Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi



Download 15,88 Mb.
bet43/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

Uchinchi bosqich. Yuqorida qayd qilinganidek, ikkilamchi kuchlanishning so‘nuvchi tebranishi sham elektrodlari orasida uchqunli razryad bo‘lmagan holda sodir bo‘ladi. Amalda esa, teshib o‘tish kuchlanishi Uto , ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymati U2max dan ancha kam bo‘ladi va shuning uchun U2 = Uto bo‘lganda sham elektrodlari orasida uchqunli razryad sodir bo‘ladi va tebranma jarayon uziladi (3.6-b rasm).
Uchqunli razryad sig‘im va induktiv fazalaridan iborat bo‘ladi. Sig‘im fazasi - sham elektrodlari orasidagi uchqunli tirqishni teshib o‘tilish daqiqasigacha C1 va C2 sig‘imlarda to‘plangan energiyaning razryadlanishi bo‘lib, u ikkilamchi kuchlanish keskin kamayishi bilan sodir bo‘ladi. Sig‘im razryadi juda qisqa vaqt (1 mks) davom etganligi tufayli, sig‘im fazasining oniy tok qiymati katta bo‘ladi va bir necha o‘n amperlarga yetishi mumkin. Razryadning sig‘im fazasi yorqin, havorang uchqun ko‘rinishiga ega.
Uchqunli razryad o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi kuchlanishi o‘zining maksimal qiymatiga erishmasdan sodir bo‘lganligi uchun sig‘im razryadiga g‘altak magnit maydonida to‘plangan energiyaning faqat kichik bir qismi (5-15 mJ) sarf bo‘ladi. Energiyaning qolgan asosiy qismi (30-60 mJ) uchqunning induktiv fazasi sifatida razryadlanadi.

Induktiv razryad ikkilamchi kuchlanish ancha pasaygan (  300 V) sharoitda sodir bo‘ladi, tok esa 0,1 A dan oshmaydi, ammo razryadning bu qismi sig‘im razryadiga nisbatan ancha uzoq vaqt (bir necha millisekund) davom etadi. Uchqunning induktiv qismi och-sariq yoki qizg‘ish-binafsha nurlanish sifatida kuzatiladi.
Dvigatel silindrlaridagi yonilg‘i aralashmasi asosan uchqunning sig‘im fazasi ta’sirida o‘t oladi. Ammo induktiv fazaning ham o‘ziga xos foydali tomoni bo‘lib, u nisbatan uzoq vaqt davom etishi tufayli yonilg‘i aralashmasini qizdirishga, uning bug‘lanishiga yordam beradi va sovuq dvigatelni ishga tushirishda ancha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimi




Elektronika va ayniqsa mikroelektronika tez va izchil rivojlanishi tufayli, mexanik boshqaruv moslamalari (markazdan qochma va vakuum rostlagichlar) bo‘lmagan, va demak, ularga xos kamchiliklardan holi bo‘lgan o‘t oldirish tizimlarining yangi avlodi yaratilmoqda. Bu tizimlarda o‘t oldirish daqiqasini belgilashda dvigatelning aylanishlar chastotasi va yuklamasi bilan birga yonish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator qo‘shimcha omillar ham hisobga olinadi va o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi, o‘zining eng manfaatli qiymatiga yaqinlashtiriladi.
Bunday tizimlardan amalda tatbiq qilinganlari sifatida analogli, raqamli va mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimlarini keltirish mumkin. Analogli tizim elektron boshqarish tizimlarining to‘ng‘ich avlodlariga mansub bo‘lib, ular jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lganligi sababli deyarli tatbiq topmadi. Hotira qurilmasiga ega bo‘lgan raqamli o‘t oldirish tizimida ancha keng imkoniyatlar mavjud. Bu tizim dasturi funksional moslamalar orasidagi mantiqiy aloqalar asosida ishlaydi, ushbu moslamlarni tavsiflovchi ma’lumotlar esa zarurat bo‘yicha tizim tomonidan chiqarib beriladi. Raqamli o‘t oldirish tizimining afzal tomonlaridan biri o‘t oldirishni ilgarilatish burchaklar to‘g‘risidagi juda katta hajmdagi ma’lumot hotirada saqlash imkoniyatining mavjudligidir. Lekin o‘t oldirish tizimining tavsiflari yoki ishlash algoritmlarining o‘zgarganda moslamaning apparat qismini (elektron blokni)almashtirish zarurligi raqamli o‘t oldirish tizimining jiddiy kamchiligi hisoblanadi. Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimi (MPO‘OT) bu kamchilikdan holi bo‘lib, unda ish algoritmi o‘zgarsa doimiy hotira qurilmasidagi boshqaruv dasturini almashtirish kifoya bo‘ladi.
MPO‘OT o‘t oldirish tizimlarining oldingi avlodlariga nisbatan quyidagi tomonlar bilan farq qiladi:

  • ularning boshqarish moslamalari diskret tartibotida ishlovchi va mikroelektron texnologiya asosida (katta integral sxemalar) yaratilgan elektron-hisoblash blokidan iborat bo‘lib, u o‘t oldirish daqiqasini avtomatik boshqarish vazifasini bajaradi. Odatda bu elektron bloklar kontroller deb yuritiladi;

  • mikroelektron texnologiyasini joriy qilinishi o‘t oldirish tizimini ishonchliligini oshiradi, elektron boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kontroller o‘t oldirish tizimdan tashqari yana bir qator, xususan, yonilg‘i purkash, majburiy salt ishlash ekonomayzeri va bortdagi diagnostika tizimlarini ham boshqaradi;

  • bu o‘t oldirish tizimlarida yuqori kuchlanishni mexanik uzgich-taqsimlagich o‘rniga aksariyat hollarda statik yoki ko‘p kanalli usul bilan taqsimlash joriy qilingan.

MPO‘OTda (3.37- rasm) o‘t oldirish jarayoni ko‘rsatkichlari uning davom etish vaqti bilan emas, balki elektr impulslar soni bilan shakllantiriladi. Bu yerda raqamli signallarni elektron hisoblash vazifasini mikroprotsessor bajaradi. Shuning uchun mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimining elektron boshqarish blokida datchiklar va protsessor orasiga analog-raqamli o‘zgartkich qo‘yiladi. Analog-raqamli o‘zgartkich datchiklardan kelayotgan analog ko‘rinishidagi signallarni raqam shakliga aylantiradi va protsessorga uzatadi.
MPO‘OT muayyan benzinli dvigatel uchun avvaldan tayyorlangan boshqarish dasturi asosida ishlaydi. Shuning uchun MPO‘OTning protsessori tarkibida tezkor va doimiy hotira qurilmalari mavjud. Yangi yaratilayotgan benzinli dvigatelning boshqarish dasturi uni ishlab chiqarish jarayonida o‘tkazilgan sinov natijalari asosida tuziladi. Dvigatel maxsus qurilmaga o‘rnatilib uni ishlatish davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha sharoit va rejimlarda sinaladi. Har bir eksperimental nuqta uchun o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining eng manfaatli qiymati tanlanadi va qayd qilinadi. Shu tarzda, o‘t oldirishni ilgarilatish burchaklarining eng manfaatli qiymatlarining ko‘p sonli to‘plami yaratiladi. Bu to‘plamdagi o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining har bir qiymati kirish datchiklaridan kelayotgan signallarning ma’lum belgilangan qat’iy munosabatlariga to‘g‘ri keladi. Bu raqamlar to‘plami protsessorning doimiy hotira qurilmasiga «tikib qo‘yiladi» va dvigatelni real sharoitlarda ishlatish jarayonida o‘t oldirish daqiqasini aniqlash uchun tayanch ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.


MPO‘OT ga asosiy datchiklardan tashqari qo‘shimcha datchiklar o‘rnatilsa (masalan, detonatsiya datchigi), bu datchiklardan kelayotgan signallarga ko‘ra protsessorda shakllantiralayotgan o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi qiymatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Zamonaviy avtomobillarda MPO‘OTning barcha boshqarish vazifalari bortdagi markaziy kompyuterga integrallashgan va o‘t oldirishni boshqaruvchi alohida blok bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday hollarda ichki yonuv dvigatellarini avtomatik boshqarish tizimiga o‘rnatilgan datchiklar bir vaqtni o‘zida o‘t oldirish daqiqasini aniqlash uchun ham xizmat qiladi. O‘t oldirishning asosiy signali elektron kommutatorga bevosita bortdagi kompyuterdan uzatiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, MPO‘OTda yuqori kuchlanish asosan statik yo‘l bilan taqsimlanadi va bu usul silindrlardagi o‘t oldirish daqiqasini belgilashni juda katta aniqlik (0,3…0,50) bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Yuqori kuchlanishni statik taqsimlash bir necha usul bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • ikki yuqori kuchlanishli chiqish joyiga ega bo‘lgan o‘t oldirish g‘altagi yordamida;

  • to‘rtta yuqori kuchlanishli chiqish joyiga ega bo‘lgan o‘t oldirish g‘altagi yordamida, ya’ni 4 silindrga bitta g‘altak. Bu sxemani amalga oshirish uchun har bir silindrga boruvchi zanjirga yuqori voltli yarim o‘tkazgichli diodlar o‘rnatiladi;

  • har bir silindr uchun alohida o‘t oldirish g‘altagi o‘rnatish yo‘li bilan.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish