Odamning shaxsi va xulq-atvor motivlarini birinchilardan bo‘lib, avstriyalik vrach- psixiatr psixoanaliz ta’limotining asoschisi Zigmund Freyd tadqiq etishga harakat qildi. U har bir psixik holat o‘z sababiga ega va inson hulq-atvori ko‘proq ongosti jarayonlarga bog‘liq deydi. - Odamning shaxsi va xulq-atvor motivlarini birinchilardan bo‘lib, avstriyalik vrach- psixiatr psixoanaliz ta’limotining asoschisi Zigmund Freyd tadqiq etishga harakat qildi. U har bir psixik holat o‘z sababiga ega va inson hulq-atvori ko‘proq ongosti jarayonlarga bog‘liq deydi.
- Odamlarning xulq-atvor intiluvchanligi psixoanaliz nazariyasining asosi hisoblanadi. Freyd har qanday san’atning tagida qondirilmagan ehtiyojlar yotadi deydi. Bu ehtiyojlar sublimatsiya qilinadi ya’ni qondirilmagan ehtiyoj energiyasi ijodga ko‘chiriladi.
- Ammo sublimatsiya - inson shaxsini yaratishda namoyon bo‘ladigan instinktiv intilish bo‘lib, uning bir himoya vositasidir. Himoyaning nevrotik turi ham rahbar ham xodim faoliyatiga halal beradi. Bunday himoya vositalari aniq ma’lumotlarni hal etish o‘rniga odamni muammolardan uzoqlashtiradi. Odamlar orasidagi muloqotdagi ko‘plab muammolar ijtimoiylashuvning yoqimsiz jarayoni asosiga ega. Agar shaxs rivojlanishida aniqlangan bosqich muvaffaqiyatsiz kechsa, katta odamning hayotiy qiyin vaziyatlarda ma’lum bir yoshdagi bola kabi faoliyat ko‘rsatish fiksatsiyasi vujudga keladi.
Yung ekstroversiya va introversiya jarayonlari siqilib, kengayib turuvchi yurak faoliyatini eslatib turadi -deb ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda inson faoliyati tashqari va ichkariga tebranib turadigan mayatnikni esga soladi. Ammo bu noto`g`ri mayatnik hisoblanib, u yoki bu holatda o‘z joyida qoladi. Shuning uchun odamni ekstrovert yoki introvert tipiga tegishli deb aytishimiz mumkin. Kimlarnidir butun dunyo qiziqtiradi, kimlarni esa faqat o‘zining ishi, sog‘lig‘i va o‘z muammolarigina qiziqtiradi. Boshqaruvda bu ikki tip bir-biri yaxshi tushunmasligini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun psixologlar ekstrovertlar blan suhbatlashayotganda ularning tipi bilan ya’ni ularning diqqatini jestlar, mimika va pantomimika bilan to‘ldirishni maslahat beradilar. Introvertlar esa axborotni qabul qilishda bunday qo‘shimcha faktorlarga e’tibor bermaydilar, bu ularga halaqit beradi. Ularga axborotni ifodalashning maqsadi uning ehtiyojlariga bog‘liqligi muhim. - Yung ekstroversiya va introversiya jarayonlari siqilib, kengayib turuvchi yurak faoliyatini eslatib turadi -deb ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda inson faoliyati tashqari va ichkariga tebranib turadigan mayatnikni esga soladi. Ammo bu noto`g`ri mayatnik hisoblanib, u yoki bu holatda o‘z joyida qoladi. Shuning uchun odamni ekstrovert yoki introvert tipiga tegishli deb aytishimiz mumkin. Kimlarnidir butun dunyo qiziqtiradi, kimlarni esa faqat o‘zining ishi, sog‘lig‘i va o‘z muammolarigina qiziqtiradi. Boshqaruvda bu ikki tip bir-biri yaxshi tushunmasligini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun psixologlar ekstrovertlar blan suhbatlashayotganda ularning tipi bilan ya’ni ularning diqqatini jestlar, mimika va pantomimika bilan to‘ldirishni maslahat beradilar. Introvertlar esa axborotni qabul qilishda bunday qo‘shimcha faktorlarga e’tibor bermaydilar, bu ularga halaqit beradi. Ularga axborotni ifodalashning maqsadi uning ehtiyojlariga bog‘liqligi muhim.
- Z.Freyd, K.Yungning fikrlari boshqaruv sohasidagilar uchun hamma hayotiy vaziyatlar uchun tayyor retseptni bermasada, ularga noadekvat harakatlarni tushunish, insonlarning ong osti xulq-atvorining sabablarini bilishga va ularni konfliktlarsiz boshqarishga yordam berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |