INSON HAQ-HUQUQI VA MANFAATLARI OLIY QADRIYAT
Qaerda qonun hukmronlik qilsa,
shu erda erkinlik bo’ladi.
Sohibqiron Amir Temur
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida
mustaqil davlatimizning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Asosiy Qonunimizda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi.
2017 yil 8 dekabrda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligiga 25 yil to’ladi.Tarixan bu qisqa davrni milliy qonunchiligimiz tarixida o’ziga xos qonunchilik
tizimi shakllangan va yanada mukammallashayotgan davr bo’ldi, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.
Bugun Konstitutsiya to’g’risida, uning ma’no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida so’z yuritar ekanmiz, Asosiy Qonunimizda birinchi navbatda
shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab
qo’yilganligi, O’zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq bo’lib, davlat xalqning irodasini ifodalashi, uning manfaatlariga xizmat
qilishini, muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan siyosatida va chiqishlaridagi quyidagi so’zlarida yaqqol ifodasini topmoqda:
... El-yurtga sadoqat bilan xizmat qilish – asosiy burchimizdir;
... Asosiy maqsad – odamlarning roziligi, yurtimiz obodligi;
... Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi;
...Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo uning huquq va erkinliklari, osuda va farovon hayoti himoya qilinmog’i kerak;
... Xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan muloqot qilish – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omili;
... Inson manfaatlari hamma narsadan ustun;
... Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir, kabi bugungi kunimizning shioriga aylanib borayotgan so’zlari, hamda ...
“Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo’lsa, chekka-chekka qishloq va ovullarga chakirib boramiz. U erda istiqomat qilayotgan
odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz” degan ta’kidlari
hayotda o’z aksini topayotganligi, Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosi sifatida har qanday fuqaroni faxrlantiradi.
Haqiqatan ham Asosiy Qonunimizdan o’rin olgan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, ularning manfaatlari himoyasi 2017 yil – Xalq bilan
muloqot va inson manfatlari yilida muhtaram Prezidentimizning tashabbusi va sa’y-harakati bilan o’zining yaqqol ijobatini topdi.
Bugun biz Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va uning ahamiyatini nafaqat Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana arafasida, balki butun yil davomida
o’rgansak ham kamlik qiladi. Shu sababdan ham viloyatimizda Konstitutsiyamizning ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, yosh avlodning
huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ’ib va tashviq qilish maqsadida
har yili qator tadbirlar belgilab olinmoqda va izchillik bilan muntazam ravishda amalga oshirib borilmoqda.
Fikrimizning dalili sifatida Qo’qon Davlat pedagogika institutida o’tgan yili amalga oshirilgan tadbirlar mavzusiga e’tibor qarataylik.
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”,
“Konstitutsiya va xuquqiy madaniyat”, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”,
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida demokratik huquq va erkinliklar”, “Konstitutsiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar va
bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori”, “Konstitutsiya –mening taqdirimda”, “Insonuning qadr-qimmati, xaq huquqi – oliy qadriyat”, “Har kim bilim
olish huquqiga ega”, “Biz ozod va obod yurt farzandlarimiz”, “Konstitutsiya, demokratiya va milliy ma’naviyat”, “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz
kafolati”, “Konstitutsiya demokratik jamiyatning huquqiy negizidir” kabi mavzulardagi ma’ruzalar, davra suhbatlari va yozma ishlar har bir fakultetda
taxsil olayotgan talabalar o’rtasida albatta chuqur iz qoldirdi. Bunday tadbirlar bu yilgi Konstitutsiyamizning 25 yillik bayramida yanada mukammal
rejalar asosida amalga oshirilishi kundalik harakatimizda ko’rinib turibdi.
Bu yilgi rejadagi tadbirlarning ayrim jihatlariga to’xtaladigan bo’lsak, “Targ’ibot guruhlari” tomonidan “Baxtimiz Qomusi va obodlik dasturi” hamda
“Konstitutsiya — mening taqdirimda” mavzulari bo’yicha barcha tuman va shaharlardagi mahalla, korxona, muassasa va idoralarda anjumanlar
o’tkazish, davra suhbatlari uyushtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Konstitutsiya targ’iboti yuzasidan “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokida o’tkaziladigan “Ertamiz bugundan boshlanadi” mavzuidagi
uchrashuvlar, albatta, yig’ilish ishtirokchilarini befarq qoldirmaydi. Bosh Qomusimizning bag’rikenglik tamoyillaridan kelib chiqib, “Muruvvat” uylarida
“Xayr-saxovat o’zbekona fazilat” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda Konstitutsiya normalarini keng targ’ib etish maqsadida OAVda “Farovon
1 / 2
hayotimizning mukammal dasturi” mavzuida soha mutaxassislari hamda huquqshunos olimlarning chiqishlari uyushtiriladiki, bu targ’ibot tadbirlari
keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmaydi, deb o’ylaymiz. Albatta tadbirlar ijrosi davomida rejalarimiz yanada mukammallashadi va xalqchil
tadbirlar izchil amalga oshiriladi.
Bayon etilgan fikrlarga yakun yasar ekanman, muhtaram Prezidentimizning Konstitutsiyaning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruzasida bayon etilgan so’zlariga e’tibor qaratmoqchiman.
... Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini
dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda.
Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo
va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo’g’indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi
zarur.
2017-08-26 16:42:27
2 / 2