Tomatlarni yuvish
. Keltirilgan barra tomatlar tekshiruvdan o’tkandan so’ng gidrojeloblarga
tushiriladi. Gidrojeloblar metall yoki stementdan yasalgan bo’lib, suv va xom-ashyoni oqimi
tomon nishablangan, nishablanish balandligi xar 1m ga 10-12 mm ni tashqil qilgan zovurdir.
Tomatlar gidrojelobning tugash eridagi suv ajratgichga tushgan vaqtida suvdan ajraladi va
yuvish mashinasiga uzatiladi. Yuvish mashinasi ketma-ket qo’yilgan ikkita mashinadan iborat
bo’lib, unda xar qanday ko’zga ko’rinarli ifloslardan ( tuproq, kesak, qum v.b. mexanik
qo’shimchalar) va turli mikroorganizmlardan tozalash maqsad qilib qo’yilgan. Tomatlar yuvish
mashinasidan chiqadigan qismida yaxshilab chayiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |