O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Murabbiy obro‘si
. Shug‘ullanuvchilarni o‘qitish yoki tarbiyalashda 
ishonch  masalasi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  vaziyatda  murabbiy 
obro‘si  alohida  muhim  masala.  O‘qitish  va  tarbiyalashda  obro‘li 
murabbiylarga  ishonch  yuqori  darajada  bo‘lib,  samarali  natijalarga 
erishish ham osonroq bo‘ladi. 


30 
Murabbiyning keng dunyoqarashi bilim olish va samarali faoliyatida 
ijodiy  izlanishlar  olib  borish,  uning  axloqiy  hayoti  natijasida  donolikka 
ega  bo‘lishida  yordam  beradi.  Bilishda  o‘zini  aldamaslik,  xomxayollar 
tuzmaslik,  cheksiz  aldov  va  boshi  berk  ko‘chalarga  olib  boruvchi 
konformizmga  yo‘l  qo‘ymaslik  juda  muhim  hisoblanadi.  Bu  faqat  dono 
odamlargagina xos xususiyatdir. 
Zakovatning  quyi  darajasi  ko‘plab  kasbiy  muammolarni  samarali 
yechish  imkonini  bermaydi,  murabbiy  va  uning  tarbiyalanuvchilari 
muvaffaqiyatlarini chegaralab qo‘yadi. 
Agar murabbiyning obro‘si bo‘lmasa, u o‘z o‘quvchi va talabalarini 
yaxshi  tarbiyalay  olmaydi.  Haqiqiy  tarbiyani  o‘ziga  ishontirish  bilan 
almashtirish,  hamma  joyda  ustunlik  qilish  va  doimiy  nazoratda  tutish 
kabi  sifatlar  mutlaqo  besamardir.  Nufuz  ham  turlicha  bo‘lishini 
tushunish lozim. 
Ba’zi  hollarda  murabbiy  obro‘si  uning  ijtimoiy  ahvoli,  amaliy 
tajribasi,  yoshi,  bilimi  va  oldingi  xizmatlari  bilan  belgilanadi. 
Shubhasizki, murabbiyning bunday ko‘rinishdagi obro‘si tartib va jamoa 
tashkilotchiligi oshishida yordam beradi, biroq, odatda murabbiy o‘qitish 
va  tarbiyalash  jarayonida  o‘zgarmaydigan  uslublardan  foydalanishi 
tarbiyalanuvchilarning  tabiiy  salohiyati,  ularning  ijodiy  qobiliyatlari 
ochilishida yordam bermaydi. Ma’lum ma’noda bunday obro‘ “soxta” va 
besamardir, chunki u mazmuniy omillar bilan emas, balki rasmiy omillar 
bilan belgilangan. 
Boshqa  hollarda  murabbiy  obro‘si  uning  mahorati  va  shaxsiy 
sifatlariga,  jumladan,  yaxshi  xulq-atvor,  tarbiyalanuvchilar  shaxsiga 
hurmat,  chuqur  mulohazalar  va  bilim  asosida  ishontira  olish  kabi 
sifatlarga  tayanadi.  Murabbiyning  bunday  obro‘si  haqiqiy  hisoblanadi, 
sport  vazifalari  va  o‘quvchilarni katta hayot  qiyinchiliklariga tayyorlash 
muammolarini hal etishda ijodiy hamkorlik jarayonida qo‘lga kiritiladi. 
Shu tariqa, murabbiyning obro‘si asoslash mahorati va yaxshi xulq-
atvori  bilan  tasdiqlanishi  lozim.  Aks  holda,  murabbiyning  obro‘si 
avtoritar  so‘zsiz  bo‘ysunishga  aylanadi.  Murabbiy  obro‘sining  mutlaq 
ta’siri  avtoritar  (yakka  hokimlik)  pedagogika  namunasidir.  Bunday 
yakka hokimlik va majburiylik uslubi tarbiyalanuvchilar shaxsini buzadi, 
ularning qalbini jarohatlaydi. 
Har  qanday  tashkiliy  ishlarni  amalga  oshirishda  rahbarning  so‘zsiz 
nufuziga  tayanish  qandaydir  sababga  ko‘ra  nufuzning  yo‘qolishi  sabab 
halokatga  uchraydi.  Bunday  yondashuvda  tarbiyalanuvchilarning 


31 
barqaror axloqiy o‘zagi shakllanmaydi, ular mustaqil fikrlash va axloqiy 
xulq-atvorga ega bo‘lishmaydi. 
Guruh  tarbiyalanuvchilari  shaxsi  to‘g‘ri  tarbiyalanganda  erkin  va 
mos  rivojlanishi  qonun,  haqiqat  va  adolat  hukmronligi  ostida  amalga 
oshishi lozim. 
Murabbiyning  obro‘si,  qanchalik  yuqori  va  ijobiy  bo‘lmasin,  agar 
tarbiyalanuvchilar  ma’naviy  takomili,  boshqalar  bilan  solishtirilganda, 
o‘z  fikriga  ega  bo‘lmas  ekan,  u  hech  qachon  ish  bermaydi  va  jonsiz 
buyumga  aylanib  qolishi  mumkin.  Hamkorlikda  tarbiyalanuvchilarning 
o‘ziga,  turli  o‘yinli  va hayotiy  vaziyatlarda  mustaqil  fikrlash, baholash, 
qaror  qabul  qilish  imkonini  berib,  o‘z  aqli  va  qobiliyatiga  tayanishga 
o‘rgatish  kerak.  Asosiy  savol  “Qanday  bo‘lish  kerak?”,  deyilganda 
tarbiyalanuvchi,  oxir-oqibatda  mustaqil  va  to‘liq  mas’uliyat  bilan  javob 
berishni o‘rganishi lozim.  
Shu tarzda, o‘quvchi uchun har qanday nufuz o‘tkinchi, vaqtinchalik 
suyanchiq  bo‘lishi  lozim.  Ayniqsa,  bilish  va  tarbiyalanuvchilarni 
o‘qitishning  dastlabki  bosqichlarida  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi,  bunda 
o‘zining  dunyoqarashini  shakllantirishda  foydali  bo‘ladi,  obrazli  qilib 
aytganda, vaqtinchalik tayanch sifatida begona “qurilmadan” foydalanish 
mumkin. 
Tarbiyalanuvchi  nufuzning  salobatli  ta’sirini  anglamasa,  o‘ta 
ta’sirchan kishiga aylanadi, ko‘ngilli ravishda uning ma’naviy qulligiga 
tushib qoladilar. 
Murabbiyning  nufuzi  yakka  hokimlik  darajasiga  ko‘tarilmasligi 
kerak.  Tayyorgarlik  mashg‘ulotlarida  majburlashdan  foydalanish  yakka 
hokimlikka olib boradi. Murabbiy o‘quvchilar bilan o‘z munosabatlarini 
tashkil etishda ushbu xavfni ham hisobga olishi lozim. Eng ma’qul yo‘l – 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish