2-ISH: SAXAROZA MIQDORINI ANIQLASH
Saxaroza o’simliklarda keng tarqalgan shakarlardan hisoblanadi. U
qaytaruvchanlik xususiyatiga ega emas. Saxarozani kimyoviy usulda aniqlash
uchun turli xil gidroliz usullaridan foydalaniladi. Saxaroza odatda fermentativ yoki
kislotali gidroliz yo’li bilan fruktoza va glyukozagacha parchalanadi. Gidroliz
mahsuloti hisoblangan monosaxaridlarning qaytaruvchanlik xususiyatiga qarab
saxarozaning miqdori aniqlanadi.
Saxarozani suvli ekstraktlarda aniqlash birmuncha qiyin, chunki bunday
ekstrakt tarkibida boshqa yuqori molekulali polisaxaridlar ham bo’lib, ularning
gidrolizlanishi natijasida ham qaytaruvchan shakarlar xosil bo’ladi. Bunday suvli
ekstraktlarni filtrlash birmuncha qiyindir. SHu sababli saxarozani aniqlashda
spirtli ekstraktlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Reaktivlar:
Bertran usuli bo’yicha shakarlarni aniqlashda qo’llaniladigan
barcha reaktivlar. Natriy ishqorining 4% li eritmasi, xlorid kislota (zichligi 1,19).
Metil qizil.
Ishning borishi.
Tekshirilayotgan o’simlik materialidan 10-25 g olib, chinni
xavonchada shisha kukunlari bilan bir xil massa xosil bo’lguncha 5-10 ml 96% li
etil spirti yordamida eziladi.
So’ngra
ezilgan massa hajmi 200 ml li kolbaga
quyiladi. CHinni xavoncha yana 10-15 ml spirt bilan yuviladi va u ham kolbaga
quyiladi. Ekstraktsiya uchun olingan spirtning kontsentratsiyasi 75-80% dan
oshmasligi kerak. Kolbadagi ekstrakt 75-80°S haroratli suv hammomida 30 minut
davomida ushlab turiladi. Keyin u boshqa kolbaga filtrlanadi. Qolgan material
yana 1-2 marta spirt yordamida ekstraktsiya qilinadi va hamma ekstraktlar
birlashtiriladi. Ekstraktlar tarkibidagi spirt maxsus sovitgich va suv hammomi
yordamida haydaladi (vakuum ostida). Kolba tagida kolgan spirtli ekstrakt suv bilan
chiziqqacha to’ldiriladi. Tayyorlangan ekstraktdan 25 ml olib hajmi 50 ml o’lchov
kolbaga quyiladi va 67-70° S haroratli suv hammomida 10 minut ushlanadi. So’ngra
kolbaga 1,5 ml xlorid kislota (zichligi 1,19) qo’shiladi. Bunda kolbadagi kislota
kontsentratsiyasi taxminan 2% ga yaqin bo’ladi. Gidroliz 67-70°S haroratda 6-7
minut davom etadi. Gidroliz tamom bo’lgach kolba tezda sovuq suv yordamida uy
haroratigacha sovitiladi va 4-5 tomchi metil qizil qo’shiladi. So’ngra kolbadagi
suyuqlik 4% li o’yuvchi natriy bilan to’qsariq rang hosil bo’lguncha neytrallanadi.
Bunda ishqorni asta-sekin tomchilab qo’shish kerak. Neytrallangan eritma suv
yordamida chiziqqacha to’ldiriladi. SHakar mikdori Bertran usulida aniqlanadi. Bunda
ekstrakt tarkibidagi umumiy shakarlar yig’indisi (qaytaruvchan shakarlar saxaroza)
topiladi. Saxaroza miqdorini aniqlash uchun qaytaruvchan xususiyatiga ega bo’lgan
shakar miqdoridan umumiy shakar ayirib tashlanadi.
X= 2(A-V) • 0,95;
X - saxaroza miqdori, mg;
A - umumiy shakar, mg;
V - qaytaruvchan xususiyatiga ega bo’lgan shakar, mg.
Do'stlaringiz bilan baham: |