Adaptatsiya – organizmlar, populyatsiyalar, turlar va jamoalarning tashqi muhit sharoitlariga moslashuvidir.
Adaptatsiyalar morfologik (masalan, organizmlar shaklini qayta qurish ahloqiy (boshpana qurish), fiziologik, iqlimli va xromatik chuqur qismida pigment tarkibning o’zgarishi) jihatdan farq qiladi.
O’simliklar uchun ayniqsa, morfofiziologik adaptatsiya xos bo’lib, u iqlimning noqulay harorati ta‘sirlaridan himoyalanish uchun shakllanadi. Ular asosan, har xil joylashgan kurtaklarning tiklanishi yoki yilning noqulay paytlarida yosh novdalarning joylashishida namoyon bo’ladi.
D.N.Qashqarov (1945) hayvonlarni suzib yuruvchi (suvli yoki yarim suvli), qazuvchi (absolyut va nisbiy yer qaziydigan), quruqlikdagi (uya qilmaydigan, uya qiladigan va qoyalarda yashaydigan) havoda va yog’ochga o’rmalab chiquvchi hayotiy shakllarga ajratadi.
1.12 Areal. Bu hududiy tushuncha.
Areal – o’simlik va hayvonlarning ma‘lum turi, turkum yoki oilasi tarqalgan cheklangan hudud bo’lib, bir-biri bilan uzviy bog’liq organizmlar yig’indisi.
|
Areal chegarasi tabiiy to’siqlarni (tog’lar, dengizlar, daryolar), hamda iqlim, tuproq, ozuqa resurslari va boshqa tabiiy omillar bilan belgilanadi.
Keng arealga ega bo’lgan organizmlar kosmopolit deb, uncha katta bo’lmagan maydonlarda yashovchilar esa endemiklar deb ataladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Tizim deganda nimani tushunasiz?
2.Tizim nazariyasining yaratuvchilaridan kimlarni bilasiz?
3.Tizimning ierarxik tuzilishini tushuntiring?
4.Emerjentlik xossalariga misol keltiring?
5.Tizimli tadqiqotlar majmuiga nimalar kiradi?
6.Tizimli yondashish deganda siz nimani tushunasiz?
7.Biologik tizim nima?
8.Biotizimning qanday xususiyatlari mavjud?
9.O’z-o’zini tashkil etish va o’z-o’zini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
10.Teskari aloqa nima?
11.Biotizimlarni qanday fan o’rganadi?
12.Populyatsiyaga ta‘rif bering?
13.Populyatsiyalarning bo’linishini ayting?
14.Populyatsiyalarning qanday guruhli xususiyatlarini bilasiz?
15.Panmiksiya nima?
16.Gomeostazga ta‘rif bering?
17.Gomeostaz mexanizmini tushuntiring?
18.Jamoa deganda nimani tushunasiz?
19.Qanday jamoalarni biotsenoz deb atash mumkin?
20.Ekotizimga ta‘rif bering?
21.Ekotizimda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?
22.Ekotizimlar qanday tasniflanadi?
23.Biogeotseoz nima?
24.Biogeotsenoz ekotizimdan nima bilan farq qiladi?
25.Biogeotsenozning tarkibiy qismlarini sanab o’ting?
26.Biogeotsenozdagi o’zaro munosabat xususiyatlari qanday?
27.Ekotizim populyatsiya bo’la oladimi?
28.Tsenopopulyatsiya va superpopulyatsiyalar nima?
29.Biomaga ta‘rif bering?
30.Qanday biomalarni bilasiz?
31.Ekologik makon to’g’risida nimani bilasiz?
32.Adaptatsiya nima?
33.Siz qanday hayotiy shakllarni bilasiz?
34.Arealga ta‘rif bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |