Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi



Download 15,88 Mb.
bet41/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. O‘t oldirish kaliti 2 ulanganda, tok akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi, o‘t oldirish kaliti 2, qo‘shimcha qarshilik 4, o‘t oldirish g‘altag 5 ining birlamchi chulg‘ami va uzgich kontaktlari 7, 8 (ular tutash bo‘lganda) orqali massaga o‘tadi va massadan batareyaning manfiy qutbiga qaytib keladi. Birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok uning atrofida magnit maydon hosil qiladi. Maydon kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagining har ikkala chulg‘amini kesib o‘tadi va g‘altak o‘zagi orqali tutashadi. Aylanayotgan kulachok kontaktlarni uzganda, birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va natijada u hosil qilgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi. Yo‘qolib borayotgan magnit maydon har ikkala chulg‘amda o‘zinduksiya EYUK hosil qiladi va elektromagnit induksiya qonuniga asosan uning kattaligi magnit maydonning yo‘qolish tezligiga va chulg‘amlardagi o‘ramlar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Natijada, o‘ramlar soni juda ko‘p bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amda, o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tishga yetarli bo‘lgan, 15000-20000 V kuchlanish induksiyalanadi va taqsimlagich rotori 11 orqali o‘t oldirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi silindrdagi shamga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli tok sham elektrodlari orasidagi tirqishdan uchqun sifatida o‘tib, massa, akkumulatorlar batareyasi va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga qaytib keladi.
Kontaktlar uzilganda, birlamchi chulg‘amda ham kattaligi 200-400 V ga etadigan, yo‘nalishi birlamchi tok yo‘nalishida bo‘lgan va uning yo‘qolishiga qarshilik ko‘rsatadigan o‘zinduksiya EYUKi hosil bo‘ladi. Bu EYUKi, uzgich kontaktlari uzilganda, ular orasida kuchli elektr yoyini hosil qilib kontaktlarning kuyishiga va ularning juda tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu zararli jarayonning oldini olish uchun uzgich kontaktlariga parallel ravishda kondensator 14 ulanadi. Bu holda birlamchi chulg‘amda hosil bo‘lgan o‘zinduksiya EYUK kondensator 14 ni zaryadlaydigan tok hosil qiladi. Keyingi davrda kondensator o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami, qo‘shimcha qarshilik 4 va akkumulatorlar batareyasi 1 orqali, ya’ni birlamchi tok yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda razryadlanadi. Shunday qilib, uzgich kontaktlariga parallel ulangan kondensator, birinchidan kontaktlar orasida uchqun hosil bo‘lishini deyarli bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini oshirsa, ikkinchidan birlamchi zanjirdagi tokni va demak, magnit maydonni yo‘qolishini tezlatish hisobiga ikkilamchi chulg‘amda induksiyalanadigan yuqori kuchlanishni ma’lum darajada orttirishga yordam beradi.
Qo‘shimcha qarshilik 4 dvigatelni ishga tushirish vaqtida o‘t oldirish tizimining me’yorida ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, startor ulanganda (ayniqsa, qishda) akkumulatorlar batareyasining kuchlanishi belgilangan chegarada, keskin kamayadi. Natijada, akkumulatordan tok iste’mol qiluvchi o‘t oldirish g‘altagida induksiyalanadigan yuqori kuchlanish qiymati ham kamayib ketadi va bu silindrlardagi ishchi aralashmani o‘t oldirishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish maqsadida startor ulanishi bilan bir vaqtda o‘t oldirish kaliti yoki startor relesiga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar 3 ulanib, qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi. Shu tarzda, dvigatel startor yordamida ishga tushirilayotgan vaqtda, tok akkumulatordan o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik 4 orqali emas, balki qo‘shimcha kontaktlar orqali o‘tadi. Bu esa o‘t oldirish g‘altagida talab qilingan darajada yuqori kuchlanish induksiyalanishini va o‘t oldirish tizimi-ning startor ulangan vaqtda ham ishonchli ishlashini ta’minlaydi.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish