5. HOMASHYO, YORDAMCHI MATERIALLAR VA TAYYOR MAHSULOTLAR TAVSIFI
Xalq xo‘jaligining yog‘ mahsulotlariga bo‘lgan extiyoji o‘simlik yog‘lari, mol yog‘lari, sariyog‘ va shunga o‘xshash yog‘lar hisobiga qondiriladi. Yog‘larning bir qismigina (molyog‘i, sariyog‘) qattiq holatda bo‘lib, qolgan ko‘p qismi suyuq holda bo‘ladi. O‘simlik yog‘lari esa iqlimiy sharoitlarga qarab yer sharining turli nuqtalarida turlicha holatda tarkib topadi. Masalan, tropik mamlakatlarda palma, kokos yog‘lari qattiq holda bo‘ladi. Kungaboqar, paxta, soya, raps va boshqa o‘simlik yog‘lari suyuq holatda ishlab chiqariladi. Qattiq yog‘larga bo‘lgan extiyojni o‘simlik yog‘larini gidrogenlab salomas ishlab chiqarish evaziga qoplanadi. Qattiq yog‘lar sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin, xo‘jalik va atir sovunlar, stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi.
Yog‘ xomashyosi
O‘simlik yog‘ va moylari Hayvon yog‘lari
Do'stlaringiz bilan baham: |