Bog'liq 1 Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 2 Iqlim isishining asosiy s
Xladagentlar (XFU)ni chiqarib olish va qayta ishlatish milliy dasturi OYEMdan foydalanishni to’xtatish bo’yicha Milliy dastur doirasida BMTTDning ijro agentligi orqali 2000- yilning aprel oyidan. 2002- yilning oktabr oyiga qadar umumiy qiymati 1327980 AQSH dollariga teng bo’lgan “Xladagentlar chiqarib olish va qayta ishlatish bo’yicha Milliy dastur” loyihasi amalga oshirilgan.
Loyiha korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarni xladagentlarni chiqarib olish va qayta ishlatish bo’yicha uskunalar bilan ta’minlash, mamlakatning sovutish sektorida mashg’ulot bo’lgan mutaxassislar ishtirokida seminarlar o’tkazish orqali xladagentlani chiqarib olish va qayta ishlatishga qaratilgan edi.
2000- yilning yanvar oyida xladagentlarni chiqarib olish bo’yicha 430 uskuna, maishiy sovutgichlardan xladagentlarni chiqarib olish bo’yicha 300 qo’l nasoslari, XFU-12ni qayta ishlatish bo’yicha 12 uskuna hamda maxsus asboblar to’plamlari beg’araz asosda qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalari orqali sovutish sohasida ishlashning yangi usullari haqida keng axborot-tashviqot tadbiri amalga oshirildi. Toshkent,Samarqand va Farg’onadagi tanishtiruv seminarlarida mamlakatning barcha viloyatlaridan 500dan ortiq tinglovchilar qatnashdi.
Seminar yakunida uskunalarni taqsimlash amalga oshirildi. 100dan ortiq korxona va xususiy tadbirkorlar mutaxassislari muzlatish uskunalari hamda havo almashtirish tizimlarini o’rnatish, ta’mirlash va foydalanish bo’yicha malakalarini oshirdilar. Toshkent va mamlakatning 9 ta yirik mintaqalaridagi katta korxonalarda XFU-12ni qayta ishlatish bo’yicha 11 ta markaz tashkil etildi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi xladagentni chiqarib olish va uni tozalab, sovutish tizimiga qayta qo’yish hisobiga mavjud sovutish uskunalari hamda havoni sovutish tizimlaridan foydalanishni davom ettirishga imkon yaratdi. Olingan uskunalar xladagent sizib chiqishining oldini olish, bunday holatlarni bartaraf etish va XFUni atmosferaga tashlanishini kamaytirishga imkon berdi.
Amalda 91,48 tonna XFU-12 dan 52,634 tonnasini chiqarib olindi va qayta ishlatildi. Loyiha boshidan umumiy miqdorda maxsus uskunalar yordamida 158 tonna turli OYEM chiqarib olindi, bundan 6,1 tonna XFU-12 tozalandi. Uskunalar va korxonalar ishlashi ustidan muntazam kuzatuv olib borilmoqda.
2002- yil 9 -oktabrda YUNOPS/BMTTD, O’zbekiston Respublikasi hamda sovutgich sanoati korxonalarining Uch taraflama yig’ilishida loyiha yuqori baholandi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi quyidagilarga imkon berdi:
. OYEMlar olib kirilishni kamaytirish;
. mavjud XFU-12dan ishlayotgan uskunada uni almashtirmasdan to’liq muddatgacha qayta foydalanish;
. bosqichma-bosqich ravishda iste’molchilarga zarar yetkazmagan holda eskirgan uskunalarni foydalanishdan chiqarish;
. OYEMni atmosferaga tashlamay qayta foydalanish va chiqarib olish bo’yicha uskunalarda ishlatishning yangi usullarini kelajakda qo’llash.