О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 9.4. “YAngi industrial mamlakatlar”ning jaҳon xо‘jaligida tutgan о‘rni



Download 2,2 Mb.
bet77/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 9.4. “YAngi industrial mamlakatlar”ning jaҳon xо‘jaligida tutgan о‘rni
Jaҳon iqtisodiyoti va XIMda “YAngi industrial mamlakatlar”(“YAIM”) rivojlanayotgan davlatlarning kо‘pchiligidan iqtisodiy paramyetrlarining barcha sistyemalari bо‘yicha ajralib turadi.
“YAIM”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ҳam ajratib turishlidir. YA’ni, ularning rivojlanishi “YAngi industrial” rivojlanish modyeli sifatida mavjudligidir. Bunday xaraktyerli tomonlar, Lotin Amyerikasidagi va shuningdyek Osiyodagi “YAIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida kо‘zga tashlangan edi.
Lotin Amyerikasidagi “YAIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdyek Osiyodagi “YAIM”larning kо‘pchiligi ozodlikka erishgan jaҳonning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun xalq xо‘jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bо‘yicha ҳam, tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bо‘yicha ҳam, rivojlanishning о‘ziga xos namunasi bо‘lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “YAngi industrial mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koryeya, Tayvanь, Gonkong, Singapur, Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amyerikasidagi “YAIM”lar –Argyentina, Braziliya, Myeksika kabi mamlakatlar taalukqlidir. YUqorida sanab о‘tilgan barcha mamlakatlar “YAIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg‘ochlari ҳisoblanadi. Ularning orqasida “YAIM”ning sо‘nggi avlodlari (Filippin va Xitoyning janubiy chyegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda..
BMT tomonidan ishlab chiqargan myetodika bо‘yicha “YAIM”lar qatoriga kiruvchi davlatlar u yoki bu krityeriyalar bо‘yicha aloҳida ajralib turadi. Ular quyidagilardan iboratdir:

      • Aҳoli jon boshiga tо‘g‘ri kyeladigan yalpi ichki maҳsulotning miqdori bо‘yicha.

      • YAlpi ichki maҳsulotning о‘rtacha yillik о‘sish sur’atlari bо‘yicha.

      • YAlpi ichki maҳsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy miqdori bо‘yicha ( 20% atrofida bо‘lishi kyerak).

      • CHiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat maxsulotlarining ulushi va eksport miqdori bо‘yicha.

      • Xorijiy mamlakatlarga chiqariladigan tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri invyestiцiyalarning umumiy miqdori va ҳ.o.lar

“YAIM”lar ushbu kо‘rsatkichlar bо‘yicha nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim ҳollarda bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlardan ҳam ushbu kо‘rsatkichlar bо‘yicha ustunlikka egadir. Masalan, Tayvanь, 1952-1995 yillarda aҳoli jon boshiga yalpi ichki maҳsulot ҳajmini 170 marotaba о‘stirgan edi. (aҳolining о‘sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir). Tashqi savdo ҳajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning inflyaцiya darajasi о‘rtacha 3,6%ni, iqtisodiy о‘sishning о‘rtacha yillik sur’ati 8,7%ni tashkil etgan edi. Tayvanь iqtisodiy rivojlanish kо‘rsatkichlari bо‘yicha dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiritilgan bо‘lib, aҳoli jon boshiga tо‘g‘ri kyeladigan yillik daromad taxminan 12 ming dollarni tashkil qilgan edi.
SHunday qilib, 1960-1990 yillarda Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’ati ҳisoblab kо‘rilganda uning miqdori yiliga 5%ni tashkil etganligini kо‘rishimiz mumkin (bu kо‘rsatkich YEvropa mamlakatlarida 2%ga tyeng bо‘lgan). Ana shu yillarda Tayvanda yillik о‘sish sur’ati juda yuqori bо‘lib 8,7%ni tashkil etgan. 90- yillarda J.anubiy Koryeya va Singapurda yillik о‘sish sur’atlari 8%ni, Malayziyada esa 9%ni tashkil etgan.
Jaҳon iqtisodiyotida “YAngi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish sur’atining yuqoriligi aҳolining yashash turmush tarzini, yaxshilab borayotganligi bilan uygunlashib bormoqda. 1960-1990 yillarda aҳoli jon boshiga tо‘g‘ri kyeladigan yillik daromad rivojlanayotgan “YAIM”da 4 marotaba о‘sgan edi. Xullas, xalqaro ekspyertlarning bashorat qilishicha, 2010 yilga borib SHarqiy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari G‘arbiy YEvropaning yalpi milliy maxsulotining ҳajmi bо‘yicha quvib о‘tishi, 2020 yillarga borib esa SHimoliy Amyerikadan ҳam о‘zib kyetishi bashorat qilinmoqda.
Osiyo – Tinch okyeani mintaqasining “YAID”laridan biri Singapur ҳaqida shuni aloҳida ta’kidlab о‘tish joizki, u 1995 yilda mintaqa davlatlari ichida birinchi bо‘lib “industrial rivojlangan mamlakat” statusini qо‘lga kiritdi. Bunday unvon unga Iqtisodiy Ҳamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IҲRT) tomonidan rasman e’lon qilindi. Barqaror iqtisodiy о‘sishning 5-10 yilligi davomida о‘ziga nisbatan past rivojlangan 10 mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy davlatlari qatoridan joy oldi. (aҳoli jon boshiga tо‘g‘ri kyeladigan yalpi milliy maxsulot ҳisobiga). Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoatida yillik о‘sish sur’ati о‘rtacha 8,4%ni tashkil etdi. Mamlakat axolisining yashash turmush tarzi esa о‘rtacha yetti marotabaga ortdi. Singapurdagi ҳar bir aҳolining о‘rtacha statistik daromadi 1995 yilda 22,3 dollarni tashkil etdi (10.4.1.-jadval).
О‘z navbatida Gonkong ҳam uzoq yillar davomida Buyuk Britaniyaning sobiq koloniyasi bо‘lib, kyeyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha о‘zining myetropoliyali darajasidan yuqori pog‘onaga kо‘tarilgan edi.
10.4.1-jadval
Osiyoning “YAngi industrial mamlakatlari”da yalpi ichki maxsulotning о‘sish sur’atlari (% ҳisobida)

Mamlakatlar



1980-1990 yillar

1991

1992

1993

1994

Janubiy Koryeya

9,9

8,3

7,3

6,4

7,6

Tayvanь

8,3

7,3

6,7

6,7

6,9

Gonkong

7,1

4,0

5,8

5,4

5,5

Singapur

6,3

7,0

6,1

6,0

6,1

Malayziya

5,1

8,6

8,5

7,6

7,5

“YAIM”ning iqtisodiy rivojlanish modyeli va uning muvaffakiyatli taraqqiy etish tomonlari qarab chiqilganda, uning tashqi va ichki omillari xususida ҳam tо‘xtalib о‘tiladi. Kо‘rinib turibdiki, omillarning bu ikki gruxlari, “YAIM”larning ҳukumat raҳbarlari tomonidan olib borilayotgan noziq maqsadli siyosatlar orqali tо‘ldirib turiladi. “YAIM”larning ichki tuzilishidagi muammolarga, ҳamda ularning xо‘jalik myexanizmlariga asosiy e’tiborni qaratmasdan turib, “YAIM”tashqi iqtisodiy omillarining о‘ziga xos tomonlarini ochib byera olmaymiz. Endi biz Lotin Amyerikasining “YAIM”ning rivojlanishi xususida tо‘xtalib о‘tamiz.


Jaҳon tajribasi guvoҳlik byermoqdaki, jaҳonning u yoki bu mamlakatlari xalqaro iqtisodiy ҳamkorlikka faol aktiv kirishayotganda asosiy ishni xorijiy invyestiцiyalarni jalb etish ҳamda tashqi savdoning о‘sishiga xos ҳisoblanadigan shart-sharoitlarni yaratishdan boshlaydi. SHunday ekan, bu mamlakatlar о‘z iqtisodiy rivojlanishlari doirasida tyexnologik ishlab chiqarishning barcha bug‘inlaridan kyeng foydalangan ҳolda tarkibiy qayta qurilishlarga, ishlab chiqarishda tayyor xom-ashyolardan tyexnologik sig‘imi yuqori bо‘lgan tayyor maҳsulotlarni ishlab chiqarishga о‘ta boshlaydi. Jaҳon iqtisodiyotida tarmoqlarni rivojlantirish va qayta ta’mirlash uchun eksportdan tushgan daromadlardan kyeng foydalanish, xalqaro myeҳnat taqsimoti kо‘lamida ancha istiqbolli va “foydali” usul ҳisoblanadi.
Jaҳon iqtisodiyotida AQSH, Gyermaniya, YAponiya kabi bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlar xuddi mana shu yо‘llar orqali taraqqiy etgan edi. AQSH о‘z iqtisodiy faoliyatini dastlabki yillarida asosan xom-ashyo, myevalar, paxta, asal, kо‘mir va shunga о‘xshash bir qator sanoat va qishloq ҳо‘jalik maҳsulotlarni eksport qilishdan boshlagan bо‘lsa, GFR 50-yillarda kо‘mir, qora myetallurgiya, ximiyaviy sanoat maxsulotlarni ekport qilishdan, YAponiya esa tо‘qimachilik, myetalurgiya, ximiyaviy sanoat maҳsulotlarni eksport qilishdan boshlagan edi.
60-yillarda SHarqiy Osiyo va Lotin Amyerikasidagi bir qator mamlakatlar, ya’ni “YAIM”lar ҳam xuddi ana shu yо‘llar orqali rivojlanish bosqichiga qadam qо‘ygan edi.
Ushbu davlatlarning barchasi iqtisodiy о‘sishning tashqi omillaridan samarali foydalandilar. SHu о‘rinda, sanoati rivojlangan mamlakatlardan xorijiy sarmoyalar- tyexnika va tyexnologiyalarni kyeng miqyosda jalb kilinganligini ta’kidlab о‘tish lozimdir. Xullas, jaҳon iqtisodiyotida shunday savol tug‘ildi qaysi sabablarga kо‘ra “yangi industrial mamlakatlar”ni rivojlanayotgan dunyodagi boshqa mamlakatlardan ajratib о‘rganish mumkin?
Ma’lumki, bir qator sabablarga kо‘ra, “yangi industrial mamlakatlar” ning ba’zi birlari sanoati rivojlangan mamlakatning muҳim siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’sir doirasiga tushib qolganligini kо‘rishimiz mumkin. AQSHning siyosiy manfaatlari asosan SHarqiy Osiyo mamlakatlarining “kommunistik ta’siriga” qarshi turuvchi Tayvanь va Janubiy Koryeyaning siyosiy manfaatlarini qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. SHuning uchun ҳam ushbu mamlakatlarga chyeksiz iqtisodiy yordam uyushtirilib ҳarbiy jiҳatdan kо‘llab-kuvatlandi.(masalan, Tayvanga 1,5 mlrd.AQSH dollari miqdorida yordam kо‘rsatilgan edi). 1950-1960 yillarda AQSHning yordami, Tayvanda jalb etilgan jami invyestiцiyalarning 34%ni tashkil etgan bо‘lib, uning 74%ni infrastrukturaga, 59%ni qishlok xо‘jaligiga va 13%ni esa sanoatga jalb etilgan edi.Xullas bularning barchasi Tayvan iqtisodiyotining rivojlanishida tashlangan ijobiy qadam bо‘ldi.
Jaҳon iqtisodiyoti va XIMda “YAIM”larni zamonaviy iqtisodiy tarkibining shakllanishida, tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalarning ta’siri katta bо‘ldi. 80- yillarning birinchi yarmida “YAIM”larni iqtisodiyotidagi tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalarning miqdori, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri yо‘naltirilgan sarmoya qо‘yilmalarining 42%ga yetgan edi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida AQSH “yangi industrial mamlakatlar” dagi ishbilarmonlik sarmoyalarining eng kо‘zga kо‘ringan invyestori bо‘lib ҳisoblanadi. Ulardagi tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri yо‘naltirilgan invyestiцiyalarning о‘sishi, xorijiy mamlakatlardagi xuddi shunday invyestiцiyalar umumiy miqdorining 10%ni tashkil etadi. YAponiya ҳozirgi kunda “YAIM” dagi tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri yо‘naltirilgan miqdori bо‘yicha ikkinchi о‘rinda turadi.
YAponiya invyestiцiyalari, “YAIM” ning industriallashuviga va ularning eksport tavarlarning raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat yaratib, “YAIM”lar sanoatida qayta ishlanadigan maҳsulotlarning yirik eksportyorlaridan biriga aylanishida muҳim rolь о‘ynamoqda. YAponiya invyestiцiyalarini kirib kyelishi birgina 1982-1985 yillarning о‘zida Tayvanda 2,1 martaga , Gonkongda esa 61%ga о‘sgan edi.
YAponiya sarmoyalarining ishtirokida, ushbu mamlakatlar yuqori sifatli tayyor maxsulotlarning ekportyorlari bо‘lib kolishiga imkon byeruvchi yirik ishlab chiqarish bazasi tashkil etildi. 80-yillarning boshidan, YAponiya invyestiцiyalari umumiy miqdorining yarmisidan kо‘prog‘ini tashkil etgan edi. Xullas, YApon invyestorlari ishtirokida “YAIM”larda zamonaviy stanoklar, elyektronika jiҳozlari, dyengiz kyemalari va boshqalarni ishlab chiqarish bо‘yicha komplyekslar barpo etilgan edi.
Jaҳon iqtisodiyotida Osiyoning “YAIM”lari uchun shu narsa xaraktyerli bо‘ldiki, ulardagi tadbirkorlik sarmoyalari, birinchi galda qayta ishlash sanoati va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga yо‘naltirildi. О‘z navbatida, Lotin Amyerikasining “YAIM” laridagi ishbilarmonlik sarmoyalari esa, kо‘proq savdo, xizmat kо‘rsatish soxalari va qayta ishlash sanoat tarmoqlariga jalb etilgan edi. Xullas, jaҳon iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalarning kyeng mikyosda tarkalishi shu narsaga olib kyeldiki, “YAIM”larda xorijiy sarmoyalar ishtirok etmagan birorta ҳam iqtisodiy tarmoq qolmagan edi. 1998 yilda Lotin Amyerikasi va Osiyoning “YAIM”larining bozorlaridagi qо‘yilmalarining daromadlilik (%ҳisobida) quyidagicha xaraktyerda bо‘lgan edi. Argyentinada 58%, Braziliyada 83,5% ni, Myeksikada 40% ni, CHilida 39% ni, Indonyeziyada 79%ni, Janubiy Koryeyada 26,1% ni, Tayvanda 104% ni, Tailandda 121,3% ni, Filippinda 165,2% ni tashkil etgan edi.
Ushbu statistik manbalardan kо‘rinib turibdiki, Osiyoning “YAIM”laridagi invyestiцiyalarning daromadlilik darajasi Lotin Amyerikasi mamlakatlarinikidan syezilarli darajada yuqoriroq bо‘lgan. Konuniy shunday savol tugiladi, xо‘sh nima uchun xorijiy mamlakatlarning xususiy sarmoyalarining barchasi Osiyo mintakasidagi ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan faolrok kirib boradi?
Ma’lumki, 60-yillarning oxirida jaҳon xо‘jaligini rivojlanishidagi vaziyat shu qadar murakkablashgan ediki, natijada transmilliy korporaцiyalarning rivojlanish manfaatlari va stratyegiyalari Osiyodagi bir qator davlatlarning imkoniyatlari va intilishlari bilan moslashib borgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar importidagi turli xildagi chyeklashlar va ularning uncha katta bо‘lmagan tо‘lov qobiliyatiga duch kyelayotgan transmilliy korporaцiyalar, joylarda ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish maqsadida, sarmoyalarni chyetga chiqarish orqali tovarlar eksportini qisman yangilash tomon qadam qо‘ya boshladi. Transmilliy korporaцiyalarning xuddi ana shu yо‘nalishlardagi faoliyati, rivojlangan mamlakatlarning tо‘yingan bozorlarining konьyukturasi, raqobatning avj olishi va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun kurashish orqali amalga oshirilmoqda. Transmilliy korporaцiyalar, о‘zlari faoliyat kо‘rsatayotgan joylarda ishlab chiqarishni ilmiy asosda rivojlantirishga e’tiborni qaratadi. Xaraktyerli tomoni shundaki, jaҳon iqtisodiyotida “Osiyo ajdarxosi” dyeb nom olgan xalqaro iqtisodiy konьyukturalarining bunday о‘zgarishlarni kabul qilishga va ulardan о‘z maqsadlari yо‘lida foydalanishga tayyor ekanligi ma’lum bо‘ldi. Transmilliy korporaцiyalarni, aynan Osiyo mintakasiga jalb qilishida quyidagi shart –sharoitlar muҳim aҳamiyat kasb etgan edi.
1. “YAngi industrial mamlakatlar” ning foydali stratyegik joylashganligi. Ularning barchasi jaҳonning savdo iqtisodiy yо‘llarining chorraxasida, ya’ni jaҳon xо‘jaligi markazlari bо‘lmish – AQSH va YAponiya kabi rivojlangan mamlakatlarga yakinrok xududlarda joylashganligi.
2. “YAngi industrial mamlakatlar” ning barchasida sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan munosib ҳisoblangan avtokratik yoki shunga yakin bо‘lgan siyosiy muҳitlar yaratilganligi. Ularda siyosiy barkarorlik ta’minlanib, siyosiy ҳamda dyemokratik о‘zgarishlar, iqtisodiy isloxotlar amalga oshiriladi. Xorijiy invyestorlarning xavfsizligi uchun yuqori darajali kafolatlar ta’minlanadi.
3. Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” axolisiga xos bо‘lgan myeҳnatsyevarlik intiluvchanlik, tartiblilik, matonatlilik singari noiqtisodiy omillar ҳam katta aҳamiyat kasb etdi. Bu omilar ma’lum darajada Osiyo va Lotin Amyerikasidagi –“YAIM” larning ikki modyeli urtasidagi о‘ziga xos bо‘lgan byellashuvda xal kiluvchi aҳamiyatga ega bо‘ldi. Xо‘sh, ushbu modyellarning о‘ziga xos tomonlarini nimada kо‘rishimiz mumkin. Jaҳon iqtisodiyotida birinchi modyelь milliy iqtisodiyotning tashki bozor va eksportga tomon ustivor yо‘nalishlari orqali rivojlanishini kо‘rsatib byersa, ikkinchi modyelь esa import о‘rnini egallashga qaratilganligidir. Birinchi modyelda kо‘rsatib о‘tilgandyek, XIXasrning oxiri va XX asrning boshlarida AKSH, ikkinchi jaҳon urishudan kyeyin –G‘arbiy YEvropa davlatlari va YAponiya, kyeyinchalik esa Osiyoning “YAIM” lari ҳam rivojlanishning birinchi modyeli yо‘lidan borishdi. Ikkinchi modyelь esa syezilarli darajada Lotin Amyerikasining “YAIM” lari tomonidan о‘zlashtirib olingan edi.
Jaҳon tajribasi shuni kо‘rsatmoqdaki, ҳozirgi kunda import о‘rnini egallashga qaratilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish stratyegiyalari bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy tarakkiyotida muҳim rolь о‘ynamoqda. Import о‘rnini egallash stratyegiyalari xujalik tarkibining xilma –xilligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa yangi va muҳim bо‘lib ҳisoblanuvchi bir qator ishlab chiqarish tarmoqlari barpo etilishi bilan bir qatorda muҳim yо‘nalishlar bо‘yicha о‘z –о‘zini ta’minlash darajasi ҳam о‘sib bormoqda .
SHuningdyek iqtisodiyotni tubdan islox qilishda asosiy yо‘l bо‘lib ҳisoblanuvchi import о‘rnini egallashga muljallangan ishlab chiqarish soҳalarini rivojlantirishni asosiy о‘ringa qо‘yuvchi barcha mamlakatlarda о‘z-о‘zidan jiddiy inkirozlar bо‘lib turibdi. Gap shundaki, xorijiy kompaniyalar uchun imtiyozli kryeditlarni yо‘qligi va protyekцionizm siyosatiga asoslangan milliy iqtisodiyotning faoliyat kо‘rsatishini “qо‘llab–quvvatlab turganlik” muҳiti jaҳon iqtisodiyotida tyez moslashuvchan va samarali iqtisodiy tizimning vujudga kyelishiga yо‘l qо‘ymadi. Umuman olganda, import о‘rnini egallash siyosati, rivojlanayotgan mamlakatlar faoliyatining dunyo xо‘jaligida tub о‘zgarishlar yasashiga yо‘l qо‘ymaydi.
Bundan tashkari, import о‘rnini egallash siyosati nafakat tashki omillarni pasayishiga yо‘l qо‘ymaydi, balki uning о‘sishini ҳam ta’minlaydi. Import о‘rnini egallash prinцiplariga о‘zok vaqt tayanilganda mamlakatlarda qoloqlikni bartaraf etish imkoniyati paydo bо‘ladi ҳamda kyeng mikyosdagi taraqqiyotga erishishni ta’minlovchi iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarni vujudga kyelishiga xalakit byeruvchi barcha tо‘siqlarga barҳam byeriladi. Protyekцionizm, ichki bozorlarni va biznyesni ximoya qilish choralari sifatida qisman samarasiz ishalyotganiga qaramasdan, uning monopol xolati va baҳolarining kyeskin usayotganligidan foydalanib foyda olayotgan maҳalliy korxonalarni qо‘llab–quvvatlaydi. Xullas, ҳozirgi kunda jaҳon iqtisodiyotida import о‘rnini egallash davri, kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan “yangi industrial mamlakatlar”da ҳam о‘z nixoyasiga yetganligini kurishimiz mumkin.
Jaҳon iqtisodiyotida import о‘rnini egallash stratyegiyasi Lotin Amyerikasining “YAIM”lari (Braziliy, Argyentina, Myeksika) uchun xilma–xil bо‘lgan milliy iqtisodiyotni barpo etishda va shuningdyek bir qator tovarlarni ishlab chiqarish bо‘yicha jaҳonda salmoqli о‘rinni egallab kyelishida muҳim rolni о‘ynamoqda. Nima bо‘lganda ҳam ushbu mamlakatlar sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan qoloqlik darajasini bartaraf etish uchun zarur bо‘lgan shart –sharoitni yarata olmadilar. SHuning uchun ҳam Lotin Amyerikasining “YAIM”lari qanchalik kuchayib iqtisodiy potyenцialga ega bо‘lishlariga qaramasdan, Osiyodagi “YAIM”larga nisbatan iqtisodiy jiҳatdan ancha qoloqligicha qolmoqda. Masalan, Braziliyaning yalpi ichki maxsuloti (YAIM) SHarkiy Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” ning umumiy yalpi ichki maxsulotiga nisbatan biroz kamroqdir.
Lotin Amyerikasining “YAIM”lari ekportining salmoqli о‘sishiga ega bо‘lmasdan turib, о‘z iqtisodiyotini talab darajasida tubdan islox qilishga erisha olmadilar. Iqtisodiy о‘sish sur’atlarining natijalariga qarab, ichki iqtisodiy muammolarni bartaraf etish uchun bir qator kamchiliklarga yо‘l qо‘yildi. Bir vaqtning о‘zida tashki muammolar ҳam vujudga kyeldi. Eksportning past darajada о‘sishi, tо‘lov balansi dyefiцitning ҳamda barcha yangi kryeditlarga bо‘lgan talablarning о‘sishiga imkoniyat yaratdi. Oqibatda ushbu mamlakatlar sanoati tarakkiy etgan mamlakatlarning eng ilg‘or bо‘lmagan tyexnika va tyexnologiyalarini о‘z iqtisodiyotida joriy etish siyosatida mustaxkamlanib qolavyerdi.
Qayd etish joizki, Lotin Amyerikasining “yangi industrial mamlakat”lari 90- yillarning urtalariga kyelib 80-yillardagi uzoq davom etgan inkirozdan chiqib oldi. Braziliy, Argyentina, Myeksika, CHili kabi davlatlarda amalga oshirilgan libyeralь iqtisodiy о‘sish sur’atlari yuksalib, savdo balansini yaxshilashda ijobiy yutuqlar qо‘lga kiritildi.
Lotin Amyerikasining yirik “YAIM”laridan biri Braziliyada olib borilayotgan siyosat –bu ochik iqtisodiyotni yaratishga qaratilganligidir. Buning uchun mamlakatning ichki bozorida raqobat kurashuvi uchun muҳit yaratilayotgan bо‘lib, unga bog‘lik xolda import tariflari pasaytirildi. 1995 yilda MYERKOSUR mamlakatlari (Braziliya, Argyentina, Paragvay va Urugvay) urtasida bojxona tusiqlari tulik olib tashlandi.
Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” о‘z iqtisodiyotining eksportga mо‘ljallangan ancha samarali va tyez moslashuvchan modyelini joriy etdi. Bu modyelь, ma’lum davr mobaynida bir vaqtning о‘zida import о‘rnini egallash siyosatini ҳam о‘z ichiga olgan edi. Eksport siyosati о‘rnini egallashga mо‘ljallangan industriallashuvning tugallangan davrini qayta sodir etishni talab etmaydi. Ma’lumki, jaҳon iqtisodiyotida import о‘rnini egallash va eksportga mо‘ljallangan iqtisodiy siyosat bir–biri bilan tyengma –tyeng xolda xarakat kilib, ba’zi davrlarda esa ular bir –biridan ustunlikka ҳam ega bо‘lishi mumkin. Eksportni kyengaytirish davriga yeppasiga о‘tish oldidan, import о‘rnini egallash uchun jaҳon mamlakatlari ishlab chiqarishining zamonaviy tizimlarini vujudga kyeltirish, xalk xо‘jaligini an’anaviy syektorini qayta kurish kabi masalarga ҳam e’tiborni qaratishmoqda.
Osiyoning kо‘pchilik mamlakatlarida, jumladan XX asrning 50 va 60 yillarida Janubiy Koryeya va Tayvanda, 60-yillarda Malayziyada; 60 va 70 yillarning boshlarida Tailandda, 50 va 60 yillarning oxirida Filippinda import о‘rnini egallash siyosati ustuvor yо‘nalishga ega bо‘lgan edi. Gonkong va ma’lum darajada Singapur, о‘zlarining tarixiy rivojlanish shart –sharoitlari, jugrofiy joylashuvi va ichki talabning syeklanganligi ta’sirida ishlab chiqarishni kо‘proq eksportga qaratdilar. Maҳalliy ishlab chiqarishni ragbatlantiruvchi chora –tadibrlar, qayta ishlash sanoatidagi foyda mye’yorini oshirish, istye’mol maxsulotlarni va shuningdyek uzoq muddatli foydalanishga mо‘ljallangan tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning asta –syekinlik bilan import о‘rnini egallashiga sabab bо‘lgan edi.
60-80 - yillarda Janubii Koryeya jaҳon bozoriga uzoq muddatli foydalanishga mо‘ljalangan maxsulotlarning 2,9%ni, 3,4%ni, 9,6%ni, 9,3%ni, 11,1%ni va 9,6%ni yetkazib byergan bо‘lib, uning jaҳon kyemasozlik sanoati eksportidagi ulushi 13,1% ga tugri kyelgan edi.
Osiyoning “yangi industrial davlatlari” sanoat maҳsulotlari eksportining yuqori dinamikasiga asoslangan xolda, an’anaviy ayrim tovarlar eksporti bо‘yicha tashki savdo aylanmasida ҳal kiluvchi о‘rinni egallagan edi. Masalan, Janubii Koryeya va Tayvan eksportida xom-ashyo va oziq-ovqatning ulushi mos ravishda 7,1% va 7%ni tashkil etgan edi. Xullas, 90-yillarda Janubiy Koryeyada tovarlar eksportida kiymati bо‘yicha ikkinchi о‘rinni poyafzal maҳsulotlari egallagan bо‘lsa, Tayvanda esa uyinchoklar va sport tovarlari egallagan edi.Janubii Koryeya eksportida tо‘rtinchi о‘rinda sintyetik maҳsulotlardan tayyorlangan tyekstil tovarlari turgan bо‘lsa, Tayvanda esa yettinchi о‘rinda poyafzal maҳsulotlari turgan edi.
Osiyoning “YAngi industrial davlatlari”da ayniksa, mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bо‘yicha eksportida Xindiston va shuningdyek Lotin Amyerikasining “YAID”larining kuchsizligi syezilarlidir. Agar Lotin Amyerikasining “YAID”larini tovarlar eksportinig rivojlangan davlatlar umumiy eksportidagi ulushi 1998 yilda 1980 yilga nisbatan unchalik kamaymagan (0,5%) bо‘lsada, mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bо‘yicha ulushi qariyb 1,8 barobar kamayganligini kо‘rishimiz mumkin.. Aynan ana shu mashinatyexnik maҳsulotlar eksporti rivojlanayotgan davlatlarning xalqaro myeҳnat taqsimotidagi ҳolatlarini yaxshilanishining eng muҳim omilidir.
90-yillarda Osiyoning “YAngi industrial davlatlari”ni olib borayotgan faol tashqi savdo siyosati AQSHning Osiyo-Tinch okyeani mintaqasi davlatlari bilan bо‘lgan yillik о‘zaro savdo ҳajmi (128,4 mlrd. doll.) G‘arbiy YEvropa bilan bо‘lgan savdo aylanmasidan (117,1 mlrd. doll.) yuqori bо‘lgan edi. Bunda Osiyoning “YAID”lari (YAponiyani qо‘shib ҳisoblaganda) AQSH bozorida avtomobillar va elyektrontyexnikaning 30%ni, tyekstil va tikuvchilik maҳsulotlarining 50%ni egallagan edi.
80-90 yillarda Rivojlangan mamlakatlarning eng yirik kapital importyori bо‘lgan “YAngi industrial davlatlar”о‘z gyeografiyasini ancha kyengaytirgan edi. Ҳozirgi kunda ilg‘or sanoati rivojlangan davlatlarini kapitali uchun Osiyo-Tinch okyeani mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlarning yangi bozorlaridir. Masalan, Janubiy Koryeya firmalari AQSHda aniq maqsadga yо‘naltirilgan eksport ekspansiyasini о‘tkazmoqda. Amyerika iqtisodiyotiga kapital qо‘yishib, Janubiy Koryeyaliklar о‘z iqtisodiyoti uchun eng yangi tyexnologiyalarni kirib kyelishiga yо‘l ochmoqdalar. SHuningdyek Janubiy Koryeya firmalari Osiyoning “ajdarҳo” dyeb nom olgan boshqa davlatlariga ҳam kapital olib chikishni kо‘paytirmoqda. Masalan, Tayvanning Xitoyga bо‘lgan kizikishi juda kattadir. 90-yillarning urtalarida Tayvanning XXRdagi invyestiцiyalari 9 mlrd. doll.dan oshib kyetgan edi. О‘z navbatida Gongkonglik ishbilarmonlar XXRda ruyxatga olingan kushma korxonalarning yarmidan kо‘prog‘ini tashkil qilishgan.
XX asrning 50-yillarida jaҳon xо‘jalida baynalminalallashuv jarayonlarining tyezlashishi rivojlanayotgan davlatlarni, birinchi navbatda “yangi industrial davlatlar”ni ҳam kamrab olgan edi. Jaҳon iqtisodiyotida ishlab chiqarishni, myeҳnat va kapital bozorlarini va tovar ayirboshlash jarayonlarining baynalminallashuviga moliya bozorlarining baynalminallashuvi ҳam qushildi. “YAID”larning kryedit imkoniyatini о‘sishi, milliy moliyaviy bozorlarining rivojlanishi bilan va shuningdyek moliyaviy saloxiyatining oshishi bilan ҳam chambarchas bog‘liqdir. Kо‘pgina “yangi industrial davlatlar” ҳozirgi kunda milliy moliyaviy bozorlarni tashkil topishining birinchi bosqichidan о‘tishib ularning faoliyatini libyerallashtirishning ikkinchi bosqichiga kirishdilar. Bu bilan esa ularning xalqaro moliya munosabatlari tizimiga faol intyegraцiyalashuviga asos yaratildi. Kapital ҳarakatining baynalminallashish jarayonlari ҳatto rivojlangan davlatlar orasida ҳam yakunlanishdan uzoqdir. SHuning uchun ҳam bu ҳaqda rivojlanayotgan davlatlar ҳaqida gapirmasa ҳam bо‘ladi. SHunga qaramasdan, ba’zi bir “yangi industirial davlatlar” (Singapur va Gonkong) bu yо‘lda о‘zlarining syezilarli qadamlarini qо‘ydilar. Bunga, 70-yillarda jaҳon iqtisodiyotida yangi xalqaro moliyaviy markazlarning ҳosil bо‘lishi va tyez о‘sishini kiritish mumkin. XXI asr boshlarida Tayvanь Osiyo-Tinch okyeani mintaqasidagi yirik valyuta-moliyaviy markaziga aylanishini о‘z oldiga maqsad qilib kо‘ydi. Osiyoning “YAID”lari xalqaro moliya markazlari kryedit-moliya opyeraцiyalarini о‘tkazish miqyosi bо‘yicha London, Parij, Цyurix kabi yirik moliya markazlari qatoriga chiqib, ularni ssuda kapitali bozoridan asta-syekin sikib chiqarmoqda.
Osiyoning “YAID”larini iqtisodiy evolyuцiyasining xaraktyerli tomonlaridan biri ularning bir-biriga bо‘lgan kizikishini tobora ortib borayotganligidir. Sanoati rivojlangan Fap6iy YEvropa davlatlariga kapital yunaltirishning ustuvor tyendyenцiyasi, mintaqa va bir-biriga yaqin bо‘lgan submintaqalarda savdo-iqtisodiy ҳamkorlarni olib borishligi bilan tuldirilmoqda. Ammo bu Osiyoning “YAID”larini raqobatbardoshliligini oshirishga e’tibor byermayapti dyegani emas. Xullas, 90-yillarning urtalarida tovarlarning raqobatbardoshligi bо‘yicha jaҳondagi birinchi byeshlikda Singapur, Gonkong, Tayvanь kabi davlatlar turgan edi.
Bu davlatlarda kabul kilingan iqtisodiy stratyegiyaning asosiy yо‘nalishi- ilmtalab maxsulotlar ishlab chiqarishdir. Myeҳnattalab va past ryentabyelli ishlab chiqarishlar“YAID”larning “ikkinchi okimi”da turgan Xitoy va V’yetnamga “topshirmoqda”. Natijada bu ishlab chiqarishlarni bir paytlar sodir etgan sanoati rivojlangan davlatlardan birinchi avlod “yangi industrial davlatlar”ga kuchish jarayoni amalda qaytarilmoqda. SHunday qilib“YAID”larni rivojlanishidagi qо‘lga kiritilgan yutuklari, jaҳon xо‘jaligiga intyegraцiyasi, iqtisodiy о‘sishining istiqbollari, axoli turmush tarzini о‘sishi ushbu davlatlarning iqtisodiyotida tashki iqtisodiy ekspansiyalarning roli yuqori darajada dyeyishga imkon byeradi. XXI asrda ushbu davlatlar jaҳon iqtisodiy xukmronligida yuqorirok о‘rinni egallab, yangi va muҳim natijalarni namoyish kilmoqda. Jaҳon Bankininng bashoratiga qaraganda, yaqin 10 yillar mobaynida о‘sishning urtacha sur’atlari Janubiy Osiyoda - 5,5%ni, SHarqiy Osiyoda - 7,7%ni, Lotin Amyerikasida - 3,5%ni tashkil qilar ekan. 1996-2004 yillarda SHarkiy Osiyoda aҳoli jon boshiga tugri kyeladigan daromadning yillik о‘sishi 6,6%ni tashkil etib, о‘rta ҳisobda aҳoli jon boshiga tо‘g‘ri kyeladigan yillik daromad 1,9% ga о‘sgan edi.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish