1922-yili qabul qilinib shu davrgacha ishlab chiqarishga va ayrim vaqtda ilmiy ishlarda ham qo'llanadi. Bir ozuqa birligi 1 kg quruq suli donining to'yimligiga tenglashtirilgan. Bu ko'rsatkich bilan har xil ekinlardan olingan hosilni ozuqa birligiga aylantirib hisoblash mumkin, ratsion tuzishda qo'llaniladi, yem-xashak tayyorlash rejasini tuzishda foydalaniladi. Har xil ekinlarning tarkibidagi ozuqa birligi maxsus ma’lumotnomalarda mavjud. Ammo suli to'yimligi bo'yicha barcha ozuqalarning to'yimliligini aniqlash usuli bilan to‘la ma’lumotga ega bo'lish mumkin emas. Shuning uchun kimyoviy tahlil qilish lozim. Kimyoviy tahlilda albatta, oqsil, yo'g’, karbon suvlari aniqlanadi. Zamonaviy ozuqa birligi - bu quvvat birligidir. Buni aniqlash uchun oqsil, yo‘g, karbon suvlari quvvati aniqlanadi va shunga qarab ozuqa quvvati aniqlanadi. Ozuqalarning kimyoviy tarkibi yuqori bo‘lsada, hazm bo'lishi har xil bo'ladi. Ozuqalarning hazm bo‘lishini va to'yimliligini oshirish uchun bir nechta tadbirlami o'tkazish lozim:
- yem-xashan ekinlaming yuqori to‘yimli navlarini yaratish;
- ozuqalarning to‘yimliligini texnologik tadbirlar orqali oshirish, to‘g‘ri saqlash;
- seleksion ishlar, yuqori sifatli zotlami tanlash;
- biologik moddalardan foydalanish.
Topshiriqlar
1. Barcha ozuqa turlarining o‘miga yagona ozuqa ishlab chiqarish mumkinmi?
2. Ozuqa sifatini aniqlashda qanday usuldan foydalanilgan ma’qul?
3. Ozuqa birligi qayerda ishlatiladi?
Amaliy topshiriq.
Ozuqa turlari
|
O’simlik ozuqalari.
|
Ko’kat ozuqa
|
Dag’al ozuqalar
|
Donli ozuqa (yem)
|
Shirali ozuqalar
|
Konservalashtirilgan ozuqalar
|
O’simliklardan tayyorlanadigan ozuqalar
|
|
|
|
|
|
2-амалий машғулот
Do'stlaringiz bilan baham: |