Iqlim isishining tabiatga xavfi. Atmosferada issiqlikni muvozanati shuncha ko’p buziladi, sayyora iqlimi o’zgaradi. Iqlimiy va agroiqlimiy mintaqalar qutblar tomon siljishi mumkin. Shimoliy qutbda palma (xurmo daraxti) o’sishi mumkinligi to’g’risida fikrni behuda deb bo’lmaydi. Chunki o’simliklar ularning hayot faoliyati uchun qulay iqlim sharoitiga ko’chishga qodir emasliklari sababli o’simliklarning almashishi, shuningdek, u bilan bog’liq hayvonlar turlarining ekologik bog’liqlari o’zgarishi sodir bo’ladi. Masalan, Avstraliyada yashovchi koala ayiqlari Faqatgina evkalipt barglari bilan oziqlanadi, agar evkaliptlar iqlim o’zgarishini ko’tara olmasa, olam ushbu yoqimtoy hayvonlardan ham mahrum bo’lishi mumkin.
Hayvonot va o’simlik turlari biologik xilma-xilligining o’zgarishi, hozirda qirilib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarning yo’qolishi ehtimoldan xoli emas, ular orasida shundaylari bo’lishi mumkinki, ular yashab ketishi trofik zanjirida muhim bo’g’im bo’lib hisoblanadi, ularning halokati biosenoz tuzilmasida qaytmas o’zgarishlarga olib keladi.
Iqlimning isiy boshlashi tuproq namligini o’zgartiradi, bu esa dalalarning hosildorligiga, keyin mollar soniga ta’sir qiladi. Iqlimning global isishi sahrolar va qurg’oqchil yerlar kengayishiga olib keladi. Cho’llanish tuproq unumdorligiga, oziq-ovqat salohiyati pasayishiga xavf soladi, ijtimoiy muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda inson, ya’ni siz bilan biz yashashimiz uchun yaroqli ilmiy sharoitlar saqlangan vohalarda joylashgan katta shaharlar ko’p, lekin sahroga juda yaqin yashayotganimizni edan chiqarmasligimiz kerak.
Xalqaro hamjamiyatning ozon qatlamini yemirishga
qarshi tadbirlari.
1974- yilning iyun oyida “Tabiat” (Nature) jurnalida Amerika olimlari Roulend va Molinalarning ozon qatlami yemirilishi to’g’risidagi nazariyalari chop etilgan. Bu atmosferada bor bo’lgan hodisalar, jumladan, ozon qatlamining siyraklashuvi va tabiiy turkumlarning bir-biriga bog’liq bo’lish to’g’risidagi birinchi maqola edi.
Oradan ko’p o’tmay olimlar tomonidan ko’tarilgan ozon muammosi siyosiy mavzuga aylandi, global hususiyatga ega bo’ladi. Bu masalani Xalqaro hamjamiyat mamlakatlari muhokama qila boshladilar.
1977- yil mart oyida BMTning Atrof-muhit bo’yicha dasturi (YUNEP) doirasida ozon qatlami yemirilishi masalalari bo’yicha birinchi xalqaro uchrashuv o’tkazildi. Shu uchrashuvda “Ozon qatlamini o’rganishga qaratilgan umumjahon rejasi” tavsiya qilindi va yilda bir marta vaziyatni ilmiy tahlil qilish to’g’risidagi qaror qabul qilindi. YUNEPning Ozon bo’yicha maxsus Muvafiqlashtirish qo’mitasi tuzildi, uning majlislarida ozon yemirilishi muammosining muhim jihatlari, jumladan, uning inson salomatligiga ta’siri ko’rib chiqilgan.
1977- yilda AQSH hukumati ozon qatlamini himoya qilish haqidagi tuzatmani “Toza havo to’g’risida”gi Qonunning bir qismi sifatida qabul qiladi. Bir yildan keyin AQSH yana aerozollar ishlab chiqarishda XFUlar ishlatilishini taqiqlaydi. Kanada, Daniya,Finlyandiya,Norvegiya va Shvetsiya, AQSHdan iborat oldilar. 1980-yilda Yevropa mamlakatlari hamjamiyati aerozollardan foydalanishni 30 foizga qisqartirdi. 1980- yilning aprel oyida AQSH Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi XFUlar ishlab chiqarishni 1979- yildagi darajasida saqlab turish to’g’risidagi niyatini e’lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |