O’simliklar tsenopopulyatsiyasining bir uchastkadagi yig’indisi (biotopda) fitotsenozni, bir turli bir-biriga bog’liq tsenopopulyatsiyalar yig’indisi populyatsiyani tashkil etadi.
Ko’chib yuruvchi hayvonlarga nisbatan murakkabroq: hattoki bir-biriga aloqador bo’lmagan biogeotsenozlar yoki yirik landshaftli-geografik birlashmalar elementlari bo’lishi mumkin. Biroq o’simliklarga nisbatan bu oson emas. Xuddi shuning uchun V.N.Beklemishev (1960) «superpopulyatsiya» atamasini taklif etdi, bu atama - uzluksiz keng hududda joylashgan har-xil populyatsiya bo’lib, keng hududdagi qismlari bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lolmaydi. Yevro-Osiyoning shimoliy qismidagi hududlarida archa, qarag’ay, qayin, va boshqa turdagi o’simliklar ulkan superpopulyatsiyalar hisoblanadi. Bir-biridan uzoq bu turlarning jamoasi bir biri bilan erkin chatishish imkoniyatidan yiroq bo’ladi (panmikatsiya).
1.9 Biomalar. Biogeotsenozlar birmuncha yirikroq ekotizimlar jamoasiga birlashishi mumkin. Bu jamoa biom yoki formatsiya deb ataladi.
Biom - bu mikrotizim bo’lib, iqlim sharoitlari, energiya oqimlari, moddalar almashinuvi, o’simliklar turi va hayvonlar migratsiyasi bilan uzviy bog’langan biogeotsenozlar yoki bir muncha past darajadagi ekotizimlar to’g’risidagi tushunchani bildiradi.
|
Biomalar - yer, dengiz chuchuk suvli muhitlarga bo’linadi. Masalan tayga, dasht, tropik o’rmon, marjonli qoyalar majmuasi va boshqalar yer biomlari hisoblanadilar. Biomlarning global yig’indisi - Yer kurrasi biosferasini tashkil etadi.
1.10 Ekologik makon. Ekotizimlarda o’simliklar, hayvonlar va boshqa organizmlarning turi, ahamiyati va holati ekologik makon deb ataladi. Bu atamani fanga birinchi bo’lib, 1917 yili amerikalik olim I.Grinell taklif etgan.
Yu.Odum (1986) ekologik makonning uchta asosiy jihatlarini ajratadi: organizmlar joylashgan fizik fazo, ularning funktsional ahamiyati (masalan: jamoaning trofik holati) va tabiiy muhit gradientlariga nisbatan holati (harorat, yorug’lik, namlik va tashqi omillar).
Ekologik makon - fazoda qandaydir bir turning joylashgan o’rni bo’lib, muhit ko’rsatkichlarining yig’indisi, jamoadagi organizmlarning funktsional ahamiyati, ularning morfoto’zilish moslashuvi, fiziologik va hatti-harakatini ifoda etadi.
|
Bir tur ekologik makon doirasida boshqa tur bilan ozuqa va energiya manbalaridan foydalanishda raqobatlashmaydi. Har xil turlar turli geografik hududlarda bir xil ekologik makonni egallashi mumkin. Bunday turlar ekologik ekvivalent deb ataladi, masalan Avstraliyaning katta kengrusi Shimoliy Amerikaning antelop va bezonlar shu o’lka faunasining ekvivalentidir.
1.11 Hayotiy shakl. Yu.Odum quruqlikdagi biomalarni bog’lovchi va bog’lanishiga yo’l qo’yuvchi chegaralarni va yer ustidagi biomlarning tavsiflarini hayotiy shakl deb ta‘kidlaydi.
Муќитга турли œхшаш жиќатлари билан мослашуви натижасида келиб чиššан турлар гуруќи, асосий морфогенетик чегараси ва феъл-атвори белгилари билан бир-бирига яšин бœлишини ќаётий шакл деб аташ šабул šилинган.
|
Bunda har xil turlar muntazam munosabatdan uzoq bo’lishi mumkin, biroq bir xil adaptatsiyaga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |