Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Kontaktli o‘t oldirish tizimi



Download 15,88 Mb.
bet40/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

Kontaktli o‘t oldirish tizimi
Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi

Avtomobil transporti taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan avtomobillarda, o‘t oldirish tizimining tok manbai vazifasini faqat akkumulatorlar batareyasi bajargan. Keyinchalik akkumulator bilan parallel ravishda generator ham ishlatila boshlandi. Lekin hozirgi kungacha "batareyali o‘t oldirish tizimi" degan atama keng ishlatilmoqda. Bu 50 yildan ortiq vaqt mobaynida avtomobillarda qo‘llanilgan yagona o‘t oldirish tizimi bo‘lib keldi va kelgusida yaratilgan yangi, takomillashgan o‘t oldirish tizimlarga asos bo‘ldi. Natijada, bu tizim "klassik o‘t oldirish tizimi" deb ham atala boshlandi. Oxirgi vaqtlarda, yarim o‘tkazgichlar qo‘llanilgan turli xil o‘t oldirish tizimlari paydo bo‘lishi munosabati bilan batareyali (yoki klassik) o‘t oldirish tizimi tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini eng to‘la aks ettiradigan "kontaktli o‘t oldirish tizimi" atamasi tobora ko‘proq ishlatilmoqda.


Kontaktli o‘t oldirish tizimining prinsipial sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan va u quyidagi asosiy elementlardan iborat: akkumulatorlar batareyasi 1, o‘t oldirish kaliti 2, o‘t oldirish g‘altagi 5, bir o‘qqa o‘tkazilgan uzgich-taqsimlagich 6-12, kondensator 14 va o‘t oldirish shamlari 13.
O‘t oldirish g‘altagi tok manbaining past kuchlanishini yuqori kuchlanishga aylantirib berish uchun xizmat qiladi va u o‘zakka o‘ralgan ikkita chulg‘amdan iborat. Birlamchi chulg‘am o‘ramlar soni kichik bo‘lib, u nisbatan yo‘g‘on simdan, ikkilamchi chulg‘am o‘ramlar soni, aksincha juda katta bo‘lib u ingichka simdan o‘raladi. O‘t oldirish g‘altak chulg‘amlari avtotransformator sxemasi bo‘yicha ulangan, ya’ni birlamchi chulg‘amning oxiri ikkilamchi chulg‘amning boshiga tutashtirilgan.
Klassik o‘t oldirish tizimidagi uzgich - aylanuvchi kulachok 9, pishangchaga o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi 7 va massaga ulangan qo‘zg‘almas kontakt 8 lardan iborat mexanik moslamadir. Uzgich kulachoklari qirralarining soni dvigatel silindrlari soniga teng. Pishangcha o‘z o‘qi atrofida harakatlana oladi va u, uzgich kulachoklari qirralariga qadalib turadigan tekstolit yostiqcha bilan ta’minlangan. Uzgich kulachogi aylanib, kontaktlarni navbatma-navbat uzib-tutashtirib turadi.


Taqsimlagich aylanuvchi rotor 11, taqsimlagich qopqog‘iga o‘rnatilgan qo‘zg‘almas yon kontaktlar 12 va markaziy elektroddan iborat. Yon kontaktlar silindrlar soniga teng bo‘lib, ular yuqori voltli o‘tkazgichlar yordamida taalluqli o‘t oldirish shamlari bilan tutashtirilgan. Taqsimlagichning markaziy elektrodi yuqori voltli o‘tkazgich vositasida o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami bilan ulangan. Yuqori kuchlanish rotorga markaziy elektrod orqali sirpanuvchi ko‘mir kontakt yordamida uzatiladi. Uzgich kulachogi 9 va taqsimlagich rotori 11 bir valga o‘rnatilgan bo‘lib, harakatni tishli uzatma orqali dvigatelning gaz taqsimlash validan oladi va demak, tirsakli valga nisbatan ikki marta kichik tezlik bilan aylanadi.

Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish