Tahlil va natijalar.
Maqolada juft otlarning o‗zaro
xarakteriga ko‗ra qismlari Sadriddin Ayniyning uch asari
misolida tadqiq etildi. Asarlarda ularning har bir turiga
ko‗plab na‘munalarni uchratamiz. Nazariy ma‘lumot o‗rnida
shuni aytish mumkinki, juft so‗zlar komponentlari ma‘no
ifodalash-ifodalamasligiga ko‗ra har ikki qismi mustaqil holda
ham
ishlatiladigan,
qismlaridan
biri
mustaqil
holda
ishlatilmaydigan,
har
ikki
qismi
ham
mustaqil
ishlatilmaydigan turlarga bo‗linadi.
Ijodkor asarlarida qo‗llanilgan ot so‗z turkumiga oid
juft so‗zlarda yuqoridagi ikki turni ham kuzatishimiz mumkin.
Har ikki qismi ham mustaqil holda ishlatiladigan juft
otlar:
Shuningdek avtor turli kasb-hunarlar, oila va oila
munosabatlari, uylanish urf-odati, xotinni taloq qo‗yish va
boshqalar haqida so‗zlar, tanqidiy mulohazalarni ifodalar edi.
(1, 62-bet.)
Men she‘rda uslubning soddaligi tarafdori bo‗lib,
ko‗pincha xalqning iboralarini, o‗xshatish va kinoya-
istioralarini qo‗llar edim. (1, 66-bet.)
G‗azab shiddatidan yuz-ko‗zi, qosh-qovoq, soqol-
mo‗ylovlari it ko‗rgan mushukning juniday hurpaygan bir
odam maktabхonaga kirdi. (3, 196-bet.)
O„ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/5]
ISSN 2181-7324
FILOLOGIYA
https://science.nuu.uz/
Social sciences
O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/5 2022
- 256 -
Noibni kuzatish uni qarshi olishday shovqin-suron
bo‗lmadi. (2, 95-bet.)
– Ertaga, vaqtliroq kel, – dedi Qori Ishkamba, –
vekselga qo‗l qo‗yish uchun хat-savoding bormi? – deb
so‗radi. (2, 122-bet.)
U saylda osh damlab sotadigan oshхonalar qatorida
qozon-tovoq
va o‗choq tayyorlab ijara qo‗yadigan
«oshхonachilar» ham bo‗lar edi. (2, 43-bet.)
Kelganimdan keyin uni yoqib hisob-kitobimizni
qilamiz. (2, 60-bet.)
Ko‗rib o‗tilgan ―kasb-hunar, urf-odat, yuz-ko‗z, qosh-
qovoq, shovqin-suron, xat-savod, qozon-tovoq, hisob-kitob‖
so‗zlarining barchasi ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da yakka
holda tahlil qilinganligiga guvoh bo‗lish mumkin. Darhaqiqat,
bu so‗zlar misollarda yakka holda qo‗llanilgan.
Sandiqfurushning o‗zi do‗konining ichkarirog‗ida
o‗tirardi, oldiga hisob cho‗ti tik qo‗yilgan bo‗lib, labi pichirlar
edi.(2, 13-bet)
Ular o‗z kitoblarini shu yostiqlar ustiga qo‗yib o‗qir
edilar.(3, 231-bet.)
Asarda muallif tomonidan yaratilgan desak mubolag‗a
bo‗lmaydigan ―kinoya-istiora‖ juft so‗ziga guvoh bo‗lamiz.
Darhaqiqat, har bir asarga yozuvchi shaxsan yondashishi
natijasida asar takrorlanmaydigan o‗lmas yodgorlikka aylana
oladi.
Qismlaridan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft
otlar:
…U menga tekinga ish buyurmasdi, xizmatini
qilmasam haam, menga doimo choy-non berar va kiyim-
kechak bilan ko‗maklashardi. (1, 40-bet.)
U tikka Rahimi Qand o‗tirgan supacha oldiga keldi, u
bilan salomlashgandan keyin la‘lidan bir-ikki dona qand-
qursni olib, og‗ziga soldi va bir dona konfetdan ham olib,
uning qog‗ozini ochayotib o‗z yo‗liga keta berdi va
ketayotganda mening tomonimga yana bir qaradi. (2, 31-bet.)
Har kim nimaga qudrati yetsa, ya‘ni nonmi, pulmi,
meva-chevami, o‗rik-magizmi keltirib bersin, hikoyaning
qolganini so‗ngra aytaman, – dedi. (3, 217-bet.)
Mayda-chuyda qarzlarni ham u to‗laydigan bo‗ldi. (1,
22-bet.)
Juft so‗zlar ma‘noni kuchaytirish uchun ham
qo‗llaniladi. Masalan, ―mayda-chuyda‖ so‗ziga e‘tibor
qaratadigan bo‗lsak, uning o‗rnida ―ozroq‖ yoki shu ma‘noni
beradigan so‗zni qo‗llasa ham bo‗lar edi, ammo u vaziyatda
aynan shu o‗rin kemtik bo‗lib qoladi. Mayda-chuyda − aynan
qanchaligi ma‘lum emas, ehtimol tosh bosishi oz-u miqdori
ko‗p.
Shuningdek, yozuvchi asarlarida frazeologik ma‘noga
ega bo‗lgan juft ot ham qo‗llaniladi: Qori Ismatning qimordan
kirimi ham shu vaqtdan boshlandi: oshiqlarning chikka-
pukkasini, olchisini bo‗yab keltirib qimorboz bolalarga sotdi
(2, 139-bet.).
Bu juft so‗z bolalar o‗yining bir turi bo‗lgan aynan
o‗yin obyekti bilan ataladigan ―oshiq‖ o`yiniga aloqador.
Oshiqning bir tarafi chikka, bir tarafi pukka. Ular doim birga
qo‗llanilgani sababdan ham juftlashib ketgan. Oshiqdagi
chikkani pukkasiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Ular bir-birini
talab qiladi.
Asarda juft sifatlarning elementlari alohida ma‘no
ifodalay olishiga ko‗ra asardagi juft otlar singari ikki turiga
duch kelamiz.
Har ikki qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft
sifatlar:
Otam xat-savodli bo‗lib, u yoshligida bir necha yil
Buxoro madrasalarida yashagan ekan. (1, 3-bet.)
Agar haqiqatan bu odam uysiz-joysiz gadoyday bo‗lsa,
nega o‗zini bank хodimlari bilan oshna ko‗rsatadi, hatto
ularning tushlik payti ustiga yetib borishni zarur sanaydi? (2,
10-bet.)
Bir qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat:
Bunday kechada Buхoroning chiroqsiz, egri-bugri, tor
ko‗chalarida yurish juda qiyin bo‗ladi, хayriyatki, qor
yog‗moqda va hamma joyni oqartirib, ko‗chaga ko‗r oydin
kabi g‗ira-shira yorug‗lik bergan edi. (2,49-bet.)
Mendan boshqa hamma mast-alast isitma uyqusida
edi. (1, 17-bet.)
Shuningdek, ravish so`z turkumidagi leksemalarda
quyidagi turlarni ham uchratamiz.
Ikkala qismi ham yakka holda qo‗llanilmaydigan juft
ravishlar :
Bu kishining ismi Iso maxdum, taxallusi ―Iso‖ __
dedi, (men u she‘rlarni o‗sha to‗plamdan olib Iso maxdum
nomi bilan ―Namuani adabiyoti tojik‖ka kiritganman) va u
g‗azallarni birin-ketin menga o‗qib berib, mazmunini o‗zi
tsuhunganicha uqtirdi… (1, 6-bet.)
Oхiri u ham o‗zining uzil-kesil gapini aytdi: [2]
Har ikkala qismi ham mustaqil qo‗llanila oladigan juft
ravishlar:
Jon Qori aka, erta-indin boring, samovarchining
gardanimdagi qarzi og‗irlashib ketmasin, – deb dehqon
o‗rnidan qo‗zg‗aldi. (2, 69-bet.)
Хalfaning tayoqi ostida uyon-buyon qochib yugurishib
yurgan bolalar, uning: – Har kim o‗z o‗rniga o‗tirsin, bo‗lmasa
yana ham qattiqroq uraman! – deyishi bilan o‗z joylariga
o‗tirdilar, men ham o‗z o‗rnimga borib o‗tirdim[3].
Sonlar ham juftlashadi. Ammo ularning qismlarida
bo‗linish hosil bo‗lmaydi. Sonlar juftlashganda taxmin
ma‘nosi anglashiladi. Xuddi shunday Ayniyning o‗z hayoti
haqida qisqacha yozilgan asarida xotiralariga tayanib yozilgan
o‗rinlarda chama-taxmin sonlarini ko‗ramiz.
Men har kuni uch-to‗rt kunda tutmayiz qiyomga arpa
uni solib xolvaytar qilardim, xolvaytarni zog‗ora bilan yer
edik[1].
Unda o‗qiydigan bizning jamoa (gruppa) oltmish-
yetmish kishi edi[1].
Sadriddin Ayniyning ―Eski maktab‖ asarida undov
so‗zning juftlashishiga guvoh bo‗lamiz.
Biroq domla bu bolaning dod-voyiga, yolvorishiga
quloq solmadi [3].
Juft
fe‘l
grammatik
qurilishi
boshqa
so‗z
turkumlaridan farq qiladi. Unda qismlar ma‘no ifodalay
olishiga ko‗ra guruhlanish yo‗q. Juft fe‘l grammatik shakliga
ko‗ra ikki ko‗rinishda bo‗ladi: ( Sayfullayeva R.R., Mengliyev
B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q.,
Abuzalova.M.Q. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Toshkent. 2010.
278-bet.)
biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda:
U menga Olimjon madrasasida farrosh (supurib-
sidiruvchi kishi) qilib ishga joylashtirishga va‘da berdi. (1, 38-
bet.)
har ikki qismi bir xil shaklda:
Faqat
sandiqfurush
do‗konining
oldidan
o‗tayotganimda shuni sezdimki, u (o‗tgan-ketganlarning
ko‗zidan yashirmoqchi bo‗lib) hisob cho‗ti panasiga bir
narsani qo‗yib yemoqda ekan, [2].
Baхtga qarshi, cho‗ntagimda biron pul ham yo‗q ekan,
qizarib-bo‗zarib attorga qarab: [2].
Juft so‗zlar orasida sinonimlik hodisasi ham mavjud:
Shunga qaramay u har kuni bir-ikki marta kelib otamdan xabar
olardi[1].
―Bir-ikki‖ bu juft so‗z ―ba‘zan‖ sodda so‗ziga sinonim
bo‗la olsa ham, ba‘zan so‗zining o‗zi ―onda-sonda‖ juft so‗z
bilan yaqin ma‘nodagi so‗z hisoblanadi.
Xulosa.
Juft so‗zlar barcha uslublarda qo‗llanila oladi.
So‗zlashuv va badiiy uslubni ularsiz tasavvur etib bo‗lmaydi.
Juft so‗zlarda ma‘nodoshlik, antonimlik, butun-qism
munosabati bor. Ma‘no talabi bilan juft so‗zlar qismlari ma‘no
ifodalay oladigan va mustaqil qo‗llanila olmaydigan turlarga
bo‗linishi Sadriddin Ayniyning juft so‗zlar keng foydalanilgan
asarlari yuzasidan tahlil qilindi. Ijodkor asarlaridagi juft
Do'stlaringiz bilan baham: |