Fumigantlar – sabzavot, meva va yormalarda, shuningdek, tuproqning yuqori qatlamida bor bo’lgan zararkunandalarni yo’q qiladigan gazsimon moddalardir.
Fungitsidlar – zamburug’lar tufayli yuzaga keladigan kasaliklar, shu jumladan, mog’or zamburug’larini rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi moddalardir.
Bromning ozonni yemiruvchi hususiyati xlordan 50 marta yuqoriligi aniqlangandan so’ng qishloq ho’jaligida ishlatiladigan bromli metal o’rnini bosuvchi moddani topish to’g’risida qaror qabul qilindi. Hozirda butun dunyoda olimlar shu vositani tadqiq qilmoqda.
Bromli metilning katta potensial antropogen manbai tuproqni fumigatsiyalash, ya’ni o’simliklarni zararkunandalardan saqlash uchun tuproqning yuqori qatlamini dorilashdan iborat.
AQSH qishloq ho’jalik departamenti qoshida hayvonlar va o’simliklar sanitariya inspeksiya xizmati Gavay orollaridan boshqa shtatlarga olib kiriladigan shirin kartoshkaga ishlov berish uchun bromli metal o’rniga elektromagnit to’lqinlar yordamida nurlantirishni taklif etdi. Bu usul molekulalarni qizinish va tebratishga yordam beradi, biologik to’qimani buzib, olma qurti va yong’oq kuyasining endigina tuxumdan chiqqan qurtlarini yo’q qiladi.
Kaliforniyada bromli metal o’rniga ishlatiladigan xlorpikrin deb nomlangan. Bu moddadan o’simliklarga zarar yetkazuvchi qurt, nematod, fitoftora, fuzarioz, vertitsillium va o’simliklarning boshqa kasalliklariga qarshi kurashishda foydalaniladi.
Visaliyada (Kaliforniya) AQSH qishloq ho’jalik departamenti qoshidagi qishloq ho’jalik tadqiqotlari xizmati mutaxassislari uzum tomiriga zarar yetkazuvchi nematodlarga qarshi kurashishda turli tajriba usullarini taklif etdilar. Ularning bu taklifi bromli metildan voz kechish imkoniyatini berdi.
Alabama shtatida (AQSH) Oborn universiteti tadqiqotchilari bromli metal natriy azidni ishlab chiqardilar. Bu modda zararkunandalar, yovvoyi o’t va o’simliklar kasaliklariga qarshi kurashishda ishlatiladi. U atmosferaga tarqatmaydigan plastik qoplama ostida qo’llaniladi. Natriy azid tuproqda chirib, o’g’itga aylanadi va tuproq sifatini yaxshilaydi.
Virdjiniya shtatining (AQSH) Politexnika institutida Davlat universiteti qoshidagi tabiat boyliklari kolleji olimlari bilan hamkorlikda yog’och hashorotlariga qarshi kurashish vakuum yordamida quritish loyihasi ishlab chiqildi. Bu usul termik ishlov berish tizimlaridan voz kechishga, shuningdek, atmosferaga OYEM ning tarqalmasligiga sharoit yaratadi.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasida qishloq ho’jaligi sohasida bromli metilni qo’llashdan bosqichma-bosqich chiqarishdan manfaatdor bo’lgan mamlakatlar hukumatlari, jumladan, Hindiston, Pokiston, Eron, Afg’oniston, Fidji ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Yevropa mamlakatlarida ushbu yo’nalishda belgilangan ishlar sanoat korxonalari tomonidan ta’sis etilgan grantlar yordamida bajariladi. Jumladan, Makedoniya va Vengriyada tamaki va bog’ ko’chatlarini ko’chirib o’tkazishda tuproqqa kimyoviy ishlov berish, qalqiydigan taglik o’rnatish, qumli ariq tortish usullari qo’llanilgan.
Shunday qilib, tarkibida bromli metal mavjud bo’lgan dorilar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish qisqarmoqda va buning natijasida qishloq ho’jaligi tomonidan ozon qatlamiga yetishi mumkin bo’lgan xavf-xatar ham asta-sekin kamayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |