Har bir millatning taraqqiy va
taoliysi ishlarini o‘z vaqtida nizom-
dan chiqarmay tartib ila yurit-
makg‘a bog‘lidur.
Abdulla Avloniy
KIRISH
O‘zbek xalqi xotirasida XX asrning so‘nggi o‘n yil-
ligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qola-
di. Aynan shu o‘n yillikning boshlarida istiqlol sari
qadam qo‘yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi—mus-
taqillik — o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi qo‘lga
kiritildi.
Bu yillarda insonparvar, demokratik huquqiy
davlatni va fuqarolik jamiyatini bunyod etish uchun
zarur zamin yaratildi.
Yangi ming yillik boshi XXI asr — o‘zbek xalqi
uchun
O
‘
zbekistonni buyuk davlatga aylantirish va
inson huquqlari ustuvor bo
‘
lgan farovon hayot qurish
asri
bo‘ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha
sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari
keng ko‘lamda izchil amalga oshirilmoqda.
Kelajagi buyuk O
‘
zbekistonni yaratishga hissa
qo
‘
shish shu Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan
mas’uliyat yuklaydi.
Yuksak mas’uliyatni anglab,
jami yat da o‘rnatilgan tartib
va intizomga amal qilib
yashash huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi.
Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o‘z-o‘zidan bu n -
yod bo‘lmaydi. Buning uchun hayotda Konstitutsiya
va qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuk-
sak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo‘lishi,
mas’uliyat va majburiyatni his
qilib yashash tarzi qaror
to pishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — oliy
yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul
qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam
3
bo‘ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi davlatimiz mus-
taqilligining ulkan ramzi bo‘lib, unda o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘limiz aks etadi.
Uni kelgusi avlod erkin-
lik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida
tarixda e’zoz-hurmat bilan tilga oladi. O‘zbek xalqi
ana shunday ulug‘vor Konstitutsiyaga munosib buyuk
xalqdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi
xalq xohish-irodasini
ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin
hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini
bel-
gilaydi. Unda
inson hayoti, uning sha’ni, qadr-qim-
mati, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat
sifati-
da mustahkamlab qo‘yilgan.
Asosiy Qonunimizda belgilangan normalarning
hayotda amaliy ifoda topishida
o‘sib kelayotgan yosh
avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan
qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy bi -
limga egaligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatning
yuksakligi
muhim rol o‘ynaydi.
Shuni hisobga olib davlatimiz ta’limning barcha
tizimlarida huquqiy ta’lim va tarbiyani yanada yaxshi-
lashga ustuvor vazifa sifatida alohida e’tibor berib kel-
moqda. Huquqiy ta’limni
rivojlantirish sohasida
diqqatga sazovor amaliy ishlar qilinmoqda.
Biz qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat barpo qilmoq -
chimiz. Qonun ustuvorligi — bu
Do'stlaringiz bilan baham: