O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

Tahlil va natijalar.
Maqolada juft otlarning o‗zaro 
xarakteriga ko‗ra qismlari Sadriddin Ayniyning uch asari 
misolida tadqiq etildi. Asarlarda ularning har bir turiga 
ko‗plab na‘munalarni uchratamiz. Nazariy ma‘lumot o‗rnida 
shuni aytish mumkinki, juft so‗zlar komponentlari ma‘no 
ifodalash-ifodalamasligiga ko‗ra har ikki qismi mustaqil holda 
ham 
ishlatiladigan, 
qismlaridan 
biri 
mustaqil 
holda 
ishlatilmaydigan, 
har 
ikki 
qismi 
ham 
mustaqil 
ishlatilmaydigan turlarga bo‗linadi. 
Ijodkor asarlarida qo‗llanilgan ot so‗z turkumiga oid 
juft so‗zlarda yuqoridagi ikki turni ham kuzatishimiz mumkin. 
Har ikki qismi ham mustaqil holda ishlatiladigan juft 
otlar:
Shuningdek avtor turli kasb-hunarlar, oila va oila 
munosabatlari, uylanish urf-odati, xotinni taloq qo‗yish va 
boshqalar haqida so‗zlar, tanqidiy mulohazalarni ifodalar edi. 
(1, 62-bet.) 
Men she‘rda uslubning soddaligi tarafdori bo‗lib, 
ko‗pincha xalqning iboralarini, o‗xshatish va kinoya-
istioralarini qo‗llar edim. (1, 66-bet.) 
G‗azab shiddatidan yuz-ko‗zi, qosh-qovoq, soqol-
mo‗ylovlari it ko‗rgan mushukning juniday hurpaygan bir 
odam maktabхonaga kirdi. (3, 196-bet.) 
O„ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences
 


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2022 
- 256 - 
Noibni kuzatish uni qarshi olishday shovqin-suron 
bo‗lmadi. (2, 95-bet.) 
– Ertaga, vaqtliroq kel, – dedi Qori Ishkamba, – 
vekselga qo‗l qo‗yish uchun хat-savoding bormi? – deb 
so‗radi. (2, 122-bet.) 
U saylda osh damlab sotadigan oshхonalar qatorida 
qozon-tovoq 
va o‗choq tayyorlab ijara qo‗yadigan 
«oshхonachilar» ham bo‗lar edi. (2, 43-bet.) 
Kelganimdan keyin uni yoqib hisob-kitobimizni 
qilamiz. (2, 60-bet.) 
Ko‗rib o‗tilgan ―kasb-hunar, urf-odat, yuz-ko‗z, qosh-
qovoq, shovqin-suron, xat-savod, qozon-tovoq, hisob-kitob‖ 
so‗zlarining barchasi ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da yakka 
holda tahlil qilinganligiga guvoh bo‗lish mumkin. Darhaqiqat, 
bu so‗zlar misollarda yakka holda qo‗llanilgan.
Sandiqfurushning o‗zi do‗konining ichkarirog‗ida 
o‗tirardi, oldiga hisob cho‗ti tik qo‗yilgan bo‗lib, labi pichirlar 
edi.(2, 13-bet) 
Ular o‗z kitoblarini shu yostiqlar ustiga qo‗yib o‗qir 
edilar.(3, 231-bet.)
Asarda muallif tomonidan yaratilgan desak mubolag‗a 
bo‗lmaydigan ―kinoya-istiora‖ juft so‗ziga guvoh bo‗lamiz. 
Darhaqiqat, har bir asarga yozuvchi shaxsan yondashishi 
natijasida asar takrorlanmaydigan o‗lmas yodgorlikka aylana 
oladi.
Qismlaridan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft 
otlar: 
…U menga tekinga ish buyurmasdi, xizmatini 
qilmasam haam, menga doimo choy-non berar va kiyim-
kechak bilan ko‗maklashardi. (1, 40-bet.) 
U tikka Rahimi Qand o‗tirgan supacha oldiga keldi, u 
bilan salomlashgandan keyin la‘lidan bir-ikki dona qand-
qursni olib, og‗ziga soldi va bir dona konfetdan ham olib, 
uning qog‗ozini ochayotib o‗z yo‗liga keta berdi va 
ketayotganda mening tomonimga yana bir qaradi. (2, 31-bet.) 
Har kim nimaga qudrati yetsa, ya‘ni nonmi, pulmi, 
meva-chevami, o‗rik-magizmi keltirib bersin, hikoyaning 
qolganini so‗ngra aytaman, – dedi. (3, 217-bet.) 
Mayda-chuyda qarzlarni ham u to‗laydigan bo‗ldi. (1, 
22-bet.) 
Juft so‗zlar ma‘noni kuchaytirish uchun ham 
qo‗llaniladi. Masalan, ―mayda-chuyda‖ so‗ziga e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak, uning o‗rnida ―ozroq‖ yoki shu ma‘noni 
beradigan so‗zni qo‗llasa ham bo‗lar edi, ammo u vaziyatda 
aynan shu o‗rin kemtik bo‗lib qoladi. Mayda-chuyda − aynan 
qanchaligi ma‘lum emas, ehtimol tosh bosishi oz-u miqdori 
ko‗p.
Shuningdek, yozuvchi asarlarida frazeologik ma‘noga 
ega bo‗lgan juft ot ham qo‗llaniladi: Qori Ismatning qimordan 
kirimi ham shu vaqtdan boshlandi: oshiqlarning chikka-
pukkasini, olchisini bo‗yab keltirib qimorboz bolalarga sotdi 
(2, 139-bet.). 
Bu juft so‗z bolalar o‗yining bir turi bo‗lgan aynan 
o‗yin obyekti bilan ataladigan ―oshiq‖ o`yiniga aloqador. 
Oshiqning bir tarafi chikka, bir tarafi pukka. Ular doim birga 
qo‗llanilgani sababdan ham juftlashib ketgan. Oshiqdagi 
chikkani pukkasiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Ular bir-birini 
talab qiladi.
Asarda juft sifatlarning elementlari alohida ma‘no 
ifodalay olishiga ko‗ra asardagi juft otlar singari ikki turiga 
duch kelamiz. 
Har ikki qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft 
sifatlar: 
Otam xat-savodli bo‗lib, u yoshligida bir necha yil 
Buxoro madrasalarida yashagan ekan. (1, 3-bet.) 
Agar haqiqatan bu odam uysiz-joysiz gadoyday bo‗lsa, 
nega o‗zini bank хodimlari bilan oshna ko‗rsatadi, hatto 
ularning tushlik payti ustiga yetib borishni zarur sanaydi? (2, 
10-bet.) 
Bir qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat: 
Bunday kechada Buхoroning chiroqsiz, egri-bugri, tor 
ko‗chalarida yurish juda qiyin bo‗ladi, хayriyatki, qor 
yog‗moqda va hamma joyni oqartirib, ko‗chaga ko‗r oydin 
kabi g‗ira-shira yorug‗lik bergan edi. (2,49-bet.) 
Mendan boshqa hamma mast-alast isitma uyqusida 
edi. (1, 17-bet.) 
Shuningdek, ravish so`z turkumidagi leksemalarda 
quyidagi turlarni ham uchratamiz.
Ikkala qismi ham yakka holda qo‗llanilmaydigan juft 
ravishlar : 
Bu kishining ismi Iso maxdum, taxallusi ―Iso‖ __ 
dedi, (men u she‘rlarni o‗sha to‗plamdan olib Iso maxdum 
nomi bilan ―Namuani adabiyoti tojik‖ka kiritganman) va u 
g‗azallarni birin-ketin menga o‗qib berib, mazmunini o‗zi 
tsuhunganicha uqtirdi… (1, 6-bet.) 
Oхiri u ham o‗zining uzil-kesil gapini aytdi: [2] 
Har ikkala qismi ham mustaqil qo‗llanila oladigan juft 
ravishlar: 
Jon Qori aka, erta-indin boring, samovarchining 
gardanimdagi qarzi og‗irlashib ketmasin, – deb dehqon 
o‗rnidan qo‗zg‗aldi. (2, 69-bet.) 
Хalfaning tayoqi ostida uyon-buyon qochib yugurishib 
yurgan bolalar, uning: – Har kim o‗z o‗rniga o‗tirsin, bo‗lmasa 
yana ham qattiqroq uraman! – deyishi bilan o‗z joylariga 
o‗tirdilar, men ham o‗z o‗rnimga borib o‗tirdim[3]. 
Sonlar ham juftlashadi. Ammo ularning qismlarida 
bo‗linish hosil bo‗lmaydi. Sonlar juftlashganda taxmin 
ma‘nosi anglashiladi. Xuddi shunday Ayniyning o‗z hayoti 
haqida qisqacha yozilgan asarida xotiralariga tayanib yozilgan 
o‗rinlarda chama-taxmin sonlarini ko‗ramiz.
Men har kuni uch-to‗rt kunda tutmayiz qiyomga arpa 
uni solib xolvaytar qilardim, xolvaytarni zog‗ora bilan yer 
edik[1]. 
Unda o‗qiydigan bizning jamoa (gruppa) oltmish-
yetmish kishi edi[1]. 
Sadriddin Ayniyning ―Eski maktab‖ asarida undov 
so‗zning juftlashishiga guvoh bo‗lamiz. 
Biroq domla bu bolaning dod-voyiga, yolvorishiga 
quloq solmadi [3]. 
Juft 
fe‘l 
grammatik 
qurilishi 
boshqa 
so‗z 
turkumlaridan farq qiladi. Unda qismlar ma‘no ifodalay 
olishiga ko‗ra guruhlanish yo‗q. Juft fe‘l grammatik shakliga 
ko‗ra ikki ko‗rinishda bo‗ladi: ( Sayfullayeva R.R., Mengliyev 
B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., 
Abuzalova.M.Q. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Toshkent. 2010. 
278-bet.) 
biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda: 
U menga Olimjon madrasasida farrosh (supurib-
sidiruvchi kishi) qilib ishga joylashtirishga va‘da berdi. (1, 38-
bet.) 
har ikki qismi bir xil shaklda:
Faqat 
sandiqfurush 
do‗konining 
oldidan 
o‗tayotganimda shuni sezdimki, u (o‗tgan-ketganlarning 
ko‗zidan yashirmoqchi bo‗lib) hisob cho‗ti panasiga bir 
narsani qo‗yib yemoqda ekan, [2]. 
Baхtga qarshi, cho‗ntagimda biron pul ham yo‗q ekan, 
qizarib-bo‗zarib attorga qarab: [2].
Juft so‗zlar orasida sinonimlik hodisasi ham mavjud: 
Shunga qaramay u har kuni bir-ikki marta kelib otamdan xabar 
olardi[1]. 
―Bir-ikki‖ bu juft so‗z ―ba‘zan‖ sodda so‗ziga sinonim 
bo‗la olsa ham, ba‘zan so‗zining o‗zi ―onda-sonda‖ juft so‗z 
bilan yaqin ma‘nodagi so‗z hisoblanadi.
Xulosa.
Juft so‗zlar barcha uslublarda qo‗llanila oladi. 
So‗zlashuv va badiiy uslubni ularsiz tasavvur etib bo‗lmaydi. 
Juft so‗zlarda ma‘nodoshlik, antonimlik, butun-qism 
munosabati bor. Ma‘no talabi bilan juft so‗zlar qismlari ma‘no 
ifodalay oladigan va mustaqil qo‗llanila olmaydigan turlarga 
bo‗linishi Sadriddin Ayniyning juft so‗zlar keng foydalanilgan 
asarlari yuzasidan tahlil qilindi. Ijodkor asarlaridagi juft 



Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish