1.1-rasm. Tirik materiya va uning muhit bilan o’zaro munosabatini anglatadigan ierarxik darajalar.
Har xil darajadagi biotizimlar turli xil fanlarni: genetika - genetik tizimlarni, tsitologiya – x¢jayralarni, fiziologiya organlarni o’rganish predmeti hisoblanadi. Birmuncha yuqori darajada tuzilgan biotizimlar bitta fan doirasida tadqiqot qilish imkoniyatiga ega emas. Shunday qilib, organizmlarni botanika, zoologiya, mikrobiologiya, mikologiya (zamburug’, qo’ziqorinlar to’g’risidagi fan), ихтиология (baliqchilik), ornitologiya (qushlar to’g’risidagi fan), antropologiya (insonlarni o’rganish) va boshqalarni o’rganadi.
Organizmlarni tur sifatida, muhit bilan o’zaro munosabatini autekologiya (alohida ekologiya) o’rganadi. Ekologiyaning predmeti muhim organizmlar tuzilishidan tashqari populyatsiya, ekotizim, butun biosferani o’zida mujassamlantiradi.
1.3 Muhim organizmli biotizimlar. Biotizimning quyi bosqichi (darajasi) populyatsiya hisoblanadi.
Populyatsiya - bu o’ziga o’xshashlardan ma‘lum belgilari bilan farqlanadigan, o’zidan keyin nasl qoldirish xususiyatiga ega, ma‘lum makonda tarqalgan bir turga mansub individlar yig’indisidir.
|
Ayrim hollardagina tur yagona panmikatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Ko’p hollarda esa u yuzlab, hatto minglab mahalliy panmikatsiyalarni o’z ichiga oladi. Panmikatsiyalardagi individlar bir-biridan yoshi,jinsi bilan, odatda, o’zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot bosqichining turli davrlariga, beqaror guruhchalarga (poda, to’da, oila va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi.
Populyatsiyalar lokal ma‘lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik qismlarga bo’linadi. Lokal populyatsiyalar deganda, biogeotsenozlarning iqlim, tuproq va boshqa sharoitlari bo’yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 1.6 qismda berilgan). Ekologik populyatsiya - biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyatsiyalar majmuidan iborat bo’lib, qo’shni populyatsiyalardan salgina ajralganligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun ham ular faqat muvaqqat o’ziga xos morfologik alomatlar bilangina farq qiladi. Jo’g’rofiy populyatsiya - jo’g’rofiy sharoiti bir xil bo’lgan kattaroq hududda yashaydigan populyatsiya tushuniladi. Ana shu hudud doirasida organizmlar urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa vazifalariga ko’ra xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bunday xususiyatlar boshqa jo’g’rofik sharoitda yashaydigan qo’shni hududdagi populyatsiyadan farq qiladigan morfofiziologik tur (tip) hosil qiladi.
Populyatsiya chidamliligi, tug’ilish, o’lish, o’sish, yoshiga qarab tuzilishi, fazoda taqsimlanishi va boshqa qator xossalari bilan tavsiflanadi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning yoshiga qarab tuzilishi hisoblanib, o’z navbatida tug’ilish va o’lishiga bog’liqdir. Rivojlanadigan, tez o’sadigan populyatsiyalarning katta ulushini yosh tashkil etadi. Barqaror holatdagi populyatsiyalarda yoshiga qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug’ilishi va o’lishi ham taxminan teng). Populyatsiyalarda yosh alohida yashaydigan organizmlar turining halok bo’lish ulushi kamayadi.
Populyatsiyalar ichida genetik ma‘lumotlar (panmiksiya) almashinishi u yoki bu darajada amalga oshiriladi.
Populyatsiya ta‘rifidan, shuningdek panmikatsiyaning mavjudligi uning ichida tirik organizmlar uzoq vaqt oralig’ida bir muncha yoki uzoq populyatsiya shaklida mavjud bo’lishi mumkin.
Populyatsiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati gomeostaz deb atalib, teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya kibernetik tizim xossasiga – o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tashkil etish va o’z-o’zidan ko’payishi qobiliyati ega bo’lishidir.
Gomeostaz –organizmning o’z ichki muhiti tarkibi va xossalarini doim bir me‘yorda, nisbiy dinamik turg’unlikda saqlay olish xususiyatidir. Gomeostaz asosida teskari aloqa printsipi yotadi.
|
Gomeostaz kontseptsiyasi F.Kliments tomonidan (1979) ishlab chiqilgan. Keyinchalik u ekotizimda qo’llanilgan.
Hayvonlar populyatsiyasining gomeostaz mexanizmi 1.2 rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |