Biogeotsenoz - modda va energiya almashinuvi jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lgan jonli va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari majmuidir.
|
Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof va geterotrof organizmlarga bo’linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga kiradi. Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o’sha joyda o’sib unadigan o’simlik hamda hayvonlar bir-biriga monand va o’zaro bog’langan bo’ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar kishilar, muhit, hatto uzoq Koinotning ta‘siri ostida ham ro’y beradi.Biogeotsenozni o’rganish qishloq xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N.Sukachyov tomonidan kiritilgan. U biogeotsenozga quyidagicha ta‘rif bergan (biogeotsenologik tadqiqotlarning uslubi va dasturi, 1966 yil 14 betda shunday keltirilgan): «Biogeotsenoz - bu Yer yuzasining ma‘lum masofasidagi bir-biriga o’xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, tog’ jinslari, o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari)» majmuidir. Bu majmua uni tashqil etuvchi tarkibiy qismlar o’zaro ta‘sirining o’ziga xos alohida xususiyatiga hamda tarkibiy qismlar o’rtasida va ichki dialektik birlikda, doimiy harakatda va rivojlanishda bo’lgan boshqa tabiat hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir.
Bu har bir biogeotsenoz turining o’ziga xos alohida va issiqlik energiya hamda noorganik va organik moddalar muvozanatiga olib keladi. Shu bilan birgalikda biogeotsenoz doimiy harakatda, rivojlanishda va o’zgarishda bo’lgan ichki qarama-qarshi dialektik birlik to’g’risida tasavvurga ega.
Bunday ta‘riflashga biz ham umuman qo’shilgan holda, biogeotsenoz doimiy ravishda aniqlik kiritishni talab etadi. Birinchidan-biogeotsenoz -bu nafaqat ikki o’lchamli yuza (er yuzasi), u muayyan bir «chuqurlikka», uchinchidan fazoviy koordinataga (tirik organizmlar Yerning o’nlab va yuzlab metr chuqurlikka kirib boradi), mikroorganizmlarning strotosferaning ozonli qatlamiga hattoki undan ham yuqorida uchraydi. Ikkinchidan, ta‘riflashda mutlaqo ortiqcha «alohida» (o’ziga xos xususiyat) (o’ziga xos-o’ziga xos va boshqalar)ga o’xshash turlar mavjud. Uchinchidan, atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar ob‘ektlarini «tabiat hodisalari» emas, balki organizmlarni o’rab turuvchi muhit deb atash maqsadga muvofiqdir.
N.V.Timofeev - Resovskiy, N.N.Vorontsov va A.V.Yablokov (1977) biogeotsenozga birmuncha ixcham ta‘rif berishgan: «Biogeotsenoz yopiq bo’lmagan tizim to’g’risida tasavvurga ega bo’lib, fazo va vaqt bo’yicha barqaror tuzilishi, moddiy-energetik «kirish» va «chiqish»lari bo’lgan, o’zaro bir-biriga bog’liq zanjirdagi biogeotsenozlar to’g’risidagi keng tushunchalar bilan tavsiflanadi» (22 bet).
Biogeotsenoz komponentlari va ularning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi 1.3 rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |