Laboratoriya ishi - № 6 Mavzu: Elektr benzin nasos ishini tekshirish I. Ish hajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat mustaqil ishga mo’ljallangan.
II. Ishni bajarishdan maqsad: Elektr benzin nasosning vazifasi, ish rejimlari va tuzilishini o’rganish.
Elektr benzin nasos nuqsonlarini aniqlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Elektr benzin nasosga texnik xizmat ko’rsatish va sinash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
III. Ishni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar
Chiqindi gazlar zaharliligining eng past qiymati Yonilg`i tarkibi - stexiometrik tarkibga, ya`ni Yonilg`i va havoning nisbati 1:14,7 ga yaqin bo`lganda ta’minlanadi. Shuning uchun amalda ishlatilayotgan va optimal boshqarish prinsipiga asoslangan Yonilg`i purkash tizimlarida teskari aloqa parametri sifatida chiqindi gazlarning kimyoviy tarkibi olinadi. Chiqindi gazlarning tarkibini aniqlash uchun kislorod datchigi (-zond) ishlatiladi. Bu datchik dvigatelning chiqarish kollektoriga ohrnatilib u chiqindi gazlar tarkibidagi kislorodning miqdoridan ta’sirlanadi. Kislorod miqdorini havoning ortiqlik koeffitsientiga proporsionalligidan foydalanib yonilg’i-havo aralashmasining holati aniqlanadi.
Yonilg’i-havo aralashmasi tarkibining teskari aloqa yordamida boshqarish tizimining sxemasi 7.2-rasmda keltirilgan. 3 komponentli katalitik neytrallagich 12 yordamida chiqindi gazlardagi zaharli moddalar SO, NS va NO dan yuqori darajada tozalanishini ta’minlash uchun dvigatelni turli rejimlarida havoni ortiqlik koeffitsientini aniq rostlab, Yonilg`i aralashmasini tarkibini stexiometrik nisbatga maksimal yaqinlashtirish zarur. Chiqarish kollektoriga ohrnatilgan kislorod datchigi 13 ( - zond) yordamida chiqindi gazlar tarkibidagi kislorod miqdori aniqlanadi va bu signal elektron boshqarish blokiga (EBB) uzatiladi. Agar Yonilg`i aralashmasining tarkibi stexiometrik nisbatdan farq qilsa, EBB dvigatelga uzatilayotgan Yonilg`i miqdorini o’zgartirish hisobiga Yonilg`i aralashmasi tarkibini stexiometrik tarkibga yaqinlashtiradi.
O`zDEUavto qohshma korxonasining Neksia rusumli avtomobil dvigatellari ham taqsimlangan ko’p nuqtali elektron boshqariladigan Yonilg`i purkash tizimi bilan jihozlangan. (7.3-rasm). Unda Yonilg`i purkash va o`t oldirish jarayonlarini bitta elektron bloki boshqaradi.
Neksia avtomobili Yonilg`i purkash tizimining o`ziga xos tomonlaridan biri unda havo sarfini o’lchash uchun qimmatbaho va murakkab termoaneomometrik havo o’lchagich ohrniga nisbatan arzon bo`lgan havoning absolut bosimi datchigi ishlatilgan. Bu datchik kiritish quviriga joylashtirilgan bo`lib undan kelgan ma’lumot asosida elektron boshqarish bloki dvigatelning aynan shu daqiqadagi ish rejimi uchun zarur bo`lgan Yonilg`i miqdorini aniqlaydi va injektorlarga boshqaruvchi signal yuboradi.