Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qaysi biri samaraliroq? - Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning demokratik va avtoritar usullari mavjud. Ba’zi bir tadqiqotchilar demokratik usulni yoqlaydilar. O‘z fikrining isboti sifatida ular quyidagi argumentlarni keltiradilar: noto‘g‘ri qaror qabul qilish xavfi kamayadi, muhokama jarayonida muammo echimining yangi yoki o‘rindosh usullari paydo bo‘ladi, individual tahlilda ko‘rib bo‘lmaydigan har bir odamning qiziqish va pozitsiyasini hisobga olish imkoni bo‘ladi. Shu bilan birga K.Levinning konsepsiyasi o‘zining aniqligi, soddaligi, ishonchliligiga qaramay qator kamchiliklarga ega ekanligini keyingi tadqiqotlar ko‘rsatdi, ularni sanab o‘tamiz:
- Boshqaruvning demokratik uslubi avtoritar uslubga nisbatan har doim ham samarali emasligi isbotlandi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarining ikkala uslubda ham bir xilligini K.Levinning o‘zi aniqlagan.
- Ba’zi vaziyatlarda avtoritar boshqaruv uslubi demokratik uslubdan samaraliroq ekani aniqlandi.
Bularni quyidagi vaziyatlarda ko‘rishimiz mumkin… - Tezda qaror qabul qilish talab etilsa (favqulodda vaziyatlarda);
- Ishchilarning malakasi va ularning umumiy madaniyat darajasi past bo‘lganda (ishchilarning rivojlanish darajasi bilan avtoritar boshqaruv uslubi orasida teskari bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan);
- Agar buni shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari talab etsa ba’zi odamlarning o‘zlarining psixologik o‘ziga xosligiga ko‘ra, ularni avtoritar uslubda boshqarishlarini hohlaydilar.
Boshqaruvning ushbu 2 uslubi alohida ravishda uchramasligi aniqlandi. Har bir rahbar o‘zining shaxsiy xususiyatlari va vaziyatlarga qarab ham demokrat ham avtoritar bo‘ladi. Ba’zida rahbar qanday boshqaruv uslubiga yondashayotganini aniqlash qiyin bo‘ladi. Boshqaruv uslubining shakl va mazmuni mos kelmagan hollar ham bo‘ladi: mazmuniga ko‘ra avtoritar rahbar tashqi tomondan o‘zini demokratik tutadi (kuladi, takalluf qiladi, bahsda ishtirok etganlarga tashakkur bildiradi, ammo bahs boshlanguniga qadar qarorni o‘zi qabul qiladi) yoki teskarisi. - Boshqaruvning ushbu 2 uslubi alohida ravishda uchramasligi aniqlandi. Har bir rahbar o‘zining shaxsiy xususiyatlari va vaziyatlarga qarab ham demokrat ham avtoritar bo‘ladi. Ba’zida rahbar qanday boshqaruv uslubiga yondashayotganini aniqlash qiyin bo‘ladi. Boshqaruv uslubining shakl va mazmuni mos kelmagan hollar ham bo‘ladi: mazmuniga ko‘ra avtoritar rahbar tashqi tomondan o‘zini demokratik tutadi (kuladi, takalluf qiladi, bahsda ishtirok etganlarga tashakkur bildiradi, ammo bahs boshlanguniga qadar qarorni o‘zi qabul qiladi) yoki teskarisi.
- Bundan tashqari ko‘p narsa vaziyatga bog‘liq: bir vaziyatda rahbar avtoritar harakat qilsa, boshqasida demokratik. Shunday qilib, boshqaruv samaradorligi rahbar ish uslubiga bog‘liq emas, demak, bu qaror qabul qilish boshqaruv usuli samaradorligi sifatida qo‘llanilmasligini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda rahbar qanday avtoritar yoki jamoaviy tarzda qaror qabul qilmagan bunga bog‘liq bo‘lmagan holda boshqaruv samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |