Bunda quyidagicha: chinni kosachalarni tekshirilayotgan maxsulotdan texnik tarozida 5-10 g olinadi. Namunaga bir xil miqdorda tozalangan qum solinadi va namuna massasi bilan teng miqdorda distillangan suv quyiladi. Aralashmani ikki qavat qilib quyilgan, dokaga solinadi, siqib olingan suyuqlikdan ikki tomchi refraktometr prizmasiga tomiziladi va ko’rsatgichi aniqlanadi.
Tajriba natijalarini xisoblash.
Quruq moddalar miqdorini quyidagi formula orqali xisoblanadi.
X2=2a
bu yerda: a-refraktometr ko’rsatkichi, xaroratga tuzatish koeffitsienti bilan; 2- aralashtirish darajasi.
Parallel olib borilgan tajribalar natijasining xatosi 0.2% dan oshmasligi kerak.
9-LABORATORIYA ISHI
MAVZU:UNNING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY
KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH
Unli pazandalik mahsulotlari un bilan birgalikda ancha miqdorda yo, tuxum va boshqa mahsulotlar qo’shib tayyorlangan pazandalik mahsulotlarining katta guruhini tashkil etadi.Unli
pazandalik mahsulotlari un bilan birgalikda ancha miqdorda yo, tuxum va boshqa mahsulotlar qo’shib tayyorlangan pazandalik mahsulotlarining katta guruhini tashkil etadi.
U n t u r l a r i. Un - kukunsimon maxsulot bo’lib, boshoqli donlar, marjumak va ayrim dukkakli ekinlar urugini yanchish natijasida olinadi. Un - non, bulka, konditer, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining asosiy xom ashyosi bo’lsa, bijgitish, kimyo va tuqimachilik sanoatlarida esa ikkilamchi xomashyo sifatida qo’llaniladi Mamlakatimizda va boshqa davlatlarda quyidagi un turlari ishlab chiqariladi: bugdoy, javdar, arpa, makkajo’xori, suli, marjumak, no’xat, soya, bugdoy-javdar va javdar-bugdoy unlari.
Bug’doy uni, avvalo yaxshi kupirgan govak non olinadigan un sifatida non maxsulotlari ishlab chiqarish sanoatida katta axamiyatga ega bo’lib, undan yuqori ozikaboplik qiymatiga ega bolgan, mazali non va bulka maxsulotlarining bir necha xil turlari tayyorlanadi. Bugdoy uni qandolatchilik sanoatida xam keng ko’lamda qo’llaniladi. Shuningdek, xamirli pazandalik maxsulotlari ishlab chiqarishda xam asosiy xomashyo bugdoy unidir.
Bugdoy unining quyidagi turlari olinadi: yormacha, oliy, birinchi, ikkinchi navli un. Respublikamizda ishlab chiq’arilayotgan bugdoy uni TSh 8-115:2004 texnik sharti, vitamin- mineral aralashmalar bilan boyitilgan bugdoy uni esa O,z DSt 1104:2006 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standartlarga binoan unlarning avvalo organoleptik ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |