Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi



Download 15,88 Mb.
bet36/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

11-Mavzu. Ishga tushirishni yengillashtirish


I. Mavzu rejasi:
1. Elektrdan o‘t oldirish tizimining vazifasi va komponovka sxemalari.
2. Starterlar.
3. O‘t oldirishni osonlashtirish vazifalari.
4. Elektrdan o‘t oldirish tizimining nosozliklari va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish.


II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, uzgich-taqsimlagich, o‘t oldirish svechalari, kondensator, o‘t oldirish kaliti, o‘t oldirish tizimi, starter, nazorat-o‘lchov asboblari, tok manbai, klemma, magnitoelektr datchik, chulg‘am, magnit maydon, EYUK, yonilg‘ining to‘la yonmasligi, markaziy elektrod materiali.


III. Maqsad:
Talabalarda elektrdan o‘t oldirish tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.


IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar

    1. O‘t oldirish tizimi qanday uskunalardan tashkil topgan?

    2. Uzgich-taqsimlagich qanday vazifani bakaradi?

    3. Starterning asosiy vazifasi nima?

    4. Dvigatel ishga tushgandan keyin starterning holatini ayting.

    5. Nima sababdan lektron o‘t oldirish tizimiga o‘tildi?

    6. Elektron o‘t oldirish tizimining asosiy afzalliklari nima?

    7. O‘t oldirish tizimida qanday nosozliklar uchraydi?

    8. Kommutatorning ishdan chiqish sabablarini aytib bering?

Atrof muhit harorati past bo‘lganda dvigatellarni ishga tushirishni yengillatish uchun turli xil cho‘g‘-lanish shamlari, dvigatel silindrlariga kirayotgan havo isitkichlari va yonish kamerasiga maxsus moslamalar yordamida purkaladigan, tez alanga oluvchi suyuqliklar qo‘llaniladi. Ishga tushirishni yengillatuvchi vositalar ko‘proq dizel dvigatellarida tatbiq etilgan.


Yonish kamerasi ajratilgan dizel dvigatellarini past temperaturada ishga tushirishni yengillatish uchun ularning old yoki uyurma kamerasiga qizdirish elementi ochiq yoki yopiq (shtiftli) turdagi cho‘g‘lanish shamlari o‘rnatiladi. Cho‘g‘lanish elementi ochiq bo‘lgan shamlarni (2.19-a rasm) yonish kamerasiga joylashtirilayotganda, uning qizib turgan spirali - 3 purkalanayogan yonilg‘i konusidan tashqarida bo‘lishiga erishish zarur. Aks holda, yonilg‘i qizigan spiralga tushib o‘t olish jarayoni bir muncha tezlashsa ham, shamlar tez ishdan chiqadi. Cho‘g‘lanish elementi ochiq bo‘lgan shamlar ikki qutbli qilib tayyorlanadi, ya’ni spiralining ikkala uchi ham qobiqdan izolyatsiya qilinadi. Sham spirali 40-60 s vaqt ichida 1000-11000S gacha qiziydi va 1,7 V kuchlanishda 50 A gacha tok iste’mol qiladi. Shtiftli shamlarning (2.19-b rasm) cho‘g‘lanish elementi - 3, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan material bilan to‘ldirilgan himoya qobig‘i 5 ga joylashtiriladi. Sham qobig‘i temir-nikel-xrom qotishmasi bo‘lgan inkoneldan tayyorlanadi.Yonish kamerasiga o‘rnatilgan shtiftli shamlar qobig‘ining qizib turgan uchi purkalanayotgan yonilg‘i chegarasida bo‘lishi kerak. Shtiftli shamlarning mexanik mustahkamligi va ishlash muddati yuqori bo‘ladi. Ular odatda bir qutbli (cho‘g‘lanish elementining ikkinchi uchi "massa" ga ulanadi) qilib ishlanadi va kuchlanishning 24 va 12 V qiymatiga mos ravishda 5 va 10 A tok iste’mol qiladi. Cho‘g‘lanish shamlari yordamida dizel dvigatellarni, atrof muhit harorati 10-150S, tirsakli valning aylanish chastotasi 60-80 min-1 bo‘lganda ishga tushirishni ta’minlashi mumkin. Dizel dvigatellarida silindrlarga kirayotgan havo haroratini ko‘tarib, yonilg‘i o‘t olishini yengillashtirish uchun kiritish kollektorlariga isitkich shamlari o‘rnatiladi. Quvvati 400 Vt, iste’mol toki 45-50 A bo‘lgan SN-150 belgili isitkich shamining (2.20-a rasm) spirali akkumulatorga ulangandan 40-60 s o‘tgandan keyin 900-10000S gacha qiziydi. Bu isitkich shamlari kiritish kollektorining bosh qismida yoki silindrlarga bo‘lingan joylarga o‘rnatiladi. Gardishli isitkich shamlarining (2.20-b
rasm) spirali 1 ning yuzi nisbatan katta bo‘lganligi va u havo oqimining markaziga joylashtirilganligi tufayli bu turdagi isitkichlarni silindrga kirayotgan havoni bir muncha yuqori darajada isitadi. Gardishli isitkich shamlari, odatda, kiritish kollektorining ajraladigan joylariga qotiriladi. Isitkich shamlar yordamida silindrlarga kirayotgan havo haroratini 20 - 350S gacha orttirish, dvigatelni ishga tushirish minimal temperaturasini 5- 100S ga pasaytirish mumkin.
Ammo isitkich shamlar quvvatining nisbatan pastligi (400-1000 Vt) , kiritish kollektoridagi issiqlik isrofining kattaligi, ularning ishlatilish doirasining ish hajmi 5 l dan katta bo‘lmagan dvigatellar bilan cheklaydi.
Katta ish hajmiga ega bo‘lgan dizellarni ishga tushirish uchun elektr mash’alli shamlar qo‘llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishdan avval shamning cho‘g‘lanish spiraliga tok yuboriladi va u qizdiriladi. So‘ngra maxsus elektromagnit klapan ochilib, qizib turgan spiralga yonilg‘i purkaladi. Yonilg‘i bug‘lanadi, kirayotgan havo bilan aralashadi va alanga oladi. Hosil bo‘lgan mash’ala silindrlarga kirayotgan havoni isitib, dvigatel ishga tushishini yengillashtiradi. Bu havo isitkichlar sovuq dvigatelni ishga tushirish minimal temperaturasini 10-150S gacha pasaytirish imkonini beradi.
Dvigatellarni ishga tushirishni yengillatuvchi usullardan yana biri, bu yonish kamerasiga tez alanga oluvchi suyuqliklarni purkashdir. Hozirgi vaqtda benzinli dvigatellarni ishga tushirishni yengillatish uchun tarkibida dietil efir (45-60%), gaz benzini (35-55%), izopropilnitrat (1-1,5%) va yeyilishga, oksidlanishga qarshi qo‘shimchalari ( 2,5% ) bo‘lgan "Arktika" nomli tez alanga oluvchi suyuqlik qo‘llaniladi. Dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan shunga o‘xshash suyuqlik "Xolod D-40" tarkibiga ham dietil efir (58-62%), izopropilnitrat (13-17%) va kema gaz turbinalarining moyi (8-12%) kiradi. Ishga tushirish suyuqligi silindrlarga bevosita asosiy yonilg‘i bilan birga yoki maxsus moslamalar yordamida kiritish kollektoriga purkalishi mumkin.
Bundan tashqari, dvigatellarni ishga tushirishni yengillatish uchun karterdagi moyni yoki sovitish tizimidagi suyuqlikni isitish kabi boshqa usullar ham mavjud.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish