OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
«OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI » KAFEDRASI
fanidan laboratoriya mashulotlari o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatma
5321000 – Oziq ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari) ta’lim
yo’nalishi talabalari uchun
Qarshi-2022
5321000 –Oziq ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
TUZUVCHILAR: dots.v.b N. X. Qobilova
kat.o‘q E.R.Raxmatov ass. Yu.X.Azimov
TAQRIZCHI: OOMT kafedrasi mudiri dots.v.b G’.O.Boqiyev
“Oziq ovqat texnologiyasi asoslari” fanidan uslubiy ko’rsatma “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi yig‘ilishida (Bayon № ___ _____ 2022 y), Sanoat texnologiyasi fakulteti Uslubiy komissiya yig‘ilishida (Bayon №____ ______ 2022 y) va Institut Uslubiy Kengashida (Bayon №____ ______ 2022 y) ko‘rib chiqildi va o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
KIRISH
Oziq-ovqat maxsulotlari odam organizmi uchun energiya manbai va to’qimalari uchun qurilish materiali sifatida zarurdir. Oziq-ovqat mahsulotlari murakkab kimyoviy tarkib va tuzilishga ega bo’lgan o’simlik va hayvon mahsulotlaridan ishlab chiqariladi. Bu xomashyolardan oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari ham murakkabdir.
Oziq-ovqat tovar maxsulotlarining yuqori sifatli bo’lishiga fizika va kimyo, mexanika va teplofizika, mikrobiologiya va biokimyo qonuniyatlariga asoslangan qayta ishlash usullarini qo’llash orqali erishiladi. Shuning uchun oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlarida qo’llaniladigan xomashyo, ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari va chiqindilari, hamda sanoatning turli yo’nalishlarida qo’llaniladigan texnologik jarayonlarning umumiy savollari va nazariy asoslarini o’rganish bilan birga yog’ va moylar, don mahsulotlari, go’sht, sut va konservalangan mahsulotlar, sharobchilik va bijish mahsulotlari ishlab chiqarishning printsipial sxemalarini o’rganish zarurdir.
Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari kursi talabaning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni o’tishiga, texnologiyaning maxsus kurslarini o’qishiga hamda texnik ijod qilishga tayyorgarligini oshirishi bilan bir vaqtda, tanlangan soxa yunalishidan boshqa turdosh oziq-ovqat sanoati texnologiyalari haqida tushunchaga ega bo’lishiga yordam beradi.
Tajriba mashulotlarida oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlari xom ashyolari tayyor mahsulotlarining texnologik ko’rsatkichlari va sifatini baholashda qo’llaniladigan taxlil usullari o’rganilib, amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi.
1-LABORATORIYA ISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |