Nazorat uchun savollar:
Tashqi savdo dyeganda nimani tushunasiz?
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdoning jadal rivojlanishiga qanday omillar ta’sir kо‘rsatgan?
Sizning fikringizcha, XXI asrda tashqi savdoning rivojlanishiga asosan qanday omillar ta’sir kо‘rsatadi?
Mintaqaviy intyegraцion jarayonlarning kuchayishi xalqaro savdoning rivojlanishiga qanday ta’sir kо‘rsatmoqda?
Mutloq ustunlik nazariyasini tushuntirib byering.
Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib byering.
Xalqaro savdoning vanday yangi rivojlanish nazariya va modyellari bor?
Xalqaro savdo nazariya va modyellarining amaliy tatbiqini tushuntirib byering.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. “О‘zbyekiston XXI asrga intilmoqda” T. О‘zbyekiston,. 1999.
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni dyemokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modyernizaцiya va islox etishdir. T. “О‘zbyekiston”, 2005.
Kiryeyev A. Myejdunarodnaya ekonomika. CHastь 1.M ., 2004 .
Kiryeyev A. Myejdunarodnaya ekonomika. CHastь 2 M ., 2004 .
Krugman P..Myejdunarodnaya ekonomika. 5-ye izd. Pityer, 2004.
Lomakin V. Mirovaya ekonomika. Uchyebnik. M.,1998,2002, 2004 .
SHodiyev R.X. Jahon iqtisodiyoti . T.,2004
Nazarova G.G‘.,Xalilov.X. va boshqalar. Jahon iqtisodiyoti.О‘quv qо‘llanma .T., 2005
Nazarova G.G‘., Haydarov N. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. О‘quv qо‘llanma.T., 2005
3-bob. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yо‘llari
§ 3.1. Xalqaro savdoda davlatning roli
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yо‘nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug‘rofiy yо‘nalishini tartibga solish bilan bog‘liq byudjyet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Tashqi savdo siyosati xо‘jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy bog‘liq bо‘lganligi uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kyengaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni kо‘paytirish uchun zarur bо‘lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Erkin savdo siyosati (yoki fritryedlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bо‘ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida A. Smitning mashhur asari - «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Fritryedlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va dyeyarli nihoyasiga yetkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat sharoitida erkin tadbirkorlik ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «kо‘rinmas qо‘l» hukmronligiga, ya’ni bozorning о‘z-о‘zini boshqarish qonunlari ixtiyoriga topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli haqidagi g‘oyalarini rivojlantirdi.
Erkin savdo siyosatining klassik namunalarini XIX asrning ikkinchi yarmidagi ingliz-sakson mamlakatlari, ayniqsa, Buyuk Britaniya va uning dominionlari (1947 yilgacha Britaniya tarkibiga kirgan, rasmiy jihatdan mustaqil bо‘lgan davlatlar) iqtisodiyotida kuzatish mumkin. Hozirgi paytga kyelib fritryedlik tizimining klassik kо‘rinishi davlat ixtiyorida bо‘lgan biror-bir mamlakat qolmadi. Davlatning nufuzli tashkilotlarini tartibga solish borasida rolini syezilarli oshganligini hisobga olsak, bu о‘z-о‘zidan tushunarli, albatta. Biroq erkin savdo siyosatining unsurlari kо‘plab mamlakatlarning iqtisodiy kursida hozir ham syezilarli, ayniqsa, rivojlangan va hududi hamda ryesurslari jihatidan kichik bо‘lgan mamlakatlarda, masalan, Singapurda.
Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo protyekцionizm siyosatiga (ingl. protection — himoya, homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar tizimi qarama-qarshi qо‘yiladi.
Protyekцionizm о‘z mohiyatiga kо‘ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu siyosatning prinцiplari nazariy jihatdan amyerikalik davlat arbobi A. Gamilьton (XVIII asrning oxiri) va taniqli nyemis iqtisodchisi F. List (XIX asrning о‘rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq protyekцionizm amaliy chora-tadbirlar syeriyasi sifatida sayyoramizda sо‘l (SSSR) va о‘ng («Uchinchi ryeyx» - fashistlar Gyermaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar ryejimi davrida о‘z kulьminaцiyasiga yetgan. Bu mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi xos edi.
YUqorida qayd etib о‘tilgandyek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy tamoyili sifatida yanada kо‘p sonli mamlakatlarni aholi turmush farovonligini oshishini ta’minlovchi erkin savdo siyosatiga о‘tishi tan olinib kyelinayotgan bо‘lsa-da, protyekцionizmning «tanlangan» ryestavraцiyasi dyeb atalgan jarayon ham kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |