3.3.1-rasm. Import bojining milliy iqtisodiyotga ta’siri.
3 .3.1-rasm yordamida import bojining kichik iqtisodiyot (ichki narx jahon narxiga ta’sir kо‘rsata olmaydigan iqtisodiyot)ga ta’sirini baholashimiz mumkin. Savdo boshlanmasdan oldin, mamlakatda 100 ta tovar ishlab chiqarilyapti va istye’mol qilinyapti, muvozanat narxi 8 dollarga tyeng (talab va taklif chiziqlari E nuqtada kyeshishgan). Agar tovarning jahon narxi ichki narxdan past bо‘lsa, mamlakatga jahon narxida (5 dollar) 120 ta tovar kirib kyeladi, ichki narx jahon narxi darajasigacha tushib kyetadi. Buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar faqatgina 40 ta tovar taklif qiladi, istye’mol esa 160 taga yetadi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida hukumat 2 dollar miqdorida bojxona boji joriy qilsa, eksportyorlar о‘z tovarini 7 dollardan sotishga majbur bо‘ladi va ichki bozordagi narx kо‘tariladi. Buning natijasida ichki ishlab chiqarish 80 ta tovarni tashkil qiladi, import esa 40 tagacha qisqaradi. Istye’molchilar jami 120 ta tovar sotib oladi. Bojxona boji о‘rnatilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar a trapyeцiyaning yuziga tyeng bо‘lgan qо‘shimcha foyda kо‘radi. C tо‘g‘ri tо‘rtburchakning yuziga tyeng bо‘lgan summa bojxona boji sifatida davlat byudjyetiga tushadi.
Boshqacha qilib aytganda, milliy kompaniyalarning ichki bozor uchun ishlab chiqargan mahsulotlari bojxona solig‘idan ozod bо‘lganligi sababli uning narxi import qilinayotgan ana shunday tovardan syezilarli darajada past bо‘lishi mumkin, bunday sharoitda xо‘jalik yurituvchi sub’yektlar yangi tyexnologiyalar, xomashyo va matyeriallarni tyejash hisobiga xarjatlarini kamaytirish zaruriyatiga ehtiyoj syezishmaydi. Amalda import о‘rnini qoplashga yо‘naltirilgan sohalardagi milliy firmalar о‘z tovarlarini import tarifiga yaqin narxlarda sotadi, natijada qо‘shimcha foyda kо‘radi. Milliy kompaniyalarning daromadlarini о‘sishi va milliy ishlab yaiqarishning kyengayishini sabablaridan biri ana shunda.
Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Katta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qisqartirsa, bu mamlakat ana shu tovarning asosiy xaridori bо‘lganligi sababli eksportyor mamlakat ushbu tovar narxini pasaytirishga majbur bо‘ladi. Eksport tovarlari narxi о‘zgarmagan holda import tovarlar narxining pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib kyeladi. lyekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini joriy qilishdan sof foyda kо‘rmasligi mumkin.
Katta mamlakat hukumati ichki ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qilish maqsadida importga boj joriy qildi. Boj о‘rnatilishi natijasida tovarning jahon narxi tushadi. Lyekin ushbu tovarning ichki narxi boj miqdoriga kо‘tariladi ( t) Pw dan Pw+tga. Jami taklif chizig‘i yuqoriga yangi Sd+w+t darajaga suriladi. Taklifning yangi darajasida ichki talab va jami taklif G nuqtada muvozanatga kyeladi. natijada ichki ishlab chiqarish Q1Q2ga ortadi, ichki talab Q5Q4ga kamayadi. Import Q1Q5 dan Q2Q4 ga qisqaradi.
Import tarifi joriy qilinishi natijasida istye’molchilarning zarari a+b+c+d ga tyeng bо‘ldi. Kichik mamlakatda bо‘lgani kabi import bojining ta’sirini ikkiga ajratishimiz mumkin: qayta taqsimlanish effyekti va yо‘qotish effyekti..
Katta mamlakat misolida daromad effyekti ikkiga ajraladi: ichki daromad effyekti va savdo sharti effyekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |